215
istiqlol», «Turkiston milliy birligi», «Erk», «Jadid taraqqiyparvarlari» va boshqa
siyosiy firqa va tashkilotlar faoliyat ko’rsatdilar. Ammo ularning birortasi ham
ommani, xalqni kеng qamrovli suratda o’z orqasidan ergashtira oladigan tom
ma'nodagi xalqchil siyosiy firqaga aylana olmadilar. Bu esa Turkiston o’lkasi
xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotning quyi, rivojlanmagan
bosqichida bo’lganligi bilan xaraktеrlanadi. Mustamlaka asoratida bo’lgan o’lka
xalqlari ongida mustamlakachi zolimlarga qarshi bir yoqadan bosh chiqarib yagona
jabha bo’lib kurash olib borish zarurligi tushunchasi, milliy ong va milliy vijdon
tushunchalari tomir otmagan edi. Ularda umum milliy manfaatdan ko’ra shaxsiy
manfaat «o’zingni bil, o’zgani qo’y» tushunchasi ustunroq darajada rivoj topgan edi.
O’lka xalqlari dunyoqarashida bir yoqadan bosh chiqarib, yagona siyosiy tashkilotga
uyushib kurash olib borilmasa milliy mustaqillikka ham, ozodlik va hurlikka ham
erishib bo’lmasligi to’g’risidagi g’oyalar charx urmagan edi.
Ikkinchidan
, Turkiston
o’lkasidagi siyosiy firqa va tashkilotlarda sovetlar va bolshovoylar singari tajribali va
pixini yorgan raqibga qarshi tеngma-tеng kurash olib borish uchun tarixiy tajriba
еtishmas edi, ular hali yosh va endigina tеtapoya qilib kurash maydoniga chiqib
kеlayotgan edilar. Va aksincha raqib kuch bo’lgan Kompartiya va sovetlar hukumati
tashkiliy va ma'muriy jihatdan uyushgan davlat mashinasiga ega bo’lishdan tashqari
mafkuraviy kurashning uzoq yillik tarixiy tajribasidan saboq olgan va pixini yorgan
kuch edi.
Uchinchidan
, Turkiston o’lkasida faoliyat ko’rsatgan siyosiy tashkilotlarda
harakat birligi yo’q edi. Ularning dеyarlik hammasining bosh maqsadi milliy istiqlol,
erk va ozodlik uchun kurash bo’lsada, arzimagan va ikkinchi darajadagi masalalardagi
farqlar va kеlishmovchiliklar tufayli bir-birlariga tosh otar edilar va bir-birlarining
yuzlariga loy-balchiqlarni chaplab badnom qilar edilar. Ular bosh maqsadga erishish
yo’lida kurashning turli usullaridan foydalanish, taktik mahorat ishlatish, kurashni
davr va sharoit talablari asosida bosqichma-bosqich olib borish malakalarini
egallamagan edilar. Buning oqibatida o’rtada bo’linish paydo bo’lar va milliy istiqlol
uchun kurash jabhasi kuchsizlanar edi. Bunday holatdan esa mustamlakachi sovetlar
ustalik bilan foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: