Davosi.
K atta, keng hajm dagi kandilom alar jarroh lik usulida olib
tashlanadi. Kichiklari esa koagulyatsiya qilinadi.
164
PO‘RSILDOQ YARA (PEMPHIGUS)
P o fcrsildoq yara
akantoliz (akantolizis) tufayli o ltkir yallig'lanishsiz
teri va shilliq pardalarda rivojlangan pufak hosil bo'lishi bilan kechadigan
kasallik hisoblanadi. Po'rsildoq yara har ikkala jinsda ham 40 yoshdan
kattalarda k o'proq uchraydi, bolalarda kam kuzatiladi.
Po'rsildoq yaraning 4 xil turi tafovut etiladi: oddiy (P. vulgaris), barg-
sim on (R. foliaceus), tarqaluvchi (P vegetans) va seboreyali (P. seborrhoi-
cus). Oddiy turi boshqalariga nisbatan k o 'p ro q uchraydi. O g'iz shilliq
pardasi jarohatlanishi bargsimon turidan boshqa ham m asida kuzatiladi.
Oddiy po'rsildoq yara deyarli doimo og'iz shilliq pardasi jarohatlanishi
bilan boshlanadi yoki teri jaro h atlan ish i bilan boshlansa-da, alb atta,
keyinchalik og'iz shilliq pardasi ham jaro h atg a uchraydi. Shu sababli
k a s a llik av jig a c h iq q a n d a v rd a d o im o o g 'iz s h illiq p a rd a s i
jarohatlanganligini kuzatam iz.
Klinikasi.
Oddiy po'rsildoq yaraning klinik ko'rinishi tipik, m onom orf
p u fak lar toshishi bilan xarakterlanadi. K o'rinishidan sog' b o'lgan teri
s a th id a o 'lch a m la ri 0,5-1,0 sa n tim e trd a n 5 sm, h a tto u n d a n k a tta
o'lcham li, yupqa po'stloqli pufak paydo bo'ladi. Pufak suyuqligi shaffof
bo'lib, qisqa m uddatda loyqalanadi. Pufak po'stlog'i oson yorilib, yuza,
to 'q qizil rangli chaqalar hosil qiladi. Bu chaqalar uzoq vaqt bitmaydi.
C h a q a c h e tla rid a e p id e rm is b o 'la k c h a la r i s a q la n a d i. E p id e rm is
b o'lakchalarini pinset yordam ida tortsak, ko'rinishidan sog* ko'ringan
teri sathidan epidermis oson ko'chishi kuzatiladi va ayrim shaftoli mevasi
terisining yengilgina tozalanishini eslatadi. Bu holat akantolizis hodisasi
tufayli kuzatilib,
N ik o ls k iy sim p to m i
deb nomlangan.
O g'iz shilliq pardasida hosil bo'lgan pufaklar juda yupqa po'stloqli
b o 'lib , tikanaksim on q av atn in g yuqori so h alaridan ak antoliz tufayli
vujudga keladi. Ovqat luqmalari, til harakati ta ’sirida tezda yorilib, yuza,
dumaloq-suyri shaklli to 'q qizil chaqalar hosil qiladi. Aksariyat og'iz shilliq
pardasida pufakni kuzatish qiyin. Hosil bo'lgan chaqalar ko'rinishidan
sog' shilliq pard alar yuzasida kuzatiladi. Eroziya a tro fla rid a epiteliy
k o'chk ilari, b o'lakchalari ko 'zg a tashlanadi, ular chetlaridan tortilsa,
Nikolskiy alomati oson chaqiriladi. Ayrim hollarda eroziya yuzasini parda
qoplagandek bo'lib, uni shtapel yordamida oson ko'chirish mumkin va u
parda emas, pufak po'stlog'i, ya’ni epiteliy ko'chkisi hisoblanadi. Agar
o 'z vaqtida tashxis qo'yilm ay, davo boshlanm asa, yakka-yakka siyrak
toshm alar ortidan toshmalar lunj, milk, tanglay sohalarida ko'plab paydo
b o ia d i, yangi eroziyalar kuzatiladi, ular qo'shilib, yirik-yirik o'choqlar
hosil qiladi. Ularning bitishi sust bo'lib, uzoq davom etadi. Ovqatlanish,
gaplashish og'riq tufayli qiyinlashadi, gipersalivatsiya tufayli lab burchaklari
165
bichiladi, og'riydi. Bunday bem orlam ing og'iz bo ‘shlig‘idan q o ‘lansa is
anqiydi. Pufak va chaqalar o g'iz shilliq pardasidan tashqari, lab qizil
hoshiyasi, o g ‘iz burchaklari, iyak, dahanda ham paydo bo'ladi. Toshmalar
ko'pincha qo'shilib, lab qizil hoshiyasi va teri yuzasidagi chegara yo'qoladi.
Jarohat yuzasi qonli, yiringli qaloqlar bilan qoplanib, joylarda namlik,
quruq yoriqlar vujudga keladi. Ayrim hollarda ovoz b o ‘g ‘ilishi kuzatiladi,
bu hoi yutqun jarohatlanganidan darak beradi.
O ddiy p o 'rsild o q yara k o 'p in c h a y u tqunning ja ro h a tla n ish i bilan
boshlanib, uzoq vaqt bilinmaydi.
Seboreyali po'rsildoq yaraning og'iz shilliq pardasidagi klinik kechishi
oddiy po'rsildoq yaradan farq qilmaydi. U terida yog'li qaloqlar bo'lishi
holida kechib, asosan, boshning soch qismi, burun qanotlari burmasi,
lab b u rc h a k la ri, q u lo q su p rasi b u rm a lari, k o 'k r a k q a fa si sohasida
kuzatiladi. Yuzda, xususan, yonoq, burun devorlari, qanotlari sohasida,
peshonada eritem atoz o'choqlari holida kechgani sababli «qizil yugirik»
ko'rinishini eslatadi va shu sabab
e ritem a to z tur
deb ham ataladi.
Tashxis. Tashxis uchun asosiy belgi Nikolskiy simptomi hisoblanib, u
oson chaqiriladi. Agar chegaralangan jaro hat holida og'iz shilliq pardasi
shikastlansa va Nikolskiy simptomi musbat bo'lsa, po'rsildoq yara tashxisini
yakuniy deb b o 'lm a y d i, sa b ab i bu sim ptom allergik m edikam en to z
stomatitlarda ham uchraydi. Shu sabab tashxis qo'yish sitologik tekshiruv,
ya’ni bosma surtmadan akantolik hujayra topilishiga asoslanadi.
Akantolik hujayrani aniqlash uchun o'choqdan, ya’ni pufak tubi chaqadan
bir bo'lak kanselyariya rezinkasi yordamida surtma olinib, buyum oynachasiga
surtiladi. Ashyo quritilib, spirt yordam ida fiksatsiya qilinadi, so 'n g ra
R om anovskiy-G im za usulida bo'yaladi.
A k a n to litik h u ja y r a
o'zgargan
tikansimon hujayra bo'lib, u dumaloq shaklli va yirik siyohrang yadroga ega.
Hujayra sitoplazmasi bir xil rangga ega emas: yadro atrofi och zangori rangda,
chekkalari esa to'q ko'kish tusga ega. Akantolitik hujayralar to'p-to ‘p bo'lib
joylashadi. Hujayralar soni kasallik avj olgan va qaytalangan paytda ko'payadi.
P o'rsildoq yara og'iz shilliq q avatida uchrasa, birlam chi toshm asi
pufakli kasalliklar bilan qiyoslanadi. Po'rsildoq yarani pufakli derm a
tozlar bilan qiyoslaganda, pufaklam i epiteliyga nisbatan joylashishini
inobatga olish zarur. Pemfigoidda pufaklar subepitelial joylashadi, shu
sababli ular qalin po'stloqqa ega va uzoq vaqt yorilmay saqlanadi - ularni
k u z a tis h m u m k in . P e m fig o id d a hosil b o 'lg a n e r o z iy a la r b iro z
yallig'langan, qizargan asosga ega va ko'pincha ularning yuzasi fibrinoz
parda bilan qoplangan bo'ladi. Po'rsildoq yara tashxisida hal qiluvchi
a h a m iy a tg a ega b e lg ila r b o s m a -s u rtm a d a n a k a n to l it ik h u ja y ra
m u sb a tlig ig a , IF R ja v o b i, tik a n a k s im o n q a v a t h u ja y r a la r a r o
substansiyalarida yig'ilishini kuzatishdir.
166
8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |