Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
253
Ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilish dasturi hayotimizga muvaffaqiyatli joriy etilishi
natijasida uzluksiz ta’limning zamonaviy talablarga javob beradigan yaxlit tizimi yaratildi.
Bu tizim ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarini – maktabgacha va maktab ta’limidan
tortib o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim bo‘g‘inini, shuningdek, xalqaro me’yorlarga
mos holda bevosita fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasini nazarda
tutadigan oliy ta’limdan keyingi bir bosqichli ta’limni o‘ziga qamrab oladi.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining
geografiya darslarida o‘quvchilarga geografik
bilim berishda, ko‘nikma va malakalarini hosil qilishda foydalanish o‘quvchilarni
fikrlashga, mustaqil izlanishga, munozarada ishtirok etish bilan birga sinfdoshini fikrini
eshitishga va hurmat qilishga, mustaqil va guruh bilan kelishgan holda qaror chiqarishga
o‘rgatadi.
Geografiya ta’limning asosiy vazifalaridan biri axborot texnologiyalardan va shunga
ko‘ra ta’limning yangi vositalari, ya’ni o‘quv filmlaridan foydalanishdir.
Geografiya darslarida mavzu mazmuniga muvofiq og‘zaki – audiovizual, dasturli –
multimediali ta’lim vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning zamonaviy vositalari deganda,
o‘quv matni, axborot tashuvchilar va uni amalga oshiruvchi vositalar tushuniladi.
Geografiya fanidan o‘quv filmlari 5-sinf “Tabiiy geografiya boshlang‘ich” kursi, 6-
sinf “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” kursi, 7-sinf “O‘rta Osiyo va
O‘zbekistonning tabiiy geografiyasi” kursi, 9-sinf “Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi”
uchun yaratilgan bo‘lib, unda mavzular keng ochib berilgan. Xalqimizda “Yuz marta
eshitgandan ko‘ra bir marta ko‘rgan yaxshi”, - degan maqol bor. O‘quv filmlar televizor
yoki multimediya orqali ko‘rsatishga moslashtirilgan.
O‘quv filmlari juda qulay va ishlatish oson bo‘lgan metodik vosita hisoblanadi.
5-sinf “Tabiiy geografiya boshlang‘ich kursi” uchun “Atmosfera”, “Gidrosfera”,
“Litosfera” mavzularini tushuntirishda ushbu mavzular bo‘yicha tayyorlangan filmlardan
foydalanilsa, o‘quvchilarni o‘zlashtirib olishlarida yaxshi natijalarga erishadi.
6-sinf “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” dan berilgan filmlarda materiklar va
okeanlarning umumiy maydoni, Yer yuzasining shakllanish tarixi, relyefi bo‘yicha
yaratilgan filmlarda mavzular keng ochib berilgan.
O‘qituvchi yordamida har bir mavzu yakunida filmlardan foydalanilsa,
tushunchalarning o‘quvchilar ongida shakllanishiga ko‘maklashadi.
O‘rta Osiyo va O‘zbekistonning tabiiy geografiyasi bo‘yicha ham qator filmlar
yaratilgan bo‘lib, tabiatda sodir bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlar videofilmlar orqali
namoyish qilinsa dars samaradorligi oshadi.
Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasi kursi bo‘yicha eng muhim atrof – muhit
muhofazasi, shahar aglomeratsiyalari, urbanizatsiya kabi mavzulardan foydalanilib, o‘quv
mashg‘ulotlar olib borilsa, o‘quvchilarning bu fanga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi,
ularning bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishlariga yana bir imkoniyat yaratadi.
Хulosa
qiladigan bo‘lsak, bugungi kunda jamiyat yosh avlodni qobiliyatini, iqtidorini,
qiziqishini oshirish, ta’lim berish va o‘qitishning sifatini yaxshilash maktab
o‘qituvchilaridan o‘z ustida ishlash va izlanishni talab etadi. Har qanday o‘qituvchi esa bu
mas’uliyatni his etishlari va darslarda axborot texnologiyalaridan foydalansalar yaxshi natija
beradi degan umiddamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |