Uzluksiz ta`lim tizimida xorijiy tillarni o`qitishning masofaviy ta`lim tizimidan samarali foydalanish.
Mamlakatimizda ta`lim tizimini rivojlantirish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ustuvor yo`nalishlaridan biridir. Xususan, chet tillarini o`rganish tizimi samaradorligini oshirish va ushbu tizimga ilg`or texnologiyalarni joriy etishga alohida e`tibor qaratilmoqda. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda chet tillarini o’rganish, ko’p tillilik ulkan ahamiyatga egadir. Bugun iqtidorli yoshlarimizning ko’pchiligi uch til egasidir. Ushbu tillar ta’lim nazariyasida maxsus nomlar bilan yuritiladi. Ona tili, ikkinchi til, va chet til. Hozirgi kun sharoitida chet til ta`limini yangi zamonaviy axborot texnalogiyalari yordamida o`rganish va o’rgatish, xususan, masofaviy ta`limning uzluksiz ta`lim tizimida qanchalik samarali yo`l ekanligi ilmiy asoslab berilgan.Masofaviy ta`limdan oqilona foydalanish ikki tomon uchun (o`rgatuvchi va o`rganuvchi) ham birdek qulay va samaralidir. Masofaviy ta`lim haqida gapirar ekanmiz “Masofaviy ta`lim” o`zi nima degan savol tug`ilishi tabiiy. Masofaviy ta’lim – bu o‘quv materialining yetkazib berilishida, mustaqil o‘rganishida, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida muloqot almashinuvida qo‘llaniladigan, an’anaviy va yangi axborot texnologiyalarni hamda ularning texnik vositalarini keng qamrovda ishlatilishidagi ta’limning sintetik, integral, ijtimoiy shaklidir.Masofaviy ta`lim o`qitishning yangi shakli bo`lib,u boshqa o`qitish shakllaridan uning asosini tashkil etgan zamonaviy kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalari, bilimlarni uzatish va tinglovchilarni turli xil o`quv axborotlari bilan ta`minlashning samarali olib borilishi bilan farqlanadi.CD-ROM disklar, elektron darsliklar, multimediali gepermatnlar,videokonfereyensiyalar masofaviy ta`limning asosiy birliklari hisoblanadi.O`z tajribalarimga suyangan holda shuni aytishim mumkinki, masofaviy ta`lim tizimida chet tilini o`qitishda eng samarali va oson yo`l o`zida turli xil audiolar, rasmlar,dekaratsiyalarni mujassamlashtirgan videoroliklardan foydalanishdir . Avvallari ko`plab o`rganuvchilar uchun masofa va vaqt biroz muammo edi.Lekin masofaviy ta`lim yaratilib, keng ommaga taklif etilgandan keyin bu muammolar o`z yechimini topdi. Endilikda yoshlarimiz qayerda va qanday sharoitda bo`lmasinlar oson va qulay usulda ta`lim olishlari mumkin.Ta`limda bu xildagi zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining turli o`quv fanlari o`qituvchilari tomonidan q`ollanolayotgani, ta`limni samaradorligini oshirishda,uni intensivlashtirishda muhim tamoyil sanaladi hamda pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkiliy- metodik ta`minotini yengillashtiradi.Shuningdek, masofaviy ta`lim tizimida o`rganuvchilarni egallab kelayotgan bilim va salohiyatlarini turli xildagi kompyuter testlari orqali va monitoring qilish orqali tekshirib boriladi.
Masofaviy ta`lim texnologiyalarini quyidagi uch toifaga bo`lishimiz mumkin:
Nashr materiallari;
Ta`limning kompyuter vositalari(elektron darsliklar,kompyuter testlar va bilimlarni nazorat qilish,multimedianing yangi vositalari);
Videokonferensiyalar-audio va video kanallar,kompyuter tarmog`i bo`yicha telekommunikatsiya texnologiyalari vositalari.
Telikommunikatsiya va kompyuter tarmog`i orqali videomuloqatlarning tashkil etilishi, ularning masofaviy ta`lim sifatida shakllanayotgani o`qitish tizimining yangi metodik va texnik ta`minotini amalga oshirish imkonini yaratmoqda.Sifatli videoaloqalar kompyuter yordamida videoseminar va videokonferensiyalar tashkil etishning eng ishonchli vositalaridan hisoblanadi.Bunday vositalar yordamida o`qituvchi-pedagog bir vaqtning o`zida bir necha o`nlab o`quvchilar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`ladi.Bunda tinglovchilarning ovoz va videotasvirlar orqali muloqot qilishlaridan tashqari, tinglovchi bilan pedagogning hamkorlikda kompyuter monitoridagi tasvirlarini boshqarish imkoniyatlari vujudga keladi.
Masofaviy ta`lim quyidagi metodlarga tayangan holda olib boriladi:
Tinglovchilarning masofaviy ta`lim resurslari va vositalari asosida o`qitish metodi;
Individuallashtirilgan o`qitish metodi;
Tinglovchi tomonidan o`qituvchi yoki ekspertga taqdim etiladigan o`quv materiallarini o`zlashtirishga asoslangan metod (muloqot jarayonida tinglovchi faol ishtirok etadi);
O`quv jarayoni barcha ishtirokchilarining o`zaro faol ta`sirlashuvi asosida tashkil etilgan metod.
Bu metodlar ichida birinchi metod xarakterli bo`lib,bu metodda biz multimediali yondashgan holda,turli o`quv vositalari yordamida nashr, audio-videomateriallarga asoslangan ta`lim resurslarini yaratib, kompyuter tarmoqlari orqali bir qator o`quv materiallarini yetkazishimiz mumkin. Masofaviy ta`limda o`quv materiallarining mazmun va murakkablik darajasiga ko`ra tinglovchi darajasiga mosligi tamoyili tinglovchilarning rejalashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni aqliy hamda jismoniy jihatdan ortiqcha yuklanishsiz egallashlarini ta`minlaydi. Tinglovchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili masofaviy ta`limni tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etib, tinglovchilar uchun quyidagi afzalliklarni yaratadi:
Yashash joyidan turib, o`qish imkoniyati;
O`qish va ishni birga olib borish imkoniyati;
Sifatli texnologiyalari va o`quv mazmunini tashkil etish imkoniyati;
Baxolashning xolisligi;
Ta`limda individual yondashuv.
Hozirgi zamon talabiga to‘liq javob beradigan mutaxassisni tayyorlash bu – davr talabidir. Masofadan turib o`qitish esa hozirgi kundagi eng istiqbolli ta’lim turlaridan biri hisoblanadi . Shuni hisobga olgan holda uzluksiz ta`limning har bir bosqichida har tomonlama malakali va tajribali kadrlarni tayyorlash maqsadida masofaviy ta`limning turli xil vositalaridan foydalanib kelinmoqda.O`ylashimcha,ta`limning bu turi o`z samarasini bermoqda.
Adabiyotlar:
1.Karimov I. A. O`zbekistonning o`z istiqbol va taraqqiyot yo`li.-T.: O`zbekiston, 1992.
2.Karimov I. A.O`zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura.-T.:O`zbekiston, 1993.
3.Karimov I. A. Barkamol avlod orzusi.-T.: O`zbekiston, 1998.
4.”Yoshlar yili” davlat dasturi. 2008.
Do'stlaringiz bilan baham: |