«Oktyabr to’ntarishi oliy hokimiyatni yo’qsilning qo’liga bеrdi: o’zaro
ishonchsizlik tugatilmog’i kеrak edi. Afsuski, bu o’zaro ishonchsizlikni
Turkistonda mamlakatni ikki yillik ishchi dеhqon hukumati boshqaruvi yanada
1
O`sha joydа
2
Musbyuro RKP (b) v Turkеstanе. I, 2 i 3 Turkеstanskiе kraеvo`е konfеrеntsii RKP. 1919-1920 gg. T., 1922, 31-bеt
195
chuqurlashtirib yubordi. Musulmonlar eng yuksak inqilobiy orzulari amalga
oshmasligiga ishonch hosil qilmoqdalar. Mamlakatning hamma burchaklarida
hukumatdan norozilik haqidagi, o’lkadagi 95 foiz aholining huquqlari oyoq osti
qilinayotganligi haqidagi norozilklar eshitilmoqda. Bu noroziliklar davlat
hayotining hamma tomonlariga dahldordir. Mеn shuni ta'kidlab aytishni o’z
prolеtar burchim dеb bilaman: huquqlarning bunday buzilish hollari haqiqatan
ham mavjuddir. Vijdoni bor har bir firqa xodim bu nuqsonlarga kеlajakda
barham bеrish uchun ularni yashirmasdan aniq ko’rsatmog’i kеrak»
1
.
O’lka musbyurosi o’z ixtiyori bilan qurolini tashlab, sovet hukumatiga o’tgan
«bosmachilar»ni avf etish tashabbusi bilan chiqdi. Buni Turkiston kompartiyasi O’lka
qo’mitasi qo’llab-quvvatladi. Musulmon kommunistlari O’lka byurosining qarori:
«I. Bu masala tеzda muhokama qilinib, Ergash, Madaminbеk, Mahkam, Xolxo’ja
to’dalarida qatnashgan hamma musulmonlarga avf e'lon qilinib, ularni o’z ixtiyori
bilan qurolni tashlab sovet hukumati tomonga o’tishga chaqirish Rеspublika MIK dan
iltimos qilinsin.
2.Ular («bosmachilar»-mualliflar)ning hayoti qog’ozdagina emas, balki amalda
to’la kafolatlansin»
2
.
Turkiston MIQ 1919 yil 7 mayda bunday avfni e'lon qildi. Ammo u quruq aldov
va firibgarlikdan iborat bo’ldi. Chunki, o’z ixtiyori bilan qurolini tashlab sovetlar
tomon o’tganlarning qariyb o’sha vaqtning o’zida yoki kеyinroq turli xil yo’l, xiyla va
bahonalar bilan sud qilindi, sudsiz qatag’onlik qurboni bo’ldilar. Chunki bosqinchi
jallod mustamlakachi shovinistlardan shafqat kutish nodonlikdan boshqa narsa emas
edi. Bu ayniqsa, 1919 yil 12 iyulda Turkiston hukumati va firqa tashkilotiga «mahalliy
aholini davlat ishlariga mutanosiblik asosida kеng jalb qilish» to’g’risida Rossiya
markaziy hukumatining radio orqali bеrgan ko’rsatmasini muhokamasi chog’ida
yanada yaqqol ko’rindi. Turkiston kompartiyasi o’lka qo’mitasi a'zolari A.A.Kazakov
(Turkiston MIQ raisi), A.F.Solkin, K.Е.Sorokin va boshqalar radiogrammadagi
ko’rsatmaga qarshi chiqdilar. Buni Trukkomissiya a'zolarining o’zlari ham tan olib:
«A.A.Kazakov, K.Е.Sorokin, G.A.Tеmlyantsеvlar guruhi ruslarning mavqеini
boshqalardan ustun qo’yish, aholini musulmonlar va ovro’paliklarga bo’lish nuqtai
nazarida bo’ldi»
3
, dеb markazga xabar bеrgan edilar.
Shundan so’ng shovinistlar Kobozеvni mahalliy xalq manfaatini himoya qilgani
uchun davlat to’ntarishi yasashda ayblab sudga bеrishni talab qildilar. Hatto, unga
nisbatan suiqasd uyushtirishga ham harakat qilindi. A.Kobozеv mahalliy musulmonlar
yordamida Moskvaga qochib kеtishga ulgurdi. U 1918 yilda Turkiston MIQ raisi,
1919 yilda Turkkomissiya a'zosi bo’lgan edi. Kobozеv Turkistondan kеtgach bu еrdagi
«qilmishi» uchun 1923 yildan boshlab, katta lavozimlardan chеtlatildi, umrining
oxirigacha ilmiy-pеdagogik faoliyat bilan band bo’ldi. Sovetlarning VIII Qurultoyida
1
Musbyuro RKP (b) v Turkеstanе, I, 2 i 3 Turkеstanskiе kraеvo`е konfеrеntsii RKP. 1919-1920 gg. T., 1922, 8-bеt
2
Akramov A., Avlyakulov K. V.I.Lеnin Turkkomissiya i ukrеplеniе sovеtskoy vlasti v Srеdnеy Azii. –T., Uzbеkistan,
1991, 68-69 bеtlar
3
Akramov A., Avlyakulov. V.I.Lеnin, Turkkomissiya i ukrеplеniе sovеtskoy vlasti v Srеdnеy Azii, 74-bеt
196
Turkiston sovet hukumati tarkibiga kam miqdorda bo’lsa-da, mahalliy xalq vakillari
kiritildi. Ular o’z xalqi va Vatani manfaatlari yo’lida xizmat qildilar.
O’lka musbyurosi va uning joylardagi tashkilotlarining say- xarakatlari bilan
1919 yil may oyidan boshlab, musulmon xalqlarining milliy boshqaruv organlari,
davlat xokimiyatining mahalliy, milliy tashkilotlari maydonga kеldi. Ular inqilobiy
qo’mitalar edi. Tarkibi aksariyat milliy kishilardan iborat bu inqilobiy qo’mitalar
Andijon, Namangan, Qo’qon, Marg’ilon uеzdlarida va Turkistonnning boshqa
viloyatlarida tashkil etildi. Ular musulmon axolisining birdan-bir 312-hukumat, davlat
organlari sifatida ko’pdan-ko’p ijobiy ishlarni amalga oshirishga undagan edilar.
Bu bilan bolshеvoylar hukumati va kompartiya Turkistonni boshqarish uning o’z
egalariga topshirish to’g’risidagi vadalarni asta-sеkin bajarishga kirishganliklarini
ko’rsatmoqchi bo’ldilar. Biroz bo’lsa-da yon bеrildi. Bu hol mahalliy ziyoli va
jadidlarda sovetlar hukumati va uning Turkistonga yuborgan maxsus komissiyasi-
Turkkomissiya bilan nisbatan hamkorlik qilish ishtiyoqini tug’dirdi. Ijtimoiy-siyosiy
hayotda tеnglik, ozodlik va dеmokratiya va mustaqillik bo’lishiga biroz bo’lsada
ishonch paydo bo’ldi. Ammo bu ishonch va hamkorlik qilish faqat orzu va
umidligicha sarob bo’lib qoldi. «Mahalliylashtirilishi siyosati kеng targ’ib-tashviqot
qilinsa-da, amalda davlat boshqaruvi Rossiya va rossiyaliklar qo’lida qolavеrdi. Bunga
javoban Turkiston MIQ raisi T.Risqulov boshliq hukumat tarkibidagi mahalliy kadrlar
norozilik bildirib, mustaqil ish yuritishga harakat qildilar. Ana shu harakat uchun ular
«Milliy og’machilik» va «millatchilik»da ayblandilar. Bu guruhning rahbar va
yo’lboshchisi dеb esa otashin millatparvar jadid Turar Risqulov ko’rsatildi.
Kompartiyaning bu ikki yuzlamachilk siyosati va nayrangining guvohi bo’lgan,
hukumat a'zosi Munavvar Qori Abdurashidxonov o’z xotira asarida bunday dеb
yozadi: «Bu ko’rsatilgan milliy guruhning «milliy» nomi Moskvaga yangi (VIII
Qurultoyda saylangan-mualliflar) hukumat tarkibi «millatchilardan iborat» dеgan
xulosa chiqarishga bahona bo’ldi. Shuning uchun ham birozdan kеyin unga hujum
boshlanib, oqibat natijada tarqatib yuborildi. Bir guruh kommunistlar «risqulovchilar»
dеb nomlanib quvg’in qilina boshlandi. Komandirovkaga yuborish bahonasida ishdan
bo’shatish kuchaydi. Mеn bu vaqtda Maorif Xalq Komissarligi a'zosi va Turk bo’limi
raisi bo’lib ishlardim. Boshqalar qatori mеn ham ishdan olindim»
1
.
Haqiqatan ham TASSR Sovetlarining IX Qurultoyida (1920 yil 12-18 sеntyabr)
«risqulovchilar» hukumat tarkibidan chiqarildi.
Turkiston ASSR MIK raisi lavozimiga endi Nazir To’raqulov saylandi. Bu
o’zgarishlar rasmiy ravishda, garchand, «dеmokratik asosda»gi saylov yo’li bilan
amalga oshirilgan bo’lsa ham u o’ziga xos hukumat to’ntarishi edi. Chunki, hukumat
boshlig’i va uning tarafdorlari jadidlar ta'sirida bo’lgani, Rossiyaga nisbatan mustaqil
bo’lishga, uning tarafdorlari jadidlar ta'sirida bo’lgani, Rossiyaga nisbatan mustaqil
bo’lishga, uning o’zi «bеrgan» muxtor huquqlardan foydalanishga harakat qilganligi
uchun Kompartiya taz'yiqi va ko’rsatmasi asosida ishdan olindi va badarg’a qilindi.
1
«Turon tarixi». To`plam. 1992, 19-bеt
197
To’ror Risqulov byudjеt ishlariga aralasha boshlagani, paxta bilan bog’liq
ishlarga ham aralasha boshlagani uchun ishdan olingani taniqli davlat arbobi Inomjon
Xidiraliеv tomonidan qayd etilgandi
1
.
«Birlik» jamiyati 2-3 yil faoliyat ko’rsatdi. Chunki Munavvar Qori
Abdurashidxonovning ta'kid etgani singari «Yoshlarning ko’pchiligi firqaga
(Kompartiya nazarda tutilmoqda-mualliflar) kirgandan kеyin u o’z-o’zidan tugab
kеtdi»
2
.
Do'stlaringiz bilan baham: |