Uzum va b mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash



Download 55,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana31.12.2021
Hajmi55,76 Kb.
#242223
  1   2
Bog'liq
Vinochilik - Vikipediya



Vinochilik

Vinochilik — uzum va b. mevalar sharbatini turpsiz yoki turpi bilan bijgʻitib vino tayyorlash.

Oʻzbekistonda vino O k, kishmish, Baxtiyoriy, Bihishti, Buvaki, Doroyi, Sultoniy (Jaus), Soyaki,

Toyfi, Husayni, Vassargʻa, Tagobi, Nimrang , Parkent, Kattaqoʻrgʻon kabi mahalliy navlardan;

Bayan shirey, Venger muskata, Oporto, Risling , Rkatsitelli, Sersial, Aleatiko, Kaberne, Pino,

Morastel, Murvedr, Pushti muskat, Saperavi, Tavkveri kabi Yevropa uzum navlardan

tayyorlanadi. OʻzRda 60 dan ziyod xil vino chiqariladi, ulardan koʻpchiligi xalqaro

koʻrgazmalarda medallar bilan taqdirlangan (qarang Vino-arak, sanoati).

Oq vino (musallas), asosan ok uzumdan, shuningdek sharbati rangsiz boʻladigan har xil

tusdagi uzumdan tayyorlanadi. Uzum texnik pishiqlik davrida (uzum tarkibidagi qandning

miqdori maʼlum darajada yetganda) uziladi, maxsus mashinada eziladi, keyin meva pusti

hamda urugʻidagi rang vinoga chiqmasligi uchun ezilgan uzum sharbati tezda presslanib,

turpidan ajratiladi, nasos yordamida chan va b. idishlarga quyilib, 12—24 soat tindiriladi va

achib qolmasligi uchun 1 gl ga 8—15 g hisobidan sulfat kislota qoʻshiladi, keyin bijgʻitish

uchun bochka, temir-beton rezervuar va metall sisternalarga oʻtkazilib, bijgʻitish achitqisidan

2% qoʻshiladi. 18— 25° da 2—3 haftada vino tayyor boʻladi. Tiniq qismi boshqa idishlarga

quyilib, omborlarda saklanadi. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan ovqat ustida ichiladigan oq

vinolar: "Namangan sadafi", "Bayan shirey", "Oqtosh" va b.

Qizil vino (musallas) faqat kizil va qora uzum navlaridan tayyorlanadi. Qizil vino tayyorlashda

uzum sharbati turpi bilan bijgʻitiladi. Bunda meva poʻsti hamda urugʻi tarkibidagi boʻyovchi,

oshlovchi va mineral moddalar erib, vinoga rang kiritadi. Uzum turpi aralash sharbatga 2%

achitqi qoʻshib, 27—30° da 5—6 kun bijgʻitiladi. Keyin vino boshqa idishlarga quyilib,

omborlarda toza yetilguncha saqlanadi. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan ovqat ustida

ichiladigan qizil vinolar: "Sijjak", "Gulbuloq", "Vassargʻa", "Kaberne", "Qora goʻzal" va b.

Kuchli va desert (shirin) va likyor vinolar yetilib pishgan serqand uzum (Buvaki, Aleatiko,

Vassargʻa, Saperavi, Morastel) navlaridan tayyorlanadi. Ularni tayerlashda oq va qizil



musallas vinolarini olish usullari hamda asbob-uskunalaridan foydalaniladi. Bunda ezilib,

meva bandlaridan ajratilgan uzum massasi presslanguncha chanlarda tindirilib, isitiladi va

spirt qoʻshib kuchaytiriladi. Natijada meva poʻsti hamda urugʻi tarkibidagi xushboʻy hid va

rang beradigan moddalar vinoga oʻtadi, vinoga alohida maza kiradi, spirt koʻshilsa vino kuchi

ortadi. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan kuchli va desert (shirin) vinolar: "Farhod", "Portveyn",

"Oʻzbekistan", "Chashma", "Shohrud", "Shirin" va b.

Shampan viiosi eng yaxshi uzum navlaridan, Oʻzbekistonda, asosan, Bayan shirey, Rkatsitelli,

Kaberne va Rislingdan tayyorlanadi. Bularning tar-kibida 17—20% kand, 8—11% kislota bor.

Yangi uzilgan uzum 4 soatdan kechiktirmay ezilib, meva bandlaridan ajratiladi, keyin

presslanib sharbati ajratib olinadi. Sharbat past (10—12°) t-rada 14—16 soat yoki 25—30°da

18—24 soat tindiriladi, rangini tiniq qilish uchun har 1 dal sharbatga 2—3 g bentonit qoʻshiladi.

Tindirilgan sharbat quyqasidan ajratilib, bijgʻitish idishlariga oʻtkaziladi. Bijgʻitishda t-ra 14—

18° boʻlishi kerak. Bijgʻitish tugashi bilan (qandi 0,2% dan ortiq qolmaganda) sharbat boshqa

idishlarga quyiladi. Tayyor vino 10— 15 ming dal dan qilib, shampan zavodiga yuboriladi.

Shampan zavodlarida vino materiallarga qand va bijgʻitish uchun toza achitqi qoʻshib, maxsus

shisha idishlarga quyiladi. Germetik berk shisha idishlarda bijgʻitilgan shampan vinosi

karbonat angidridga toʻyinadi. Shuningdek, shampan vinosi germetik yopiladigan metall

idishlarda, rezervuarlarda ham tayyorlanadi. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan shampan vinolari:

"Oʻzbekiston shampani", "Durdona", "Navroʻz", "Gulshan" va b.

Vinolar belgilangan konditsiyada boʻlishi (raso yetilishi) uchun yana idishdan idish ga quyilib,

quyqasidan ajratiladi, bir turdagi vinolar aralashtiriladi. Bir necha xil vinolar bir-biriga qoʻshilib,

sifatli vino olinadi. Vinoni quyqadan tozalash uchun filtrdan oʻtkaziladi.

Meva va rezavor meva vinosi. Bu vino meva va rezavor meva shirasini spirtli bijgʻitish yoʻli

bilan olinadi. U koʻpincha spirt, qand moddasi, ayrim paytlarda (kislotaliligini oshirish uchun)

ichimlik suv qoʻshib bijgʻitiladi. Meva rezavor meva shirasidan musallas, kuchli, shirin,

xushboʻy, asalli va mevali vinolar tayyorlanadi.

Musallas vinoda qand moddasi deyarli boʻlmaydi, spirti esa 10—13%. Kuchli vino tarkibida 16

—18% spirt, 7—10% qand moddasi boʻladi. Shirin vino tarkibida 16% spirt, 10—16% qand

moddasi boʻladi. Xushboʻy vinoga xushboʻy oʻt va ildiz shiralari, dorivor qoʻshiladi; tarkibida 16

—18% spirt, 8—16% qand moddasi boʻladi.

Asalli vino — meva va rezavor meva shirasiga qoʻshiladigan qandni kamaytirib, uning oʻrniga

asal solib tayyorlanadi. Tayyor boʻlgan vinodan yangi asal hidi kelib turadi. Tarkibida 14— 16%

spirt va 30% gacha qand moddasi boʻladi.

Mevali vino (tarkibida 17% spirt, 7% qand moddasi boʻladi) tayyorlashda, xushboʻy vino

singari, meva va rezavor meva, meva qoqi, uzum va shampan vinolari chiqitlari qoʻshiladi.




Download 55,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish