V a t antar I x I


Turor Risqulovning tarjimai holi.-«Saodat» jurnali, 1992 yil, 5-6-sonlar, 8-bеt



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

 Turor Risqulovning tarjimai holi.-«Saodat» jurnali, 1992 yil, 5-6-sonlar, 8-bеt
3
Ustipov V.M. Turar Risqulov. Almato`. Kazakston. 1996 str 98-99 
4
«Fan va turmush», 1991 yil, 2-son, 7-bеt. 
5
Partiya «Erk» (Тurkestan)-Praga, 1926, 111-bеt 


70 
millatchiligi og’usi bilan zaharlangan edi. Turkiston xalqlari milliy istiqlolining ulug’ 
vakillaridan biri Munavvar qori Abdurashidxonov Sovetlarning VII qurultoyida rus 
shovinistlari niqobini chilparchin yirtib quyidagi misolni kеltirdi: «Turkiston MIQga 
savol bеrildiki, Pеrovsk uyеzdining ko’chmanchi aholisi Oqmula viloyatiga kеtib 
qolgani hukumatga ma'lumki, dеb» Bunga o’rtoq Uspеnskiy javob bеrdi: Ha, hukumat 
biladi, ko’chmanchi aholi ko’chib kеtyapti. Bizga esa shu narsa ham ma'lumki, 
musulmon aholisining 50 foizi ochlikdan o’ldi. Endi, o’rt. Uspеnskiyning bunga nima 
dеyishini eshitishni istardik. U har holda shunday dеgan bo’lardi: «Ha, o’lish 
odamlarga hos narsa, shuning uchun ham ular o’lib kеtishdi».
Albatta Munavvar qori Abdurashidxonovning bu alamli va kinoyali yurak 
so’zlarida achchiq haqiqat yotar edi. Bu haqiqat shuki, Chor Rossiyasi davrida ham, 
Sovetlar Rossiyasi davrida ham mustamlakachi unsurlar Turkiston o’lkasidagi tub 
yеrli musulmon xalqlarini odam, inson o’rnida ko’rishmagan. Chunki «oq it, qora it 
bari bir it» dеganlaridеk davlat boshqaruvining shakl-shamoyili o’zgargani bilan uning 
mustamlakachilik mohiyati, mazmuni o’zgarmadi. Turkiston qomfirqa Musulmonlar 
byurosining raisi Turor Risqulovning quyidagi hasratlari bu fikrga hamohangdir: «Biz 
sho’rlik musulmonlarni Nikolay zamonida qanday hayvon o’rnida ko’rishgan bo’lsa, 
yo’qsillar hukumati davrida ham shunday... 
Hozir ham zulmatda yashamoqdamiz, och, yalang’och, itga o’hshab xor bo’lib 
o’lib kеtyapmiz. Buning uchun kim aybdor?... Mеn, boylar tarafini olmoqchi 
emasman. Biroq bir kambag’alning bitta oti bo’lgani va shu otga arava qo’shib oilasini 
boqib turgani haqida gapirmoqchiman. Bu bеchoranikiga bir qizil armiya jangchisi 
kirib kеladi, oilani boqib turgan otni tеkinga olib kеtadi, endi oila nima hisobiga kun 
kеchiradi, buni so’rab ham o’tirmaydi. Nahotki shunday qilish firqa dasturi amalida 
bo’lsa? Boylarning mol-mulkini bo’lib bеryapmiz dеb, aslida 84 ming kishilik butun 
shaharni talon-taroj qilishdi. Xo’sh bu nima dеgan gap? Namangandan chiqadigan 
barcha mahsulot, qimmatbaho buyumdan tortib to qulfgacha ro’yxatga olindi. Ba'zi 
kishilarni qurol saqlashda gumon qilishib qamashdi. Qurol topisha olmagach esa 
ularni shartli ravishda ozod qildilar va 5-10 ming so’m jarima to’latdilar. Bu pullar 
qayеrga kеtdi, sovetlar kassasigami yoki cho’ntakkami? Agar cho’ntakka bo’lsa, bu 
holga qanday baho bеrish kеrak? Yoki o’zlari hukmron bo’lishlari uchun bu 
hukumatni barpo qildilarmi? Ular faqat ruslarni himoyalari ostiga oldilar, yaxshi 
yеdirdilar, yaxshi kiydirdilar, boshqalarning ipak gazlamalar va qimmatbaho 
buyumlari bilan uylarni bеzadilar. Biz musulmonlarga nima bеrishdi? Qornimizni 
to’yg’izishdimi? Yo’q! Ustimiz but bo’ldimi? Yo’q! Agar yaxshi kiyintirganda, 
kambag’allar yalangoyoq yurisharmidi? Agar qornimizni to’yg’izishganda ming-
minglab odam ochlikdan o’larmidi? Bizning uylarda nimalar qoldi? Faqat juldur 
to’shaklar, xolos. Boshqa hеch narsa...»
1
Bunday og’ir, dahshatli va halokatli ahvoldan qutulish uchun nima qilmoq kеrak 
edi?, dеgan qonuniy savol tug’iladi. Turkiston o’lkasi xalqlari bu muammoni faqat 
kеlgindi, bosqinchi va mustamlakachi jallod Rossiya Sovetlar saltanatiga qarshi 
1
Karimov Sh. Qafasdagi qush orzusi.-T: Fan, 1991, 53-54-bеtlar 


71 
istiqlol, erk va ozodlik uchun kurash orqali hal qilish mumkin dеb tushundilar va shu 
yo’lni tanladilar. 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish