5
Qoraqalpog‘iston Respublikasi XTV, Toshkent shahar va viloyatlar XTB
metodik xizmat bo‘limi, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari umumta’lim
fan metodistlarining uzluksiz kasbiy rivojlanтирish kursi o‘quv rejasidagi
modullarning mazmuni
1. Ta’limdagi yangi yondashuv va strategiyalar
Ta’lim mazmunidagi o‘zgarishlar: Umumiy o‘rta ta’limning Milliy o‘quv
dasturi. Milliy o‘quv dasturi, tajriba-sinov ishlari, Milliy o‘quv
dasturi
komponentlari, fanlar bo‘yicha konsepsiyalar, tayanch o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari,
o‘qitish metodikasi, baholash metodologiyasi, ta’limdagi ilg‘or
xorijiy
yondashuvlar. Janubiy Koreya, Singapur, Finlyandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya
tajribalari, Milliy o‘quv dasturini amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish.
Metodik xizmatni olib borish. O‘quv jarayoni mazmuni va uni tashkil
etilishining xususiyatlari. Ta’limda “standart” va “standartlashtirish” tushunchalari.
DTSning zaruriyligi,
maqsadlari, vazifalari, mohiyati,
tuzilishining asosiy
tamoyillari.
Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar (PISA, PIRLS, TIMSS,
STEAM va boshqalar). PISA ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqoti
va 2022-yilda o‘tkaziladigan ushbu tadqiqotga umumta’lim muassasalarining,
o‘qituvchi va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini oshirish masalalari.
Baholashning yangi usul va vositalari. Bilim va ko‘nikmalarni
baholashning
alternativ
yondashuvlari.
Hayotiy
ko‘nikmalarning
tavsiflari.
Bilim
va ko‘nikmalarni baholashdagi farqlar. Ko‘nikmalarni baholashning maqsadlari.
O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni baholash metodologiyasi. Bilim
va ko‘nikmalarni baholashga tayyorgarlik ko‘rish. Formativ va summativ baholash.
O‘quvchilarning o‘quv tajribasi va ehtiyojlarini baholash. O‘quvchilarning
o‘z-o‘zini hamda boshqalarni baholash usul va vositalari. Baholash vositalaridagi
mezonlarni ishlab chiqish. Baholash mezonlarini DTSlari talablari va fan mazmuni
bilan mosligini ta’minlash. Baholashni amalga oshirishda o‘quvchilar bilim va
ko‘nikmalarini korrektirovka qilish. O‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
baholash mezonlari, usul va vositalari. Baholash usullari. STesting dasturlari va test
topshiriqlari va ularni tayyorlash.
Ta’limda monitoring va uning ta’lim-tarbiya sifatini boshqarishdagi roli.
Monitoring yo‘nalishlari. Davlat ta’lim standarti asosida o‘quvchilar
natijalarini
monitoring qilish. Monitoring maqsadlari. Maktabda monitoring turlari.
Monitoringni rejalashtirish, tayyorgarlik va o‘tkazish bosqichlari.
O‘quv va metodik materiallar tayyorlash va ekspertizadan o‘tkazish. O‘quv-
metodik majmua – darslik, mashq daftari, o‘qituvchi uchun metodik qo‘llanma,
6
multimedia mahsulotlari, elektron platformalar orqali o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi
kontentlar (videodars, virtual laboratoriyalar, elektron dasturlar va boshqa).
Iqtidorli yoshlarni aniqlash bo‘yicha fan olimpiadalari
va turli tanlovlarni
tashkil etish. O‘quvchilarni respublika va xalqaro olimpiadalarga tayyorlash,
rag‘batlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil
etish.
Do'stlaringiz bilan baham: