Uzoq ezilish sindromi bosqichlari, klinikasi va



Download 238,73 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana29.12.2021
Hajmi238,73 Kb.
#83112
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
UZOQ EZILISH SINDROMI BOSQICHLARI KLINIKASI VA DAVOLASH. O’TKIR ZAHARLANIS

Zaharlanish — zaharli modda organizmga ogʻiz, meʼdaichak, nafas yoʻllari orqali 

kirganda,  teridan  soʻrilganda,  teri  ostiga,  orasiga,  venaga  yuborilganda  roʻy 

beradigan  kasallik  holati.  Organizm  faoliyatining  izdan  chiqishi  bilan  kechadi. 

Z.ning  yuzaga  kelishi  va  kechishi  zaharlovchi  moddaning  organizmga  qaysi  yoʻl 

bilan kirganligiga, uning miqdori (dozasi), fizikkimyoviy holati (gaz, eritma, chang 

va  h.k.),  shuningdek,  organizmning  umumiy  ahvoli  va  tashqi  muhit  omillariga 

bogʻliq, Odamlarda Z.ning oʻtkir va surunkali xili farq qilinadi. Oʻtkir 3. tasodifiy 

va qasddan boʻlishi mumkin, ular zaharli moddaning organizmga bir marta kuchli 

taʼsiri  tufayli  yuzaga  kelib,  hayotiy  muhim  funksiyalarning  izdan  chiqishi  bilan 

kechadi.  Surunkali  3.  zaharli  moddaning  organizmga  uzoq  vaqt  ozozdan  taʼsir 

etishi  oqibatida  roʻy  beradi;  dorilardan  boʻladigan,  shuningdek,  kasbkorga 

aloqador  Z.lar  kuzatiladi.  Turmushda  3.  kundalik  hayotda  uchrab  turadi.  Maye, 

pechka  yoqish  va  gaz  plitalaridan  foydalanish  qoidalariga  rioya  qilinmaganda  is 

yoki  yoritish  gazidan  3.;  aynigan  ovqat  isteʼmol  qilinganda  3.  (qarang 

Ovqatdan 

zaharlanish

);  alkogoldan  3.;  dezinseksiya,  deratizatsiya  va  b.  maqsadlar  uchun 

ishlatiladigan  ximikatlardan  3.  Dorilardan  3.  ular  dozalanganda,  yanglish 

ishlatilganda,  notoʻgʻri  tayyorlanganda  kelib  chiqadi.  Odamning  nechogʻli  qattiq 

zaharlanishi  shu  doriga  organizmning  qanchalik  sezgirligiga  ham  bogʻliq 

(qarang 

Idiosinkraziya

).  Kasbga  aloqador  3.  baʼzi  korxonalarda  xavfsizlik 

texnikasi  kridalari  buzilib,  qoʻrgʻoshin,  simob,  mis,  mishyak  birikmalaridan 

zaharlanganda  roʻy  berishi  mumkin.  Tasodifiy  va  qasddan  (mas,  oʻzini  yoki 



birovni  oʻldirish  maqsadida)  zaharlanish  ham  ajratiladi.  Kuchli  taʼsir  etadigan 

moddalar  va  dorilar  notoʻgʻri  saklanganda  koʻpincha  bolalar  zaharlanib  qoladi. 

Shuning  uchun  zaharli  dorilar  bolalar  boʻyi  yetmaydigan  joyda  sakdanish  kerak. 

Kislota  va  ishqorlardan  Z.da  badanda  qatgiq  ogʻriq  seziladi,  lab  va  ogʻiz  shilliq 

pardasi  kuyadi.  Suv  yutganda,  toʻsh  orqasi  va  osti  ogʻriydi;  odam  qon  aralash 

qusadi.  Ovqatdan  zaharlangan  kishi  qornida  ogʻriq  sezadi,  qusadi,  ichi  ketadi, 

boshi  ogʻriydi,  boshi  aylanadi,  darmoni  quriydi,  qattiq  zaharlangan  boʻlsa, 

hushidan  ketadi,  oʻlib  qolishi  ham  mumkin.  Alkogol  dan  Z.da  mastlik,  avval 

qoʻzgʻalish,  yuz  kizarishi,  alkogol  hidi  anqib  turishi,  soʻngra  alahlash,  yuzning 

boʻzarishi,  behushlik  qayd  qilinadi.  Narkotik  vauxlatuvchi  doril  ar  (morfin, 

barbital,  fenobarbital  va  h.k.)dan  Z.da  mudrash,  bosh  aylanishi,  quloq 

shangʻillashi,  qusish,  tomir  urishining  sust  va  zaif  boʻlishi,  tirishish  kuzatiladi. 

Is 

gazi


 [uglerod  (P)oksid]  va  yoritish  gazidan  zaharlanish  shu  gazlarning  nafas 

yoʻllari orqali kirishidan boʻladi. Belgilari; bosh ogʻriydi, quloq shangʻillaydi, bosh 

aylanadi,  bemorning darmoni quriydi,  halloslaydi; pulsi susayadi, koʻngli ayniydi 

va  qusadi;  qattiq  zaharlanganda  tipirchilaydi,  hushidan  ketadi,  oʻlib  qolishi  ham 

mumkin. 3. alomatlari xilmaxil boʻlib, u jigar, buyrak, qon, markaziy va periferik 

nerv  sistemasining  qay  daraja  zararlanganiga  bogʻliq.  Davo  Z.ga  sabab  boʻlgan 

zaharli  moddani  iloji  boricha  organizmdan  tezroq  chiqarish  choralarini  koʻrish, 

zaharli  moddaning  zaharini  kesuvchi  ziddizaharlardan  foydalanish,  zaharlangan 

aʼzolar  faoliyatini  tiklashdan  iborat.  Birinchi  yordam:  Z.ga  gumon  tugʻilganda 

darhol vrach chaqirish yoki bemorni yaqin oradagi kasalxonaga olib borish kerak. 

Kislotalar  (sirka  essensiyasi,  xlorid  kislota  va  h.k.)dan  zaharlanganda  kuydirilgan 

magneziya  bilan  suv  yoki  suvning  oʻzini  koʻp  ichirib,  qustiriladi.  Bemor  behush 

yoki  kollaps  holatida  boʻlsa,  qustirish  yaramaydi.  Ishqorlar  (novshadil  spirti)dan 

zaharlanganda  3%  sirka  (1  stakan  suvga  1  choy  qoshiq)  qoʻshilgan  limonli  suv 

ichirib qustiriladi. Soʻngra bir boʻlak muz yuttirib, sovuq qaymoq yoki sutni choy 

qoshiqlab ichiriladi, xom tuxum, bir boʻlak sariyogʻ yuttiriladi; toʻsh ostiga  muzli 

xalta,  qoʻloyoqqa  grelka  qoʻyiladi.  Ovqatdan  zaharlanganda  meʼda  yuvilgandan 

keyin  qorin  va  qoʻloyoqqa  grelka  qoʻyiladi.  Koʻplab  issiq  ichimlik,  quyuq  kofe 




ichiriladi.  Alkogoldan  zaharlangan  kishiga  ehtiyotkorlik  bilan  novshadil  spirta 

hidla tiladi, meʼdasini yuvgach, surgi beriladi, soʻngra bir stakan suvga novshadil 

spirtidan 3—5 tomchi qoʻshib ichiriladi. Boshiga muzli xalta qoʻyiladi. Koʻp choy 

yoki  quyuq  kofe  ichiriladi.  Narkotik  va  uxlatuvchi  dorilardan  zaharlanganda 

meʼdani yuvgach, bemorni bir oz yurgizish, ustidan sovuk, suv quyib, keyin issiq 

suvga  tushirish,  badanini  issiq  tutish,  ishqalash,  nafas  toʻxtab  qolganda  sunʼiy 

nafas  oldirish  kerak.  Is  gazi  va  yoritish  gazidan  zaharlanganda  sof  havoga  olib 

chiqib, novshadil spirti hidlatish, sunʼiy nafas oldirish, badanini ishqalash, achchiq 

choy,  quyuq  kofe  ichirish  kerak.  Hayvonlar  zaharli  oʻt,  buzilgan  yemxashak 

yeganda,  ogʻziga  zaharli  moddalar  tushganda  va  zaharli  gaz  bilan  nafas  olganda 

zaharlanadi.  Zaharlangan  hayvon  boʻshashadi,  soʻlagi  oqadi,  ichi  ketadi,  nerv 

sistemasining  faoliyati  buziladi.  Birinchi  yordam:  meʼdasi  yuviladi,  goʻshtxoʻr 

hayvon  va  choʻchqalarga  qustiruvchi  dori  beriladi,  surgi  ichiriladi.  Hazm  yoʻlida 

zaharning soʻrilishini sekinlatish uchun adsorbsiyalovchi dorilar beriladi. 

Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi: 

a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan); 

b) ishlab chiqarishdagi; 

v) bolalardagi; 

g) tibbiy; 

d) biologik; 

e) ovqatdan. 

Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi: 

1) ingalyatsion (tutun holida); 

2) teri orqali; 

3) ichak orqali; 

4) parenteral (ko‘pincha tibbiy). 

Oziq-ovqat  moddalari  bilan  zaharlanganda  oshqozonni  zond  orqali  18–20ºC 

haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml bo‘lishi kerak) yuvish 

lozim. 



Ilon  chaqqanda,  teri  ostiga  yoki  muskul  orasiga  toksik  modda  tushganda  6–8 

soatga  o‘sha  joyga  sovuq  qo‘yiladi,  0,3  mg  0,1  %  li  adrenalin  eritmasi,  ilon 

chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain blokadasi qilinadi. 

Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib chiqib, nafas olish 

yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim. 

Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak. 

Toksik  modda to‘g‘ri  ichakka, qinga, siydik  pufagiga 

yuborilganda  ularni  klizma

sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim. 



Toksik  moddani  qon  aylanish  sistemasidan  chiqarish  uchun  siydik  haydovchi 

vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi. 

 


Download 238,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish