Key words.
the book presentation, libraray exhibition, IT services, bibliographic
information, periodically and non-stop, efficiency of education.
Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda o‘z salohiyati, davlatning ravnaqi yo‘lida
tinmay ilm, milliy istiqlol ruhidata’lim-tarbiya oladigan eng so‘nggi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalana oladigan, yuksak ma’naviyatli,
madaniyatli va ma’rifatli yoshlarni tarbiyalash, kamol toptirishda, jahon andozalari talablari
darajasida mutaxassislarni yetishtirib chiqarishga imkoniyatlarni yetkazib beradigan, yangi
ta’lim shakllari va usullarini amalga oshirishda uzluksiz talim jarayoniga yangi
ma’lumotlarni taqdim etadigan maskan bu axborot-kutubxonalardir. Zero, kutubxonalar
xalqimiz ma’naviy kamolotini oshirish uchun xizmat qilayotgan milliy madaniyatimizning
bir qismidir.
Axborot – kutubxonalari faoliyatini zamon talabi darajasida tashkil etish, uzluksiz
ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda axborot –kutubxonalarning mas’uliyati va
vazifalarini oshirish masalasiga davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. 2011-
yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyun “Respublika aholisini axborot-
kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381 sonli qarori, 2011-yil 23-
fevraldagi “2011-2015-yillarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-
kutubxona va axborot-resurs xizmatlarini yanada sifatli rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-1487-sonli qarori, 2019-yil 7-iyundagi Respublika aholisiga axborot-
kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-sonli
Qarori axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatini yangi axborot-kommunikativ
texnologiyalarini joriy etgan holda, o‘z fondida yig‘ilgan va xalqaro axborot maydonidagi
axborot resurslardan foydalanib, kitobxon ehtiyojlari va talablariga mos xizmat ko‘rsatishni
tashkil qilishga asos bo‘lib hisoblanadi.
Ushbu qonun va qarorlar asosida faoliyatini tashkil qilingan kutubxonalarning birinchi
galdagi vazifasi o‘z faoliyatiga axborot-kommunikatsion texnologiyalrni joriy etish, axborot
texnologiyalari bo‘yicha malaka oshirish, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirish,
o‘zining elektron axborot resurslarini shakllantirish, nafaqat doimiy kitobxonlariga, balki
Do'stlaringiz bilan baham: |