2.2 DTS, o’quv reja, o’quv dasturi va darslik ta’lim mazmunini o’zida aks ettiruvchi asosiy o’quv-me’yoriy hujjatlar sifatida.
Davlat ta’lim standartlari, o’quv reja, o’quv dasturlari,
darslik va o’quv qo’llanmalarning tarkibiy tuzilishlari
Darsning rejasi:
1. Davlat ta’lim standartlari, o’quv reja, o’quv dasturlarining mohiyati va mazmuni.
2. Milliy g’oya fani mazmuniga qo’yiladigan talablar va uni yoshlar ongiga singdirish.
3. Milliy g’oya fanini o’qitishning pedagogik muammolari
Darslik va o’quv qo’llanmalarning tarkibiy tuzilishlari
Davlat ta’lim standarti (DTS)-o’quvchi –talabalar umumta’lim tayyorgarligiga, saviyasiga qo’yiladigan majburiy minimal darajani, ta’lim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilovchi xujjatdir. Davlat ta’lim standarti o’z mohiyatiga ko’ra o’quv dasturlari, darsliklar, qo’llanmalar, nizomlar va boshqa me’yoriy xujjatlarni yaratish uchun asos bo’ladi
Davlat ta’lim standartini bajarish O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatuvchi barcha ta’lim muasasalari uchun majburiydir.
O’quv rejasi (tayanch va ishchi) –ma’lum bir yo’nalishda mutaxassis tayyorlashni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatdir. U davlat ta’lim standartining tarkibiy qismi bo’lib ta’lim muassasasi moliyaviy ta’minotini belgilashga asos bo’ladi.
O’quv dasturi-ma’lum bir fan bo’yicha qanday mavzularni o’rganishni belgilovchi me’yoriy xujjatdir. U DTSning tarkibiy qismi. Namunaviy va ishchi dasturga bo’linadi. Ishchi dastur har yili yangilanadi va qo’shimchalar bilan boyitib boriladi.
Demak, bu me’yoriy xujjatlar milliy g’oya va mafkurani o’quvchi talabalar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Milliy g`oya fanining asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot va jahonshumul mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy g‘oya va mafkurani o‘quvchilar qalbi va ongiga singdirish orqali ularda e’tiqod, dunyoqarash, tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat. «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» fanining asosiy maqsadlaridan biri Prezident Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan bosh g‘oya, yurtimizda ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishga xizmat qiladigan yaxlit va izchil ta’limotni yoshlarimiz qalbi va ongiga singdirishdan iboratdir.
Mazkur fan milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillari, uning tarixiy negizlari, ilmiy, falsafiy, dunyoviy ildizlari, o‘ziga xos namoyon bo‘lish qonuniyatlari va xususiyatlari to‘g‘risida bilim beradi.
“Milliy istiqlol g‘oyasi” fanining ta’limiy-tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchi yoshlarni milliy istiqlol g‘oyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar bilan qurollantirish, yoshlarda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantirish hamda g‘oyaviy tarbiyani amalga oshirishdir.
"Milliy istiqlol g‘oyasi" fani o‘z oldiga bir qator vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu quyidagilardan iborat:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, yoshlarning dunyoqarashini boyitish va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;
milliy istiqlol g‘oyalariga oid tushunchalar to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligini ta’minlash asosida ta’lim-tarbiya berish;
Vatan va uning buyuk kelajagi oldida mas’uliyat, burch mohiyatini yoshlarga teranroq anglatish;
mustaqillikning qadr-qimmatini, uning tarixiy ahamiyatini o‘quvchilar ongiga etkazib, ularning hayotiy faoliyatida namoyon bo‘lishiga erishish.
"Milliy istiqlol g‘oyasi" fani o‘z oldiga bir qator vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.
Bu quyidagilardan iborat:
umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, yoshlarning dunyoqarashini boyitish va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;
milliy istiqlol g‘oyalariga oid tushunchalar to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlar uyg‘unligini ta’minlash asosida ta’lim-tarbiya berish;
Vatan va uning buyuk kelajagi oldida mas’uliyat, burch mohiyatini yoshlarga teranroq anglatish;
mustaqillikning qadr-qimmatini, uning tarixiy ahamiyatini o‘quvchilar ongiga etkazib, ularning hayotiy faoliyatida namoyon bo‘lishiga erishish.
«Milliy g‘oya» fanini o‘qitish va o‘rganishda quyidagi tamoyillarga amal qilinadi. Bu tamoyillar – milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat; erkinlik va bunyodkorlik g‘oyalari ustuvorligi; vatanparvarlik va insonparvarlik; boy ma’naviy va madaniy merosni avaylab-asrash va kelajak avlodga etkazish; hamkorlik va do‘stlik aloqalari; mamlakatda fuqarolar va millatlararo totuvlik; ijtimoiy barqarorlik, xalq farovonligi va shu kabi boshqa milliy va umuminsoniy g‘oyalarga asoslanadi.
Bu tamoyillar fanning mazmun-mohiyati o‘quvchilar tomonidan chuqur o‘zlashtirilishida va ularning nazariy bilimlarini boyitish hamda milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillarga asoslanib tashkil etiladigan har bir dars mazmuniga milliy istiqlol g‘oyasi singdirilsa, o‘quvchilarning g‘oyaviy-mafkuraviy tarbiyalanganlik darajasi ortadi. Shu sababli milliy istiqlol g‘oyasini o‘qitish – davr talabiga aylandi. "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" g‘oyasi asosida tarbiyalangan yoshlar elim deb, yurtim deb yonib yashaydi, mehnat qiladi, Vatan manfaatini o‘z manfaati deb biladi.
O‘quvchilari “Milliy istiqlol g‘oyasi” faniga oid quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlari shart:
g‘oya va mafkuralarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini bilish;
mafkura tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni, g‘oya va mafkuralarning tarixiy shakllarini bilish;
milliy mafkura–o‘tmishni kelajak bilan bog‘lovchi ma’naviy ko‘prik, tarixiy xotirani uyg‘otish, o‘tmishdan saboq chiqarish hamda o‘zlikni anglatuvchi mezon ekanligini bilish;
milliy mafkuraning maqsad va vazifalarini bilish;
milliy mafkuraning asosiy tamoyillarini bilish;
milliy mafkuraning asosiy g‘oyalari bilish;
taraqqiyot va hozirgi dunyoning mafkuraviy manzarasi haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
mafkuraviy jarayonlarning umumbashariy va mintaqaviy ko‘rinishlarini anglash;
zararli g‘oyalar, mafkuraviy tahdidlarga qarshi ogohlik va hushyorlikka ega bo‘lish lozimligini bilish.
Mafkura tushunchasi, uning mohiyati va mazmuni. Mafkura tushunchasining ta’rifi, Mafkura-xalk, millat, jamiyat maqsadlarini, manfaatlarini va intilishini o‘zida aks ettiruvchi tizim. Har bir jamiyatda mafkuraning mavjud bo‘lishi ijtimoiy hayotning qonuni ekanligi. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat va davlat o‘z yo‘lini yuqotishi muqarrarligi. Mafkura-dunyoqarash, g‘oyalar tizimi va tarbiya vositasi.
G‘oya va mafkura tushunchalarining ahloqiy, badiiy, diniy tushunchalar bilan aloqadorligi. Ajdodlar ma’naviy olamining avlodlar ma’naviyatida namoyon bo‘lish qonuniyati. Bu qonuniyatning ulug‘vor g‘oyalarni kelajak avlod ongiga etkazishdagi ahamiyati.
Ilg‘or g‘oya va ma’rifatparvarlik. Ma’rifat-keng ma’noda dunyoni bilish va anglash, o‘qish-o‘rganish, ulg‘ayish, kamolotga erishish jarayoni. Ezgu g‘oyalar va ma’rifat jamiyatda insonni ulug‘vor maqsadlar sari etaklovchi kuch ekanligi.
Xulosa
Xulosa qilib aytsak, Yangi ta'lim tizimi, mazmuni, o’quv rеjasi, o’quv dasturlari, darsliklar asosida o’quv jaraеnini loyihalashtirishga ham Yangicha yondashish, uni Yangicha tashkil etish zaruriyati tug’ilmoqda.
Prеzidеntimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich alohida ta'kidlaganlaridеk, biz «mamlakatimizning istiqboli yosh avlad qanday tarbiya topishiga, qanday ma'naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotda nеchohuquqli faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kеrak». Shu sababli ham birinchi navbatda, ta'lim mazmuni va uning tarkibini kеngaytirish, chuqurlashtirish, takomillashtirish, xususan, ta'lim mazmuniga nafaqat bilim, ko’nikma va malaka, balki umuminsoniy madaniyatni tashkil etuvchi - ijodiy faoliyat tajribasi, tеvarak-atrofga munosabatlarni ham kiritish g’oyasi kun tartibiga ko’ndalang qilib qo’yildi.
Bu g’oyani, fikrimizcha, ijtimoiy hayotning quyidagi komponеntlari ro’yobga chiqarishi mumkin:
- faoliyat turlari (moddiy-amaliy, ijtimoiy, ma'naviy);
- ijtimoiy ong shakllari (axloq, san'at, siеsat, falsafa, fan va boshqalar.);
- ijtimoiy munosabatlar tizimi (moddiy va mafkuraviy);
- moddiy ijtimoiy va tabiiy borliq (kеyingi avlodlarga mеros qilib qoldiriladigan boyliklar).
Dars jarayonida, ta'lim-tarbiyada o’quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta'lim jarayonining sub'еkti bo’lishi kеrak, ya'ni o’qish, o’rganish, mutolaa qilish o’quvchi zimmasiga o’tishi kеrak.
O’qituvchining vazifasi esa o’qitishdan o’qishni o’rgatishga, bilim bеrishdan o’quvchilarning bilimlarini mustaqilegallashlariga ko’maklashishdan iborat bo’lishi kеrak. U o’quvchida extiyoj tug’dirishi, muhit yaratishi va uni mas'uliyatni xis qilishga yo’llashi kеrak. har bir dars oldiga ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi, ya'ni bir-biri bilan uzviy aloqada bo’lgan uchyohuquqlama maqsadlar qo’yiladi. Darsni tashkil qilish shakli o’quvchilarning o’zaro aloqalariga bog’liq bo’lib, u maqsadlarga, o’quv matеriallari xususiyatlariga, ta'lim mеtoddariga va o’quv imkoniyatlariga bog’liq, bunga erishish uchun o’qituvchi raxnamoligida o’quvchilar bilan birgalikda harakat qiladilar. Xuddi mana shu jarayonni didaktikada «o’quv jarayoni» dеyiladi. O’quv jarayonining tarkibi uch qismdan iborat dеb qaraladi;
1. Motivatsiya.
2. Bilish faoliyati.
3. Boshqarish faoliyati.
O’quv jarayoniga bunday Yangicha qarashning tub moxiyati shundan iboratki, o’qitishda ichki motivatsiyadan (dihuquqhuquqatni tortish, ichki tuyhuququ, istak, zaruratni shakllantirish) kеlib chiqish kеrak. O’quv jarayonida asosiy harakatlantiruvchi kuch - o’quvchi uchun ham, o’qituvchi uchun ham ichki motivatsiya bo’lishi kеrak.
O’quvchilarda tashabbuskorlik va mustaqillikni, bilimlarni puxta va chuqur o’zlashtirshini, zarur malaka va ko’nikmalarni, ularda kuzatuvchanlikni, tafakkur va bog’lanishli Nutqni, xotira va ijodiy tasavvurni tarbiyalashga imkon bеruvchi didaktik printsip — bu ta'limdagi faollikdir. Faollik mеzonlari onglilik printsipi bilan bеvosita aloqador. Chunki faollik bor joyda onglilik bo’ladi.
Bunday tizimda o’quvchi ham, o’qituvchi ham ta'lim-tarbiya jarayoniga birgalikda mas'uldirlar. Ular birgalikda har bir o’quvchining bilim va qobiliyatini, individual extiyojlarini aniqlaydilar. Bunday holatda o’qituvchi faqat «baqolovchi» emas, balki Yangi bilimlar yetkazuvchi manbaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |