Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
44
bormoqda. Tarbiya mukammal bo‘lishi uchun esa bu masalada bo‘shliq paydo bo‘lishiga
mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”. [1.504-505]
Yurtboshimiz tomonidan yoshlar tarbiyasi sohasida belgilab berilgan konseptual
vazifani bajarish esa, yoshlar tarbiyasidagi mavjud bo‘shliqlarni bartaraf etishni talab
etmoqda. Kuzatish va tahlillar shuni ko‘rsatdiki, bugungi kunda yoshlar tarbiyasida ayrim
bo‘shliqlar ko‘zga tashlanadi.
Yoshlar tarbiyasida dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va mafkuraviy
jarayonlarga to‘g‘ri baho bera olmaslik, ijtimoiy muammolarni hal etishda to‘g‘ri qaror
qabul qila bilmaslik, hayotda o‘z o‘rnini topish bilan bog‘liq bo‘lgan aniq maqsadlarni
shakllantira olmaslik hollari uchrab turibdi. Bular o‘z navbatida oila va jamiyat o‘rtasidagi
munosabatlarning murakkablashuvi, loqaydlik, huquqbuzarlik, “ommaviy madaniyat” ning
turli ko‘rinishlari osonlikcha qabul qilinishi kabi illatlarning tarqalishiga zamin yaratmoqda.
Natijada yoshlar tarbiyasida prinsipial, yangicha yondashuvlar va innovatsiyalarni
takomillashtirish, strategik maqsad hamda vazifalarning konseptual asoslarini ishlab chiqish
ehtiyoji kun tartibiga qo‘yildi.
Shu ehtiyoj asosida tarbiya fani konsepsiyasi, davlat ta’lim standarti, dasturlar ishlandi,
zamonaviy darslik yozishga kirishildi.
“Tarbiya” fani konsepsiyasini yaritish jarayonida Buyuk Britanya, Yaponya, Singapur,
Avstraliya, Birlashgan Arab Amirliklarining ushbu sohaga oid ilg‘or tajribalari tahliliy
o‘rganildi.
Endilikda milliy qadryatlarimizga asoslangan tarbiya metodlari “Tarbiya” fani
konsepsiyasiga asos qilib olindi. Chunki Sharq tarbiyasining durdonalari: millatimizdagi
andisha, hamjihatlik, mehnatsevarlik, tadbirkorlik, mehmondo‘stlik, xushmuomalalik,
kattaga hurmat, kichkinaga izzat fazilatlarini kamdan-kam xalqlar tarbiyasida uchratish
mumkinligini xorijiy tajribani o‘rganish jarayonida esdan chiqarilmadi. Taniqli pedagog
olimlarimiz ta’kidlagandek, “Zero, sog‘lom demokratik jamiyatni yaratishning muhim
shartlaridan biri, avvalo, har jihatdan sog‘lom, ma’naviyati yuksak, mustaqil fikrlovchi
yangi avlodni tarbiyalashdan iboratdir” [2.7]
Endilikda o‘quvchi-yoshlar “Tarbiya” fanini yaratish va uzluksiz ta’lim tizimiga joriy
etish uchun ishlab chiqilgan DTS talablari asosida boshlang‘ich sinfda (1-4 sinflar) da u
fanni o‘zlashtirish orqali orzularini aniqlay olish, o‘z oldiga maqsad qo‘ya olish va amalga
oshirishga harakat qilish, mas’uliyatni anglash, etiket qoidalariga ega bo‘lish, to‘g‘ri
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash va amal qilish, jarayonlarda tashabbus ko‘rsatish, o‘z-o‘zini
rivojlantirish va o‘z faoliyatini tanqidiy tahlil qila olishga o‘rgatiladi. Ko‘rinib turibdiki,
boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarning dunyo qarashida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi
hamda o‘zini-o‘zi ijtimoiy hayotga tayyorlashning poydevori qo‘yiladi.
O‘rta va yuqori sinflarda esa “Tarbiya” faniga kiritilgan mavzularni o‘rganish orqali
o‘quvchilarda tanqidiy tafakkurga ega bo‘lish, jamoada hamkorlik qila olish, mas’uliyat va
majburiyatlariga amal qilish, jismoniy va intellektual imkoniyatlarini rivojlantirish, faol
fuqarolik pozitsiyasini egallay boshlash, ijtimoiy borliqni his etish va undan zavqlana
olishga o‘rgatiladi.
Bitiruvchi sinflarda “Tarbiya” faniga kiritilgan mavzularni o‘rganish natijasida yangi
ish o‘rinlarini yarata olish, mehnat jamoasi va mutaxassislar bilan samarali hamkorlik qila
bilish, bilimini muntazam ravishda oshirib borishni tizimlashtira olish, jahondagi voqea-
hodisalarga o‘z munosabatini bildira olish, burch, majburiyat va huquqlarini bilish va ularga
rioya qilish, faol fuqarolik pozitsyasiga ega bo‘lish, o‘z hatti-harakatlarini tanqidiy baholay
olish, yurt taqdiriga daxldorlik hissi qalbida jo‘sh urgan, yuksak ma’naviy- axloqiy
Do'stlaringiz bilan baham: |