Uzun tuman 1-son kasb-hunar maktabi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha


To’garaklarning tarbiyaviy ishlarini tashkil etish shakllari



Download 468,92 Kb.
bet5/14
Sana05.08.2021
Hajmi468,92 Kb.
#139176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Копия тўгарак охиргиси

To’garaklarning tarbiyaviy ishlarini tashkil etish shakllari

Tarbiyaviy ishlar mazmuni va unga qo’yiladigan talablar. Shaxs sog’lom va har tomonlama barkamol shakllanishi uchun unda o’qishga intilish hissini takomillashtirish bilan cheklanib bo’lmaydi. Ular ongida kasb – hunar va mehnat ko’nikmalarini hosil qilish, umum madaniy bilimlarni, milliy va umum bashariy qadriyatlarga asoslangan yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini tarbiyalash bilan o’z vatani va xalqiga nisbatan sadoqatni shakllantirish, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo’lish tuyg’usini, huquqiy ongini tarbiyalash lozim. Darsdan tashqari ta’limni urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, Respublika hududlari talablari asosida tashkil etib, uning tarmog’ini kengaytirib, hozirgi zamon talablari darajasida isloh qilish kun tartibida turgan dolzarb masaladir. Hozirgi paytda yangi pedagogik va axborot texnologiyasi qonuniyatlari asosida pedagog olimlarimiz darslardan tashqari ta’limni tashkil etishning turli shakl va metodlarini ishlab chiqish yo’nalishida tegishli tadqiqotlarni olib bormoqdalar. To’garaklar tarbiyaviy ishini rejalashtirishda dastur va uslubiy materiallar, metodik qo’llanmalar, o’quv adabiyotlarini tayyorlashda muhim hujjat bo’lib xizma qiladi. To’garak qatnashchilari ongida yuksak ma’naviy axloqiy fazilatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak. Ularni doimiy ravishda fan va madaniyatning eng so’nggi yutuqlaridan xabardor qilib turish ular ongini ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band qilish muhim o’rin tutadi. To’garak qatnashchilarida mustaqillik tushunchasi shakllangan bo’lishi, ular Davlatimiz ramzlarini, madhiyasini, urf-odatlarimizni bilishi shart. O’quvchilar qaysi to’garakka qatnashishidan qat’iy nazar shu kasb yoki hunar to’g’risida boshlang’ich ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim. Qiziqishiga, xohishiga asoslangan holda darsdan bo’sh vaqtlarida o’quv tarbiya jarayonini to’ldiradi va quyidagi yo’nalishlar bo’yicha to’garak qatnashchilariga talablar qo’yilishi kerak:

1. Vatanga muhabbat, komil inson tarbiyasi.

2. Estetik ta’lim.

Z. Sayyohlik yo’nalishi bo’yicha to’garaklarga qatnashish.

4. Ekologik ta’lim yo’nalishi bo’yicha.

5. Ma’naviy, axloqiyy o’nalish bo’yicha.

6. Huquqiy ta’lim yo’nalishi bo’yicha.

7. Texnik ijodkorlik yo’nalishi bo’yicha.

8. Iqtidorli va iste’dodli yoshlar.

9. Iqtisodiy ta’lim.

Tarbiyaning ush bu turlarini yosh avlodga singdirish uchun avvalo muassasada o’tkaziladigan o’quvchilar his–tuyg’usini shakllantirishga asoslangan turlit adbirlarda, to’garaklar faoliyatida milliy madaniy-tarixiy an’analarga, urf-odatlar va umum bashariy qadriyatlarga tayangan holda amalga oshiriladi.

Bilimga tashnalik ham axloqiy tarbiyaning tarkibiy qismidir. Tarbiyachi, muassasa xodimlari o’quvchi qalbida kitobni sevish, uni o’qish va ardoqlash kabi fazilatlarni doimiy ravishda shakllantiradilar. Darsdan tashqari rejalashtirilayotgan har bir tadbir mazmunida, klub va to’garaklar faoliyatida – Vatanga muhabbat va komil inson tarbiyasi aks etishi lozim. O’quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usini tarbiyalashda yurtimiz madaniyati tarixi, muayyan davrlardagi mavqei, buyuk mutafakkirlarimizning jahon fan va madaniyatis ohasidagi o’rni, mamlakatimizning yorqin istiq boliga ishonch to’g’risida ma’lumot beriladi. Vatanni sevish, uning istiq boli haqida qayg’urish iymon-e’tiqod ramzi ekanligi uqtiriladi. Shu nuqtai nazardan asosiy maqsad – komil insonni tarbiyalash amalga oshiriladi.          O’quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik davlatni tasavvur etib bo’lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga o’quv muassasasilarda asos solinadi. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda huquqiy bilimlar, ijtimoiy hayot me’yorlari va qoidalari to’g’risida keng ma’lumotlar berib boriladi. Huquqiy ta’limning mazmuni mustaqil O’zbekiston davlatining iqtisodiy, ma’naviy, siyosiy-huquqiy manfaatlarini o’zida mujassamlashtirishi kerak.

Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning maqsaddan natijaga erishishda qanday texnologiyalarni tanlashlari ula rixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi natijaga erishishga qaratilgan. Bunda ta’lim oluvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash, film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lishi mumkin. Demak, vazifa bu ta’lim oluvchilar avval bilmaydigan va uddalayolmaydigan bilim va harakatlarni darslarni tinglagandan so’ng bilishi va uddalay olishidir.

Darsdan tashqari mashg’ulotlarda kasb-hunarga yo’llashishlarining keyingi vaqtda ham e’tibor berilayotgan ishlab chiqar ish ilg’orlari bilan uchrashuv, suhbat, bahs, sayohat, ko’rik-musobaqa, mehnat amaliyoti va hokazolarni shakllari mazmuni va tuzilmasi qayta ko’rib chiqilib, zamon ruhiga moslashtirilishi pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. Darsdan tashqari mashg’ulotlar o’quvchilarning fanlardan o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustahkamlaydi, dunyo qarashini shakllantiradi, ularning ijodiy qobiliyatlarini o’stiradi. Tartibli o’tkazilgan mashg’ulotlar o’quvchi-yoshlarning qiziqish va havaslarini oshiradi, ma’naviy, mafkuraviy qarashlarini boyitadi.




Download 468,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish