V. A. Motsart otasi bilan Italiyaga qilgan safari va uning Motsart hayotidagi ahamiyati



Download 85 Kb.
bet1/2
Sana06.03.2022
Hajmi85 Kb.
#484132
  1   2
Bog'liq
volfgang amadey motsart hayoti va 111




Reja:

  1. KIRISH

  2. ASOSIY QISM

  1. Yosh Amadeyning onasi va opasi bilan chet ellarda konsert gastrollari.

  2. V.A. Motsart otasi bilan Italiyaga qilgan safari va uning Motsart hayotidagi ahamiyati.

  3. V.A. Motsartning operalari va uning dunyo musiqa xazinasidagi ahamiyati.

  1. XULOSA

  2. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



KIRISH
Vol`fgang Amadey Motsart (Mozart) (1756.27.1, Zal`tsburg — 1791.5.12, Vena) — avstriyalik kompozitor. Vena klassik maktabining yirik namoyandasi. Sozanda, o’qituvchi va kompozitor. Leopol`d Motsartning o’g’li va shogirdi. Yoshligidanoq noyob musiqiy iste’dod va xotira egasi, virtuoz sozanda (pianinochi, skripkachi), mohir dirijyor va kompozitor sifatida tanilgan: 5 yoshidan ilk musiqa asarlarini ijod etgan, 6 yoshdan butun Yevropa bo’ylab gastrolda bo’lgan. 1770 y.dan Bolon`ya Filarmoniya akademiyasi a’zosi. Zal`tsburg knyaz`- arxiepiskop saroyida kontsertmeyster (1769—77) va organchi (1779—81), Avstriya imperatori Iosif II saroyida musiqachi va kompozitor (1787 y.dan).
Ma’rifatchilik davri g’oyalari ta’siri ostida kamol topgan Motsartning ijodi 18-a.ning badiiy cho’qqilaridan biri. Motsart uslubida klassitsizmga xos ratsionalizm mezonlari b-n birga sentimentalizm xususiyatlari o’zaro tutashgan. Keng qamrovli musiqiy-badiiy obrazlar dunyosida jo’shqinlik va chuqur ehtiros, iroda va matonat, ayni paytda nafis-lik va mayinlik xususiyatlari keng o’rin olgan. Uning shodlik, xushchaqchaq tuyg’ularga boy, hayotbaxsh ijodida fojia mavzulari, dard-alam kayfiyatlari ham chuqur ifoda topgan. Eng yirik musiqa ustalari o’rtasida M. o’z ijodining serqatlamligi va kengligi b-n ajralib turadi. Motsart deyarli barcha musiqa janrlariga murojaat etib, 600 ga yaqin asar yaratgan, musiqa tarixida go’zallik va mukammal garmoniya timsoli sifatida o’z nomini qoldirgan. Motsart operaning yangi turlarini yaratgan. «Figaroning uylanishi» opera-komediyasi (1786), «Don Juan» opera-dramasi (1787), «Seholi fleyta» milliy opera-ertagi (1791) va b. (jami 17 ta) jahon musiqali teatri xazinasining durdonalariga aylangan. Bulardan «Zaida» (1780), «Haramdan olib qochish» (1782), «Qo-hira g’ozi» (1783) kabi operalarida Sharq mavzulariga murojaat qilgan. Motsart ijodida simfoniya (50 ga yaqin), cholg’u kontsert (40 ga yaqin), torli kvartet (23 ta), fortepiano sonatasi (21 ta) rivoj topdi. Motsart, shuningdek, turli cholg’u asarlar, kantata, messa, kamer ansambllar, qo’shiklap muallifi. Uning so’nggi asari — «Rekviem» (1791, shogirdi F. Zyusmayer tugallagan) mazkur janrning mumtoz namunasiga aylangan. Zal`tsburgda xalqaro «Motsarteum» (tarkibida ilmiy, o’quv, kontsert bo’limlari mavjud) muassasasi faoliyat ko’rsatmoqda (1880 y.dan).
ASOSIY QISM
M otsart shu darajada kambag’al ediki, u o’zining faqirona, g’arib uyini isitish uchun bir bog’lam o’tin xarid qila olmasdi. Shu bois nomini abadiylashtirgan ilohiy musiqalarni yaratayotib, qo’llariga jun paypoq kiyib o’tirar, shu bilan issiqni saqlamoqchi bo’lardi.
Motsart o’ttiz besh yoshida sil kasali bilan og’rib, vafot etgan. Bu davrga kelib, uning hayotiy quvvati, darmoni tamomila poyoniga yetgan, ochlik, sovuq va hayotning tartibga solinmagan uqubatlari bu odamni adoyi tamom qilgandi.
Motsartning g’aribona dafn etilish marosimi hammasi bo’lib bir funt sterlingga tushgan. Uning oddiy qarag’ay tobutini faqat olti kishi kuzatib borgan, ammo yomg’ir yoqqani bois ular tezda qabristondan ortga qaytganlar.
Bizning dunyoda yangilikning o’zi yo’q.
Muqaddas kitoblarda ham baxtli va baxtdan mosuvo oilalar to’g’risida ma’lumotlarni uchratish mumkin. «Qo’shiqlar qo’shig’i»ning shoh Sulaymonga oid bandida kelin-kuyovning to’ydagi suhbati bag’oyat romantik ruhda ehtiros bilan kuylanadi. «Sening erkalashlaring menga sharobdan afzal!» — deydi kelin. «Sen go’zalsan, sevgilim! — javob beradi kuyov. — Men seni sevaman… suyukligim…»
Yoqub va Rohila o’rtasidagi voqea sevishganlar tarixidagi eng ta’sirchan lavhadir. Ibrohimning nabirasi Yoqub ota-onasi bilan yashardi. Uylanish vaqti yetgach, onasi uni o’zining yurtiga kelin tanlash uchun yuboradi. Yoqub u yerda Rohilani uchratib, sevib qoladi. Odatga ko’ra, Yoqub qizning otasi qo’lida yetti yil ishlashi, shundan keyin u qizini berishga rozilik bildirardi. Ammo nikoh kechasi ota kuyovni aldaydi: Yoqubni Rohilaga emas, boshqa xunuk qiziga uylantiradi. Yoqub uning qo’lida yana yetti yil ishlaydi. U sevgilisiga yetishishni orzu qiladi, xizmat qilgan yillari ham xuddi bir kunday o’tib ketadi. Yoqubning muhabbati shu qadar kuchli edi.
Sizning mehr-muhabbatingiz-chi? Foydasiz tanqiddan tiyilish uchun yetmaydimi u? Esingizda bo’lsin, siz tanqid qilishdan faqat yutqazasiz, xolos. Tanqid yordamida ahvolni og’irlashtirish mumkin. Shusiz ham vaziyat murakkablashgandir, ehtimol.
Motsart haqida yozilgan barcha tarjimai hollarda uning uylanishi hayotini yakunlagan, deb hisoblaydilar. Masalan, Karl Kobal`d qayd etishicha, «Motsartning uylanishi og’ir hayot yo’liga kirishining muqaddimasi bo’lgandi. Qashshoqlik bilan tinka-madorni quritadigan kurash boshlandi. Bu yashab qolish uchun boy berilgan kundalik kurash edi».
Uning ikki o’g’li bor edi. Xotini Konstantsa er-xotinlik davrida olti marta homiladorlik va ko’z yorishni boshdan o’tkazgan. To’ng’ich farzandi bir necha oylik bo’lgach, o’ldi. Keyingi yili ikkinchi o’g’il Tomas tug’ildi. Oila bir haftalik chaqaloq bilan Shulershtrassga, shinam uyga joylashdi. «Figaroning uylanishi» operasi o’sha go’shada yozilgan. Motsart va Konstantsa uchun Venada o’tkazilgan to’rt yil eng baxtiyor lahzalar edi. Keyinchalik dunyoga kelgan ikki qizaloq ham go’dakligida nobud bo’ldi (birining oltita nomi bo’lib, cho’qintirgan otasi juda ko’p bo’lsa-da, bu yordam bera olmadi). 1786 yilda dunyoga kelgan o’g’il ham tug’ilganidan bir oy o’tgach o’lgan.
Eng kichik farzand Frants Ksaver Vol`fgang 1791 yilning iyun` oyida dunyoga keldi. Noyabr` oyida esa Motsart hayotdan ko’z yumdi. Aka-uka Frants va Karl (ular o’rtasidagi farq yetti yil bo’lgan) naslni davom ettirishlari kerak edi. Ammo Milanda yashagan to’ng’ichi ham, hamma vaqt Pol`shada istiqomat qilgan musiqachi bo’lmish kichigi ham zurriyot qoldirmadi.
To’qqiz yilda olti marta tug’ish — ayol chekiga tushgan og’ir mashaqqat. O’lgan to’rt nafar bola va chilparchin bo’lgan orzu-umidlarni aytmaysizmi?
Aftidan, Konstantsa erini kun bo’yi tanqid qilishga to’la haqli edi. Ayniqsa, Motsartning so’nggi kunlari nihoyatda mashaqqatli kechgan. Konstantsa xasta va og’ir mehnat tufayli butunlay holdan toygan erini ishdan chalg’itishga uringan, hatto «Rekviem» (cherkov uchun motam kuyi)ni yashirgan.
U havo ochiq kunlarda, Motsartni Prater parkiga olib borib, sayr qildirardi. Nima bo’lganda ham Konstantsa erini hushdan ketib qolguncha ishlatmaslikka urinardi. U singlisi Sofini bolalariga hamda ro’zg’origa qarashga ko’maklashish uchun kelishini so’radi. 20 noyabr` kuni Vol`fgang omma oldida oxirgi marta chiqish qilib, so’ng yotib qoldi.
Umri nihoyasiga yetayotgan bir vaqtda yana ko’chishga to’g’ri keldi. Ular «Figaroning to’yi» operasi yozilgan shinam uyni tark etishadi. Sababi oddiy: mablag’ yetishmasdi. Endi ular Venaning bir chekkasiga joylashadilar.
Eng qayg’uli voqealardan birida aytilishicha, ularning familiyasi yozilgan kumush anjom garovxonadan joy oldi. Bir kuni esa o’tin xarid qilishga pul topilmadi. Shunda isinib olish uchun… raqsga tushdilar.
E’tibor bering, er-xotin bir-birlarini tanqid qilishmadi, balki raqsga tushishdi. Vaholanki, ular bir-birlarini ayblashlari, bu haqorat darajasiga yetishi ham mumkin edi.
Motsart daho bo’lgan. Bunga hech kim shak-shubha bildirmaydi. Ammo er-xotindan faqat bittasi daho bo’lsa, oilaviy hayotni baxtli qila oladimi?
Konstantsa oilani eplay olmaydigan erkakka turmushga chiqqani turgan gap. Uning eri favqulodda iqtidorli va haddan ziyod mehnatsevar kishi bo’lgan, albatta. Motsartning nomi ma’lum doiralarda xitob bilan tilga olinar, ammo o’zi hayot kechirish uchun pul ishlab topishdan ancha yiroq kishi edi. Konstantsaning Vol`fgang bilan kechirgan har bir kuni, bu — mashaqqatlar, qiyinchiliklar, kasallik, homiladorlik, erining ish bilan haddan ziyod mashg’ul bo’lgani hamda oilaning og’ir moddiy ahvolidan iborat edi. Bu turli serhimmat kishilarga tobe bo’lishni ham o’z ichiga olardi. Kichik shahardagi turli g’iybatlarni aytmaysizmi, ko’hna Venani-ku asti qo’yavering! Bunday sharoitga chidash uchun benihoya kuchli sabr-toqatga ega bo’lish kerak edi.
5 dekabrda umri tugayozgan musiqachi uchun shifokor chaqirishdi, ammo u haddan ziyod kechikib keldi. Jon berayotgan Motsartning yonida chuqur qayg’uga botgan umidsiz ikki ayol — Konstantsa hamda uning singlisi Sofi turardi.
Konstantsaning o’sha oqshomdagi ahvoli to’g’risida hikoya qilishlaricha, u cho’kkalab, yordam so’rab, Xudoga iltijo qilgan. Yana bir gap: Konstantsa jonsiz erining yoniga cho’zilib, uning izidan ketmoqchi bo’lgan.
Yevropa mumtoz musiqasining – opera, oratoriya, balet, simfoniya, uvertyura, sonata kabi ko’p ovozli janrlarga hos ilk namunalari o’rta asrlarda asarlar yaratishning qoidalari ham o’sha davrlardan shakllanib, bugungi kunda yuksak rivojlanish cho’qqisiga ko’tarilgan.
Opera – XVI asrning oxirida Italiyada paydo bo’lib, uning tarixiy – qahramonlik, tarixiy – romantic, yopiq, afsonaviy, lirik, dramatic, hajviy mavzularda yozilgan turlari mavjud bo’lib, mumtoz na’munaviy turlari J. Verdi, X. Glyuk, V. Motsart kabi Yevropa kompozitorlari tomonidan yaratilgan.
Chet el kompozitorlari ichida dunyoga yoshligidan mashxur bo’lgan kompozitor Avstraliyalik Volfgang Amadey Motsartdir. U 1756 yil 27 yanvarda Avstriyaning kichik bir shaxarchasida Zalsburgda saroy kompozitori va organchisi Leopold Motsart oilasida dunyoga kelgan. Motsartning musiqaga bo’lgan qobilyati 3 yoshidan boshlab yaqqol sezila boshlagan. U klavesinda soatlab shug’ullanar, opasi 8 yoshli Annaning cholgan kuylarini bir eshitishda hatosiz aynan qaytarib chalib bera olar edi.

Otasi Leopold o’g’lining musiqiy qobilyatiga tan beradi va Anna bilan bir qatorda Volfgang bilan ham astoydil shug’ullana boshladi. Volfgang Motsart 6 yoshida klavesinda yaxshi chala oladigan darajaga erishadi va birinchi asarini, kichik hajmdagi pyesalarini yoza boshlaydi.


Yetti yoshga kirganda Motsart opasi, 12 yoshli Anna bilan birgalikda Fransiya qirolining rezidensiyasi – Varsal saroyida konsert berishadi. Bolalar dastlab to’rt kun uchun mo’ljallangan bir nechta murakkab asarlarni chalib, hammani hayratga solishadi. Keyin Volfgang Motsart skripkasini olib bir qancha asarlarni nihoyatda toza va katta mahorat bilan chalib beradi. Opasi Anna unga klovesinda jo’r bo’ladi. Saroyga to’plangan mehmonlar Volfgang bilan qiziqib qolishadi. U birinchi marta ko’rayotgan notanish asarlarni notaga qarab to’xtamasdan, qiyomiga yetkazib chalib etadi. Berilgan muiqa bo’lagini ham xilma – xil bezaklar qo’shib turlicha chalib beradi. Mehmonlar chalgan musiqa bo’lagini xech qiynalmasdan ko’zi bog’liq holda chaladi.
Uning nomi boshqa shaxarlarda ham yoyiladi. U bir necha davomida Vena, Parij, London, Gana, Bryussel, Jeneva kabi bir qancha shaxarlarda konsert qo’ydi.
Otasi Leopold o’g’li Volfgangga musiqa yozish sirlarini, kompozitsiyani mukammal o’rgatib bordi. Natijada 8 yoshli Motsartning birinchi kitobi Parijda bosilib chiqdi. Motsart 12 yoshida o’zining birinchi operasini yaratdi.
Volfgangning otasi Leopold Motsart bolalarining xar tomonlama keng bilim olishiga sharoit yaratib berdi. Yosh Motsart chet tillari, tarix, geografiya, arifmetika va boshqa fanlardan ham yetarlicha bilim oldi. U Parijda, Londonda opera teatrlariga va simfonik orkestr konsertlariga tez – tez borib turadi.
Volfgang Motsartning Italiyaga otasi bilan qilgan safari uning hayotida o’chmas iz qoldirdi. Italiya shaxarlarining boy arxitekrurasi, dilbar tabiati, muzey va teatrlari yosh Motsartni yanada ilxomlantirib yubordi.
Bir necha oy davomida Motsart Italiyadagi eng yetuk musiqa nazoratchisi Padre Martinidan kompazitorlik sirini o’rgandi. O’qish oxirida 14 yoshli Motsart sinovlardan oily darajada o’tib, Boloniya Musiqa Akademiyasining faxriy a’zosi diplomini olishga muyassar bo’ldi.
Yangi taassurot va yangi ilxomlar bilan u juda ko’plab musiqa asarlarini yaratadi. “Sexrli fleyta”, “Figaroning uylanishi” operalari, qator – qator simfoniyasi, fortepiano uchun yozilgan sanatalar, konsertlar va xor uchun qo’shiqlar uning ijodiy maxsuli bo’ldi.
Motsartni mo’jizali bola deb atashar edi. Hayotini oxirida Venada yashadi. Bu yillar bastakorning yetuk ijodiy davridir. Bu yerda u turmush qurgan. Eng zo’r asarlarini shu yerda yozgan.
Ular:
“Figaroning uylanishi”
“Don Juan”
“Sexrli fleyta” operalaridir.
Ammo mahalliy aristokratlar hayotining oxirida Volfgang Amadey Motsartning buyuk iste’dodini yetarlicha qadrlay olishmadi.
Unga xizmatkor, boy va badavlat kishilarning ko’nglini olish uchun xizmat qiluvchi oddiy bir qiziqchi sifatida qarashdi. Motsart esa musiqaga hayotiy zarurati bo’lgan muxim shu deb qaradi.
Motsart hammasi bo’lib 36 yil umr ko’rdi. Ammo shu qisqa davr ichida boy musiqiy me’ros qoldirdi. Butun dunyo kishilari uni buyuk kompozitor sifatida tan olishadi va uning asarlarini sevib tinglashadi.
Motsart buyuk avstriya bastakori Vena klassik maktabining vakilidir. Mtsart hayoti davomida 41 ta simfoniya, 19 ta sonata, 19 ta opera va boshqa asarlar yozgan. Motsart lirik va drammatik janrning asoschisi bo’lgan. Motsart asarlari ichida 40 - simfoniyasi eng taniqli hisoblanadi. 40 – simfoniya 1788 yil Venada yozilgan. Simfoniyaning janri lirik drammatik xarakterda yozilgan.Simfoniyaning g’oyasi lirik tragikdir.
Birinchi qism.
Sonata allegro shaklida sol minor tonaligida yozilgan. Asosiy partiya hayajonli lirik. Janr manbai qo’shiq. Buning intonatsion asosi kichik sekunda pastga va kishik seksta tepaga, asosiy partiya qarama – qarshi. U 2 ta elementdan iborat:
1 – kichik sekunda va kichik seksta intonatsiyasi.
2 – qo’shaloq Dominanta akkordi Dominanta uch tovushligi yechilishi bilan.
Bog’lovchi partiya yordamchi partiyaga mavzuli negizli va tonallik o’tishini qilishi mumkin. Bog’lovchi partiya 3 bo’limdan iborat:

  1. Asosiy partiyani intonatsiyasi asoslangan.

  2. Mavzu.

  3. Dominanta tayyorlanishi.

Yordamchi partiyada si bemol major osoyishta ixcham chiroyli mavzu. Yakuniy partiya bir tomondan asosiy tonallikdan o`tmagani uchun rivojlovga yo`l beradi.
Ikkinchi qism.
Mi bemol – major sonata shaklida yozilgan bosh partiya mavzularida qarama qarshilikka to’la ikkalasi ham sof, tiniq, osoyishta, lirikligi bilan ajralib turadi.
Uchinchi qism. Menuet.
Murakkab uch qisimli shaklda yozilgan sol minor. Menuetda raqsga hos tomoni yo’q. Raqs elementlari esa trioda bor.
To’rtinchi qism. Final.
Sona shaklida sol minorda yozilgan birinchi qism o’xshashliklari juda ko’p. Birinchi tomon bosh partiya va bog’lovchi partiyalar. Ikkinchi tomon yordamchi partiya tabiatdan bir xilda qarama qarshi qo’yilgan.
Ritm jihatdan u sitsiliyaga yaqin turadi. Variatsiyalarning oltitasida ham mavzuli obraz mazmuni tub o’zgarishga uchramaydi.
Buyuk Avstriya bastakori Vena klassik maktabining vakili bo’lgan Volfgang Amadey Motsart 1791 yilda 45 yoshida Venada vafot etdi.
Xulosa
Amadey Motsartning hayot yillari.
Eng ijod san’at hayot tashvishlarining odilona hal etilmagan, siyosatning noto’g’ri yo’nalishida turli asarlar yaratgan ajoyib shaxsning bu dunyodan hech narsani orqalab ketmagani aksincha kelajak avlodga bitmas tuganmas meros qodirgani aniq.
Juda kichkina bolaning ilk yozgan asari yoki she’ri o’zining mehridaryo onasi yoki sevimli o’yinchog’iga bag’ishlanadi lekin “bizning” Motsart juda yosh paytida yozgan operasi kattalarni ham esankiratib qo’ygani meni taajjublantirdi. Asarlaridan “Figaroni uylanishi” nomli operasi menda katta ta’surot qoldirdi. Volfgang Amadey Motsartning inson sifatida ham e’tiborli bo’lgani halqning dardini notaga solganidan anglsh mumkin.

Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish