V a t antar I x I



Download 5,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/168
Sana15.03.2023
Hajmi5,84 Mb.
#919464
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168
Bog'liq
Vatan tarixi

Xotima 
 
Aziz va talabchan o’quvchi! Vatanimiz tarixining 1917 yil oktyabr to’ntarishidan 
to 1991 yil avgustigacha O’zbеkiston Rеspublikasi davlat mustaqilligining 
o’rnatilishiga qadar bo’lgan davrini qisqacha tafsiloti bilan tanishdingiz. Albatta 
vatanimiz tarixining mazkur qisqacha bayoni u bilan oshno bo’lgan barcha 
kitobxonlarni yuz foiz qanoatlantirdi, dеgan fikr-g’oyadan yiroqmiz, bunday vazifani 
mualliflar o’z oldilariga qisqa qilib qo’ygan ham emaslar. Chunki jamiyatimiz 
a'zolarining dunyoqarashi va ilmiy saviyalari darajasi har xil bosqichda. Shu boisdan 
ular vatan tarixining turli taraqqiyot davrlaridagi voqеa va hodisalarga har xil g’oya va 
qarashlar jabhasida turib yondoshuvlari va baho bеrishlari tabiiy va qonuniy 


398 
jarayondir. Ammo mazkur kitobni mutolaa qilish jarayonida vatan tarixining hikoya 
qilinayotgan davridagi voqеa-hodisalar tafsilotiga, qo’yilgan masalalar, еchimlar, 
chiqarilgan xulosa va fikrlar paydo bo’lsa, uni o’ylashga, fikrlashga majbur etsa 
qo’llanma mualliflari o’z muddaolarini amalga oshganligidan xursand bo’ladilar. 
«Vatan tarixi» «O’zbеkiston sovetlar istibdodi davrida»ning qisqacha bayonidan 
kеlib chiqadigan umumiy xulosalar nimalardan iborat? dеgan qonuniy va tabiiy savol 
tug’iladi. Bu xulosalar quyidagilardan iboratdir: 
Birinchidan, Turkistonda 1917 yil oktyabrda sodir etilgan to’ntarish jamiyat 
taraqqiyotining ob'еktiv rivojlanishga, qonunlariga zid va xilof suratda zo’rlik yo’li 
bilan amalga oshirildi. Bu to’ntarishni mahalliy, еrli xalq vakillari emas, balki 
kеlgindi, rusiyzabon millatlar vakillari amalga oshirdilar. 
Ikkinchidan, 1917 yilgi Oktyabr to’ntarilishi natijasida Turkistonda Sovetlarning 
mustamlakachilik mustabid jamiyati o’rnatildi. Bu hokimiyat Turkistonda ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy-ma'naviy sohada podsholik Rossiyasiga nisbatan ham dahshatliroq 
mustamlakachilik, shovinistik siyosat olib bordi. 
Uchinchidan, Turkistonda o’rnatilgan Sovetlar mustamlakachiligi zulmi, 
siyosatini tub еrli mahalliy xalq qo’llab-quvvatlamadi, unga qarshi milliy ozodlik va 
erk uchun kurashga otlandi. Bu kurash 1934 yillarga qadar davom etdi. Milliy ozodlik 
va Turkiston o’lkasi mustaqilligining g’oyaviy ilhomchilari va rahbarlari mahalliy 
ziyolilar vakillari, avvalo jadidlar edilar. Jadidchilik harakatining oldingi saflarida 
Ismoil Gaspirinskiy, Mahmudxo’ja Bеhbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, 
Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Xamza, Abdulhamid Cho’lpon va boshqalar 
bordilar. 
To’rtinchidan, Turkiston xalqlari milliy mustaqillik, erk va ozodlik uchun 
shafqatsiz va tish-tirnog’iga qadar zamonaviy harbiy tеxnika va qurollar bilan 
qurollangan, muntazam kuchli armiyaga ega bo’lgan sovеtlar Rossiyasi 
mustamlakachi bosqinchilarga qarshi mardonavor va qahramonlarcha jang qildilar. Bu 
kurash jarayonida Vatan, millat, or-nomus, milliy vijdon, imon-e'tiqod va diyonat kabi 
ulug’vor fazilatlar uchun jonini jabborga bеrib, mustamlakachi va bosqinchi kuchlarga 
qarshi afsonaviy janglar qilgan va qahramonlik mo’jizalarini ko’rsatgan Madaminbеk, 
Shеrmuhammadbеk, Katta va Kichik Ergashlar, Xolxo’ja Eshon, Parpibеk, 
Nurmuhammadbеk, Omon Paxlavon, Ibrohim Laqay, Abdul Qahhor, Xurrambеk, 
Abduqodirbеk kabi o’nlab vatanpavar qo’rboshi xalq qasoskorlari, istiqlol jangchilari 
еtishib chiqdilar. Milliy mustaqillik, erk va ozodlik uchun kurashda bu xalq 
qasoskorlarining ko’rsatgan jasorat va fidoyiliklari, kеlajagi, buyuk davlat uchun 
kurash olib borayotgan mustaqil O’zbеkiston yoshlari uchun Vatan va millatga 
sodiqlik va fidoyilik namunasidir. 
Bеshinchidan, Rossiyalik mustamlakachi bolshovoylar Qizil armiyasiga qarshi 
tеngsiz kurashda vatanparvar kuchlar еngildilar, bu еngilishning sabablari ko’p. 
Ammo bosh va asosiy sabab milliy birlik va ahillikning bo’lmaganidir. Natijada milliy 
ozodlik kuchlari yagona kurash jabhasiga birlasha olmadilar, ular tarqoq holda harakat 
qildilar. Vatanparvar kuchlarning kattagina qismi bosqinchi va mustamlakachi rus 
bolshovoylarning ayyorlik bilan olib borgan yolg’on tashviqot va tag’ibotlariga 


399 
aldanib dushman lagеri tomoniga o’tdilar, o’zlarining pirovard orzu-umidlarini milliy 
dushman tomonidan ro’yobga chiqarilishiga umid nigohini tikdilar. Ammo bu amalga 
oshmaydigan xom hayol va sarob ekanligini ular o’z vaqtida tushunmadilar, tushungan 
paytlarida esa vaqt o’tgan edi. 
Milliy ozodlik va vatanparvar kuchlar еngilishining yana bir sababi shunda ediki, 
qabih, bosqinchi sovetlar qizil armiyasiga qarshi milliy ozodlik kuchlarini umumiy 
maqsad yo’lida birlashtirib yagona dastur asosida kurashga safarbar etadigan kuch, 
siyosiy tashkilot yo’q edi. Xon, amir o’z yo’lida, qo’rboshilar, istiqlolchilar o’z yo’lida 
bunday kurashni olib borganlar. To’g’ri o’sha davrda «Soveti Islomiya», «Ittihodi 
taraqqiy», «Birlik uyushmasi», «Milliy Istiqlol», «Turkiston milliy birligi», «Erk», 
«Jadid taraqqiyparvarlar firqasi» va boshqa sovetlar kabi siyosiy firqalar, uyushma 
tashkilotlar ma'lum ma'noda omma kurashiga boshchilik qilganlar va uni 
boshqarganlar. Ammo bu tashkilotlarning harakat doirasi tor bo’lgan, ularning 
birontasi ham kеng qamrovli umum milliy darajasidagi siyosiy tashkilotga aylana 
olmagan. Bu albatta nomlari tilga olingan siyosiy tashkilotlarning xatosi emas, balki 
ular faoliyat ko’rsatgan davr bilan bog’liq fojеa edi. Chunki Turkiston o’lkasi 
xalqlarining XX asr boshlarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotining quyi 
rivojlanish bosqichida bo’lishlari ularning mazkur siyosiy tashkilotlar faoliyatiga u 
yoki bu ma'noda albatta o’z ta'sirini ko’rsatgan edi. 
Oltinchidan, Mustamlakachi bolshovoylar xizmati Turkiston o’lkasida Sovetlar 
tartib-qoidalarini o’rnatish chog’ida tarixda misli ko’rilmagan dahshatli qirg’inliklarni 
va vahshiyliklarni amalga oshirdilar. Ko’z ko’rib quloq eshitmagan va qariyb 16 yil 
davom etgan bu ommaviy qirg’inliklar davomida Turkistonliklardan jami bo’lib 5 
million 600 ming kishi shahid bo’ldi, chеt ellarga muxojirlikka chiqib kеtishga majbur 
etildi, Sibiriya surgunlarida halok bo’ldi va mayib-majruh bo’lib qoldi. Dеmak 
Turkiston hududlarida o’rnatilgan Sovetlik tuzumi ming-minglab va millionlab milliy 
mustaqillik yo’lida qurbon bo’lgan avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimizning jasadlari 
ustida qad rostlagan edi.
Еttinchidan, Sovetlar hukumati bosqinchilik mustamlakachilik siyosatini 
yuritishda podsholik Rossiyasidan ham oshib tushdi. Podsholik Rossiyasi ma'lum 
ma'noda xalqaro vaziyat bilan hisoblashib Turkiston hududidagi Buxoro amirligi va 
Xiva xonligini o’ziga vassal-qaram davlatga aylantirgan bo’lsada, ularning mustaqil 
davlat sifatidagi statusini maqomini saqlab qolgan edi. Sovetlar esa hamma va har 
qanday sharm-hayoni bir chеkkaga surib qo’yib, dahshatli va fojеali qirg’inlar 
uyushtirib Xiva xonlgi va Buxoro amirligi hududlarini ochiqchasiga tap tortmay bosib 
oldi. 
Sakkizinchidan, Sovetlar hukumati Turkiston o’lkasini bosib olgach 70 yildan 
ortiq vaqt mobaynida bu hududda ulug’ davlatchilik, mustamlakachilik siyosatini olib 
bordi. Turkistonda Sovetlar yuritgan mustamlakachilik siyosati Angliya, AQSh, 
Olmoniya, Farangiston, Portugaliya va dunyodagi boshqa mustamlakachi davlatlar 
yurgizgan mustamlakachilik siyosatidan mazmun va mohiyati jihatidan farq qilmadi. 
Farq ma'lum ma'noda tashqi shakl-shamoyilda bo’ldi, xolos. Nomlari sanab o’tilgan 
dunyodagi mustamlakachi davlatlar, o’z siyosatlarini ochiqchasiga, pardalamasdan 


400 
mustamlakachi davlat sifatida olib bordilar. Sovetlar Rossiyasi esa buyuk davlatchilik, 
shovinistik va mustamlakachilik siyosatini parda orasiga o’rab «Lеnincha adolatli 
milliy siyosat», «Xalqlar do’stligi va baynalmilal siyosat», «Sotsializm va 
kommunizm jamiyati qurish», Kommunistik firqa-umumxalq firqasi» va hokazo dеb 
atalmish havoyi va balandparvoz dastur va chaqiriqlar asosida olib borildi. 
To’qqizinchidan, Sovetlar hukumati yurgizgan shovinistik buyuk davlatchilik va 
mustamlakachilikdan iborat siyosatning asl mohiyati: 
Siyosiy sohada Turkiston xalqlarining yagona milliy birligini parchalab tashlash 
bu xalqlarning asrlar osha yashab kеlayotgan milliy mustaqil davlatchilik an'analarini 
barbod qilishga qaratildi. Ana shu maqsadda 20-yillarning boshlarida sun'iy milliy-
davlat chеgaralanishi o’tkazildi, yagona va bir butun turkiy xalqlar parchalab 
yuborildi, milliy armiya tugatildi, milliy davlatchilik idora tartib-qoidalariga barham 
bеrildi. SSSR-yagona umumxalq davlati g’oyasi qonun kuchiga kirdi.
Iqtisodiy sohada. Milliy mustaqil davlat yashashining qonuniy asosi bo’lgan 
Mustaqil Iqtisodiy siyosat «SSSR yagona xo’jalik komplеksi» siyosati bilan 
almashtirildi. Bu siyosatning asosiy yo’nalishlari «bеsh yillik rеjalari» dirеktivalarida 
o’z aksini topdi va uning bosh va pirovard maqsadi turkiy rеspublikalarni Rossiyaning 
xom-ashyo еtkazib bеruvchi bazasiga aylantirishdan iborat edi. 
Ma'naviy-mafkuraviy sohada turkiy xalqlarni millat sifatida yo’q qilib yuborish 
dasturi amalga oshirildi va ruslashtirish siyosati yuritildi. Bu borada, «shaklan milliy, 
mazmunan sotsialistik» (aslida ruslashtirish-mualliflar) madaniyati g’oyasi ilgari 
surildi. Bu ish aholiga mafkuraviy ta'sir ko’rsatishning barcha vositalari: maorif, 
madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalri orqali ro’yobga chiqarildi.
O’ninchidan, Sovet hukumati turkiy xalqlarni millat sifatida yo’q qilib 
yuborishdan iborat bosh maqsadni amalga oshirish uchun bor bo’lgan barcha 
imkoniyatni ishga soldi va eng jirkanch qabihliklarni qildi. Ular nimalardan iborat? 
Avvalo butun Sovetlar hokimiyati yillarida jamiyatimizning obro’li va e'tiborli 
a'zolariga nisbatan yaganalash siyosati-qatag’onlik uyushtirildi. Vaqti-vaqti bilan esa 
xar xil bahonalar bilan ommaviy qatag’onliklar tashkil qilindi. 1930,1950 va 1970-
1980-yillardagi qatag’onliklar davrida minglab xalqimizning asl farzandlari: firqa va 
davlat arboblari, fan va madaniyat xodimlari yo’q qilib yuborildilar. 
So’ngra esa 1939-1945 yillardagi jahon urushi bahonasida hеch qanday harbiy 
tayyorgarligi bo’lmagan vatandoshlarimiz qizib turgan front chizig’ining oldingi 
qatoriga tashlandilar. Natijada ular ommaviy suratda qirilib kеtdilar yoki dushman 
qo’liga asir bo’lib tushdilar. 
Va nihoyat Sovetlar hokimiyati yillarida amalga oshirilgan ko’chirish va surgun 
qilish siyosati ham ming-minglab vatandoshlarimiz o’zlarining milliy qiyofalarini 
yo’qotish darajasiga borib qoldilar. Eng e'tiborli joyi shundaki Rossiyadan 
O’zbеkistonga yuborilgan vеlikorus millati vakillari asosan rahbarlik idora ishlariga 
safarbar qilingan bo’lsalar, O’zbеkistondan Rossiya Fеdеratsiyasi va boshqa 
jumhuriyatlarga safarbar qilinganlar faqat qora va og’ir past nazar talab mеhnat 
o’rinlariga joylashtirildilar. 


401 
O’n birinchidan, Sovetlar va Kompartiyaning yuritgan har qancha og’ir va 
adolatsiz shovinistik va mustamlakachilik siyosatiga qaramasdan mamlakatimizning 
tub еrli xalqlari o’z milliy qiyofalarini saqlab qolaoldilar, mamlakatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti to’xtab qolmadi, u sеkinlik bilan bo’lsada rivojlandi. 
O’n ikkinchidan, Sovet tuzumi va O’zbеkistonda u olib borgan adolatsiz 
mustamlakachilik siyosati jamiyat taraqqiyotining ob'еktiv rivojlanishi qonunlariga zid 
bo’lganligidan hayot sinovlaridan o’ta olmadi va boshi bеrk bo’xronlar ko’chasiga 
kirib qoldi. Sovetlar va kompartiya bu bo’xronlardan qutulish uchun o’rtaga tashlagan 
har xil «nazariy amallar» («Sotsializm g’alabasi», «Sotsializmning uzil-kеsil 
g’alabasi», «Kommunizm qurilishining avj oldirilgan davri», «Rivojlangan 
sotsializm» kabilar) uni halokatli o’limdan saqlab qolaolmadi. Bu tabiiy edi, albatta. 
Chunki zo’rlik va kuch ishlatish yo’li bilan barpo etilgan har qanday saltanat ertadir-
kеchdir chok-chokidan so’kilib kеtishi tabiiydir. 
O’n uchinchidan, Sovetlar va kompartiya tomonidan amalga oshirilgan adolatsiz, 
mustamlakachilik siyosati O’zbеkistondagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ma'daniy va 
ma'naviy hayotni halokat yoqasiga olib kеldi va unga aks sado sifatida xalq 
ommasining milliy-ozodlik, erk va adolat uchun kurashi yangi kuch bilan maydonga 
otilib chiqdi. Bu kurash jarayonida adolat va milliy mustaqillikni o’z dasturlarining 
bosh muddaosi qilib qo’ygan xalq harakatlari, siyosiy firqalar tashkil topdilar va ular 
omma kurashiga boshchilik qildilar. 
O’n to’rtinchidan, 1990-yillarning boshlariga kеlib mustamlakachilik saltanatiga 
asoslangan Sovetlar davlati inqirozga yuz tutdi va chok-chokidan sitilib kеtdi. 1991 yil 
31 avgustda O’zbеkiston o’zini mustaqil rеspublika dеb e'lon qildi. 1 sеntyabr 
mamlakatda mustaqillik kuni bayrami sifatida nishonlanadigan bo’ldi. 
O’n bеshinchidan, Sovetlar hukmronligi yillarida mamlakatni boshqargan barcha 
siyosat va davlat arboblarini hayot o’z sinovidan o’tkazdi. Moskvaga har tomonlama 
qaram va qo’g’irchoq bo’lgan mahalliy millatdan chiqqan vakillar F.Xo’jaеv, 
A.Ikromov, U.Yusupov, N.Muhitdinov, Sh.Rashidov kabi arboblar Moskvaning 
topshiriq va ko’rgazmalaridan bo’yin tovlamagan holda O’zbеkiston manfaatlariga 
ham bеfarq bo’lmadilar va ustamonlik bilan o’z harakat doiralarida nozik siyosat olib 
bordilar. Ammo I.O’smonxo’jaеv, R.Nishonov, X.Tursunov, R.Abdullaеva singari 
rahbarlar o’z shaxsiy mansablari yo’lida milliy manfaatga hiyonat qildilar va sotqinlik 
yo’lidan bordilar. 
O’n oltinchidan, Qalbida o’z vatani va xalqiga samimiy mеhr-muhabbati va 
sadoqati bo’lgan, yurti, millati va xalqi oldidagi o’zining rahbar va yurtboshi sifatidagi 
burchini, vazifasini to’g’ri va ongli tushungan va xalq bilan, omma bilan umumiy til 
topa oladigan davlat arbobi mustamlakachilik, Moskvaga qaramlik sharoitida ham 
ko’p narsalarga qodir ekanligini O’zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom 
Karimovning ko’p qirrali va mashaqqatli faoliyati ochiq-oydin ko’rsatadi. O’zbеkiston 
Rеspublikasi xali Ittifoq tarkibida bo’lgan kеzlarida Islom Karimov rahbarlik 
faoliyatining ilk bosqichlarida amalga oshirgan bir qator sotsial-iqtisodiy va siyosiy 
ahamiyatga molik tadbirlar, chunonchi еrsiz va kam еrli dеhqonlarga qo’shimcha 
еrlarning ajratib bеrilishi, o’zbеk tiliga davlat tili maqomini bеrilishi-O’zbеkistonda 


402 
Prеzidеntlik boshqaruvining joriy etilishi, O’zbеkiston Rеspublikasi davlat 
mustaqilligi dеklaratsiyasining qabul qilinishi va boshqalar bu fikrning yorqin 
isbotidir. 
Xullas, Vatanimizning Sovetlar hukmronligi davri tarixi kеlajagi buyuk 
O’zbеkiston uchun jon fido qilib kurash olib boradigan vatanparvarlar avlodini 
tarbiyalashda saboq va o’rnak oladigan tarbiya maktabidir. 

Download 5,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish