2021-yil
23-aprel
217
dasturlaridan foydalanib o‘quvchi va talabalarni o‘qitish ikki barobar samarali ekanligini
ko‘rsatadi.
Axborot kamunikatsion texnologiyalari
(
AKT) va ularning dasturlari asosida bilim
olishda 30% gacha vaqtni tejash imkoniyati mavjud bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada
uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar talabalar berilayotgan materiallarni ko‘rish, eshitish
asosida qabul qilsa, dars mashg‘ulotlarini axboroti xotirada saqlanishi 25-30% ga oshadi.
Bularga qo‘shimcha sifatida talabalarga o‘quv materiallari audio, video va grafika
ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ga
ortishi amaliyotda ko‘rib o‘tilgan.
Shunday ekan bugunda axborot kamunikatsion texnologiyalar (AKT)ni ta’lim
jarayonida qo‘llab darslarni sifatli tashkil qilish maqsadida kompyuter simulyatorlardan
foydalanish muhum ahamiyat kasb etadi.
Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri ularning real obyektlarga
nisbatan juda ham arzon alternativ ekanligidadir. Simulyatorlar esa shunday haqiqiy asbob-
uskuna va jihozlarsiz virtual holatda biror bir kimyoviy jarayonni modellashtirish hamda
virtual laboratoriya ishlarini o‘tkazishga imkoniyat yaratadi. Bu o‘z-o‘zidan nafaqat katta
miqdorda mablag‘lar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tug‘dirmaydi.
Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablag‘lar talab etmasligi ma’lum
tadqiqotlarni talabalar tomonidan yuzlab, marotaba qayta-qayta amalga oshirishga
imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning
xavfsiz ekanligidadir. Ba’zi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf
tug‘diradi, masalan, yadro reaksiyalariga oid bo‘lgan hodisalarni o‘rganish.
Kompyuter simulyatorlaridan asosan ikki yo‘nalishda foydalanish mumkin: haqiqiy
obyektlarni modellashtirish va ushbu modellarni rivojlantirish. Shunday ekan “Oliy o‘quv
yurtlarida kompyuter simulyatorlardan foydalanish kerakmi?” degan savolga “ha” albatta
foydalanish mumkin degan javob berish kerak bo‘ladi.
Simulyatorlardan foydalanish jarayonida talabalar ma’ruza, amaliy va laboratoriya
vaqtida o‘rgangan tushuncha va bilimlarini virtual bo‘lsada hayotga tadbiq qiladilar. Ushbu
tadqiqotlar jarayonida bilimlarini yanada mustahkamlash bilan bir qatorda nazariya hamda
hayotiy tadqiqotlarning rivojlanishiga bevosita xissa qo‘shadilar. Bunda talabalar faqatgina
“tinglovchi” vazifasida qolmasdan, bevosita ilmiy-tadqiqot ishlarida qatnashuvchilarga
aylantiradi. Bu esa o‘z navbatida talabalarda o‘qish va tadqiqotlarga bo‘lgan qiziqishlarini
yanada ortishiga olib keladi.
Tabiiy fanlar yo‘nalishida 2001 yildagi Nobel mukofoti laureati K. Vimman
tomonidan “
Physics Education Technology
” (
PhET
) sayti yaratilgan.
PhET
saytida har xil
mavzularga oid modellar mavjud bo‘lib, ular
Java
va
Macromedia
flash dasturlarida
yaratilgan.
PhET
saytida taqdim etilayotgan modellar
Open Sourse
bo‘lib, xohlagan
foydalanuvchi bepul foydalanishi mumkin.
PhET
dagi modellar soni yuzdan ortiq bo‘lib
ular fizika, matematika, kimyo, biologiya, ekologiya fanlariga oid namoyish tajribalarini
o‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini tashkillashtirish va modellashtirish imkoniyatiga ega.
Bu
PhET
saytidagi simulyatorlar Davlat ta’lim standartlariga va o‘quv muassasalarida
qo‘llanilayotgan adabiyotlariga mos keladi.
PhET
saytidagi modellardan fizika, matematika,
kimyo va biologiya fanlaridan dars mashg‘ulotlarida namoyish tajribalari sifatida, virtual
laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda keng foydalanish mumkin bo‘ladi.
Internetning
PhET
saytidagi simulyatorlarni yuklab olish uchun
http://phet.colorado.edu
saytiga kirib,
Crocodile Physics, Crocodile Technology, Crocodile ICT va Crocodile
Chemistry
dasturlarini yuklab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |