Uzoq muddatli aktivlarning hisobi



Download 39,99 Kb.
bet2/5
Sana12.06.2022
Hajmi39,99 Kb.
#659561
1   2   3   4   5
Bog'liq
UZOQ MUDDATLI AKTIVLARNING HISOBI

Kurs ishining maqsadi : ushbu kurs ishini yozishdan maqsad uzoq muddatli aktivlarning hisobi haqida keng va atroflicha fikrlar yuritishdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yiladi:
Kurs ishining vazifalari:
- Asosiy vositalarning hisobi
- Nomoddiy aktivlarning hisobi
- Moliyaviy investitsiyalarning hisobi
Kurs ishini tarkibi: kirish qismi ; mavzuning nazariy qismi ; xulosa; foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ;


Asosiy vositalarning hisobi
Asosiy vositalar uzining iqtisodiy tabiatiga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish hamda ma’muriy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida korxonalar faoliyatida uzoq vaqt davomida foydalaniladigan mehnat qurollaridir. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining 5-son «Asosiy vositalar» nomli milliy standartsining 7-bandida asosiy vositalarga korxona faoliyatida uzoq davom etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ko‘proq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida ham, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktiv deb ta’rif berilgan. Agar korxonada asosiy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lajak iqtisodiy nafga ishonch va ularni qiymatini aniq baholash imkoniyati mavjud bo‘lsa, bunday aktivlar asosiy vositalar sifatida tan olinadi.
Binobarin, hisobchilik amaliyotida quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadi:
1. Ulardan mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlar bajarish yoki korxonani boshqarish jarayonlarida foydalanilsa;
2. Korxona faoliyatida bir yildan ortiq muddat xizmat qilib o‘zining tashqi ko‘rinishini saqlab qolsa,
3. Ularni xarid yoki ishga tushirish paytida bir birligini yoki to‘plamini qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lsa,
4. Keyinchalik aktiv sifatida sotilmaslik;
5. Kelgusida korxonaga iqtisodiy naf (daromad) keltirsa.
Asosiy vosita obyektlaridan foydalanish vaqtida daromad oladigan davr ularning foydali xizmat muddati bo‘lib hisoblanadi. Alohida guruhdagi asosiy vositalarning foydali xizmat muddati ulardan foydalanish natijasida olinadigan mahsulotlar, bajaradigan ishlar va xizmatlarning natural miqdori bilan belgilanadi.
Quyidagilar asosiy vositalarni hisobga olishning asosiy me’yoriy hujjatlari bo‘lib hisoblanadi:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonun;
2. O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi;
3. Moliyaviy hisobot shakllarini to‘ldirish bo‘yicha Qoidalar;
4. O‘zbekiston Respublikasining mulkchilik to‘g‘risida Qonuni;
5. Buxgalteriya hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to‘g‘risidagi Nizom;
6.Inventarizattsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom;
7. Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi to‘g‘risida Nizom;
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1999-yil 2- noyabr 833-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan 19-sonli«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish» O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standartsi;
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 06-aprel 1334-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan «Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»;
10. Buxgalteriya hisobining 5-«Asosiy vositalar» nomli milliy standartsi.
Harakatdagi me’yoriy hujjatlarda korxona rahbariga hisobot yilida asosiy vositalar tarkibida hisobga olinadigan buyumlarni qiymatini soha xususiyati va korxona faoliyat ko‘lamini hisobga olib uning eng kam chegarasini belgilash huquqi berilgan.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
1. Maxsus asboblar va moslamalar (yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan, maqsadli yo‘naltirilgan asboblar va moslamalar);
2. Maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
3. Ko‘rpa-to‘shak anjomlari;
4. Yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va boshqalar);
5. Oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
6. Tiklanishi bo‘yicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
7. Kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
8. Ov qurollari (trallar, to‘rlar, qarmoqlar, matraplar va boshqalar).
Korxona mulkiga o‘tkazilgan yer uchastkalari asosiy vositalar tarkibida natura shaklida hisobga olinadi
. Ko‘p yillik ko‘chatlarga, yerni tubdan yaxshilashga va ijaraga olingan asosiy vositalarga yo‘naltirilgan kapital qo‘yilmalar hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishda quyidagilarni hisobga olish zarur: asosiy vositalarni turkumlarga ajratishni; asosiy vositalarni baholash tamoyillarini; asosiy vositalarni hisobga olish birligini; asosiy vositalar harakatini birlamchi hujjatlar bilan o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirishni.
Asosiy vositalarni guruhlashning namunaviy tizimi mavjud bo‘lib, unga ko‘ra ular quyidagi belgilari bo‘yicha guruhlanadi:
1. Tarmoq xususiyatiga ko‘ra;
2. Belgilanishiga ko‘ra;
3. Alohida turlari bo‘yicha;
4. Iqtisodiyot sohalari bo‘yicha
; 5. Kimga tegishligiga ko‘ra;
6. Ishlatilishiga ko‘ra;
7. Amortizatsiyalanishi bo‘yicha.
Tarmoq xususiyatlariga ko‘ra asosiy vositalar: sanoat, qishloq xo‘jaligi, o‘rmon xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, gelogiya va qidiruv, savdo va umumovqatlanish, moddiytexnika ta’minoti, moddiy ishlab chiqarishning boshqa faoliyat turlari, uyjoy-komunal xo‘jaligi va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni saqlash, fizkultura va ijtimoiy ta’minot, madaniyat va sanat, fan va ilmiy xizmat ko‘rsatish, kreditlash va sug‘urta, partiya va jamoat tashkilotlari va boshqa guruhlarga bo‘linadi.
Belgilanishi bo‘yicha asosiy vositalar: asosiy faoliyat ishlab chiqarish asosiy vositalariga, boshqa tarmoqlarning ishlab chiqarish asosiy vositalariga va noishlabchiqar tarmog‘ining asosiy vositalari kabi guruhlarga ajratiladi. Masalan, sanoat korxonalarida-yordamchi qishloq xo‘jaligi (bog‘dorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, bo‘rdoqichilik va boshqa yordamchi qishloq xo‘jaligi), xodimlarni salomatliklarini tiklash muassasalari (kasalxona, poliklinika, prafilaktoriya, sport va madaniyat saroylari va boshqalar), fermer xo‘jaliklarida-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat korxonalari (konserva, kolbassa, vino, murabbo, soklar ishlab chiqadigan sexlar) yordamchi xo‘jaliklar tashkil qilinishi mumkin. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishda va moliyaviy hisobotlarni tuzishda turkumlashning bunday belgilari saqlanib qoladi. Misol, moliyaviy hisobotlarda qishloq xo‘jaligi korxonalari asosiy vositalari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini asosiy vositalari (yer haydash traktorlari, agrotexnik ishlarni amalga oshirish traktorlari, paxta terish va g‘alla o‘rish kombaynlari va boshqalar), sanoat ishlab chiqarishi asosiy vositalari (stanoklar, kuch mashinalari, qurilmalar, uzatmalar va boshqalar) va noishlabchiqarish sohasi asosiy vositalari (sport maydonchalari, klublar va boshqalar) sifatida alohida-alohida ko‘rsatiladi.
Alohida turlari bo‘yicha asosiy vositalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar, ish va kuch mashinalari, jihozlar, o‘lchov asboblari, hisoblash texnikasi va kompyuterlar, transport vositalari, instrumentlar, ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari, ish, mahsuldor va nasl qoldiruvchi hayvonlar, ko‘p yillik bog‘lar, xo‘jalik ichidagi yo‘llar, kutubxona fondlari, o‘rmonlar, daryolar, dengiz va okeanlar.
Iqtisodiyot sohalariga ko‘ra asosiy vositalar ishlabchiqarish va noishlabchiqarish asosiy vositalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish asosiy vositalari ishlab chiqarish texnologik jarayonida bevosita ishtirok etib, mahsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarishga xizmat qiladi. Bunday asosiy vositalarga binolar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashina va jihozlar, transport vositalari, ishchi va mahsuldor mollar, ko‘p yillik bog‘lar va moddiy ishlab chiqarish sohasida mavjud bo‘ladigan boshqa mehnat qurollari kiradi.
Noishlabchiqarish asosiy vositalariga ta’lim, sogliqni saqlash, madaniyat, maorif, xizmat ko‘rsatish, kommunal xizmatlari va noishlabchiqarish sohasining shu kabi boshqa korxonalariga xizmat qiladigan mehnat qurollari kiradi.
Kimga tegishligiga ko‘ra asosiy vositalar: o‘zining asosiy vositalariga va ijaraga olingan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Asosiy vositalarni bunday guruhlash eng avvalo, mulk solig‘i to‘lash va amortizatsiya ajratmalari hisoblash uchun zarur.
Korxonalarda mavjud bo‘lgan asosiy vositalar hammasi birvaqda foydalanilmaydi. Ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz davom etishini ta’minlash uchun har bir korxona omborida ularning ma’lum bir qismi zaxira sifatida saqlab turiladi. Bunday zaxiralar ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganda yoki ular kapital va joriy ta’mirga to‘xta’tilganda zudlik bilan almashtirishda foydalaniladi. Tarmoq va korxona rahbarlari asosiy vositalarning umumiy qiymatidan qanchasi zaxiradagi asosiy vositalar tashkil etishini bilish zaruriyati mavjud. Shuning uchun buxgalteriya hisobida asosiy vositalar ishlatishdagi, zaxiradagi va konservatsiya qilingan kabi guruhlarga bo‘linib hisobga olinadi.
Korxonalar ixtiyoriga foydalanish uchun berilgan yer uchastkalari (neft, gaz, ko‘mir, oltin va boshqa shu kabi qazib olinadigan kon mahsulotlarining yer maydonlari), urmon va suv resurslari asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Ular buxgalteriya hisobida faqat natura shaklida hisobga olinadi. Asosiy vositalarni guruhlash ularning saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatish va asosiy vositalar analitik hisobini olib borish uchun foydalaniladi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoq korxonalari uchun O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligi tomonidan asosiy vositalarni baholashning yagona tizimi o‘rnatilgan. Hozirgi paytda hisob nazariyasi va amaliyotida asosiy vositalarning boshlangich, joriy, qoldiq (balans), tugatish va qoplash qiymatlarini baholashda so‘m pul o‘lchov birligidan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining 5-«Asosiy vositalar» nomli milliy standartsining 17-bandiga muvofiq aktiv deb tan olinadigan asosiy vositalar dastlabki (boshlang‘ich) qiymati bo‘yicha baholanadi.
Asosiy vositalarning boshlangich qiymati, ularni qurish va qurib bitkazish yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda qilingan xarajatlar va foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan (yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish, to‘langan) boshqa xarajatlardan tashkil topadi.

Download 39,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish