II Metodik tahlil - O’quv materiallarini bayon qilish va tushuntirish jarayonida qo’llanilgan usullarning shu materialga mosligi yoki mos emasligini metodik tahlil davomida aniqlanadi.
Metodik tahlil jarayonida to’garak rahbari mashg’ulot materialini to’garak a’zolariga qanday uslubda etkaza olish malakasi o’rganiladi. Metodik jihatdan tahlil etishda quyidagi mezonlardan foydalanish mumkin:
To’garak mashg’ulotining texnologik xaritasini ishlab chiqqanligi;
O’quv maqsadi va natijalarining to’g’ri belgilanganligi;
To’garak mashg’ulotlari bosqichiga mos ravishda metod tanlanganligi, metod qoidalariga amal qilinganligi;
Metodni amalga oshirishda ta’limning umumiy shakllaridan unumli foydalanishi;
Ta’lim metodi, shakli va ta’lim vositalarining uyg’unlashuviga erishilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |