BUYRUG’I
15.11.2016 yil Tomchi qishlog’i
Ishga qabul qilish to’g’risida.
Allayeva Xosiyat Pirimqulovna: Shtatlar jadvaliga muvofiq 15.11.2016 yildan boshlab vaqtincha maktabga o’t yoquvchi etib ishga qabul qilinsin.
Asos: 15.11.2016 yildagi ____ sonli mehnat shartnomasi va xodimning arizasi.
Maktab direktori: G’.Abdulazizov
Uzun tumanidagi 39-u mumiy o’rta ta’lim maktabi maxsus komissiyasining __________ sonli yig’ilish
BAYoNI
Qatnashdilar: Maxsus komissiya raisi: N.Toshquvatov
Kotibi: M.Xo’jamurodova
A’zolari: X.Rasulov
N.Xolmo’minov
A.Devonaqulov
E.Rasulov
A.Rajabov
KUN TARTIBIDA:
39-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Anora Toshquvvatova, kimyo fani o’qituvchisi Abraev Mirjalol, jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi Dilshoda Allaberdievaga moddiy rag’bat va maktab mehnat fani o’qituvchisi X.Rasulovga moddiy yordam berish to’g’risida
EShITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maxsus komissiya kotibi M.Xo’jamurodova so’zga chiqidi va u o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-noyabrdagi Xalq ta’limi xodimlarini mehnatiga haq to’lash tizimini takomillashtirish va moddiy rag’batlantirishni kuchaytirish chora tadbirlari to’g’risidagi PQ -227-sonli qarori xamda Respublika Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 25-dekabrdagi 275-sonli qarori asosida tashkil etilgan direktor jamg’armasi mehnat faoliyatida alohida o’rnak ko’rsatgan ta’lim tarbiya jarayonida katta hissa qo’shgan o’z kasbiga sodiq fidoi yuqori kasb darajasini namoyon etgan iqtidorli pedagog xodimlarni moddiy rag’batlantirish va zarur xollarda moddiy yordam ko’rstaishga qaratilganini aytib o’tdi. Manashu qarorlardan kelib chiqib maktabimiz matematika fani o’qituvchisi Toshquvvatova Anora eng yaxshi dars ishlanma ko’rik tanlovida 2-o’rinni egallagani, kimyo fani o’qituvchisi Abrayev Mirjalol fan oyligida eng yaxshi dars ishlanma uchun 2-o’rinni, Ollaberdiyeva Dilshoda jismoniy tarbiya fan oyligida 2-o’rinni egallaganligi va Rasulov Xudoyqulning farzandining kasalligi uchun direktor jamg’armaisdan moddiy rag’bat va moddiy yordam berish taklifini qo’ydi.
Ushbu masala yuzasidan yig’ilish a’zolari N.Xolmo’minov, E.Rasulovlar so’zga chiqib o’z fikr muloxazalarini bildirdi va taklifni qo’lladi.
Yuqorida fikr muloxalarga asoslanib maxsus komissiya yig’ilishi
QAROR QILADI:
1. Maktabning matematika fani o’qituvchisi Anora Toshquvvatovaga, kimyo fani o’qituvchisi Abrayev Mirjalolga, jismoniy tarbiya fani o’qiuvchisi Olloberdiyeva Dilshodaga bir ba’zaviy tarif stavka miqdorida moddiy rag’bat va maktabning mehnat fani o’qituvchisi Rasulov Xudoyqulga bir ba’zaviy ta’rif stavka miqdorida moddiy yordam berilsin.
2. Ushbu qaror bajarilishini nazorat qilishini o’z zimmamda qoldiraman
Do'stlaringiz bilan baham: |