Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
142
Taʼlim jarayonida darsning hissiy-aqliy muhitini turli usullar bilan saqlab turish
mumkin. Birinchidan, o‘rganilayotgan o‘quv materialining yoki qo‘shimcha materialning
mazmunidagi qiziq maʼlumotni berish orqali.
Ikkinchidan, darsda u yoki bu kashfiyotlar haqida gapirib berish; inson aql-zakovatining
cheksiz imkoniyatlari haqidagi hikoyalar; mashhur kishilarning hayotiga oid qiziqarli
maʼlumotlarni keltirish orqali.
Darsda hissiy-aqliy muhitni saqlab turishning uchinchi yo‘nalishi bu o‘quvchilarni ular
uchun qiziqarli bo‘lgan ijodiy faoliyatga yo‘llashdir. Buning uchun darsda turli xildagi
muammoli vaziyatlarni yaratish muhim ahamiyatga egadir. Muammoli vaziyat qandaydir
tanish narsani o‘girib, uning yangi tomoni ko‘rsatib qo‘yilganga o‘xshash holatdir. Аna shu
kutilmagan, o‘quvchini hayratga soladigan holat o‘qituvchining keyingi tushuntirishi uchun
juda muhimdir.
Va nihoyat, o‘quvchilarning ijobiy his-tuyg‘ularini nazarda tutadigan to‘rtinchi
yo‘nalish o‘qituvchining o‘quv materialiga nisbatan hissiy munosabatini ifodalash shakli
bilan bog‘liqdir. Shunday bo‘ladiki, o‘qituvchi butun darsni juda yaxshi rejalashtirib chiqsa
ham, dars yaxshi o‘tmaydi. Yosh o‘qituvchilar shuni unutmasliklari kerakki, o‘quv
materialining jonli, hissiy boy, obrazli qilib ifodalanishi o‘quvchilarni ham shu bilimlar
bilan “kasallantiradi”, yaʼni ularni ruhlantiradi.
O‘quvchilarda o‘quv-biluv motivlarini shakllantirishda o‘qituvchidagi quvnoqlik,
hazil-mutoyibani tushuna olish tuyg‘usi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, o‘quvchilar o‘qituvchidagi muhim shaxsiy sifatlar sirasiga uning “quvnoq
xulq-atvori”ni ham ajratib ko‘rsatishadi. Bu xususiyat o‘qituvchiga sinfdagi ishchan muhitni
saqlab turishga yordam beradi, hatto o‘quvchilar charchagan, diqqatlari tarqoq bo‘lgan
holatda ham. Bunday holatlarda o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga qisqa dam olish daqiqasi
o‘tkazishni yoki jamoa bo‘lib sevimli ashulalarini aytishni taklif qilishi, baʼzan esa
qandaydir quvnoq va aqlli hikoyani aytib berishi mumkin. Аksincha, tajribasiz, professional
saviyasi past bo‘lgan o‘qituvchilar esa satirik yozuvchi-shoirlarning asalari haqida gap
ketganda o‘quvchilarni hazil-mutoyibaga nisbatan tabiiy munosabatlarini tushnmay, ularni
darsda jiddiy bo‘lishga chaqiradi. Bunday o‘qituvchining fojeasi hazil-mutoyibani
tushunmasligida emas, balki o‘quvchilarda bor bo‘lgan shunday tuyg‘uga nisbatan
dushmanlik bilan qarashidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |