3
O‘quvchining xaritalardan foydalanishga ishtiyoqi va xaritalarni o‘qiy olish darajasi
o‘rganiladi.
Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchining faoliyati uyg‘unligi
ta’minlanadi. O‘z bilimining boshqalar tomonidan haqqoniy va to‘g‘ri baholanishiga
ishonch hosil qilgan o‘quvchida ta’lim olishga bo‘lgan qiziqish yanada ortadi.
O‘qituvchi o‘quvchilarning kartografik bilimini baholaganda ularning xarita
bo‘yicha berilgan savollarga og‘zaki javoblarini, xarita bo‘yicha uy vazifasini qay
daraja bajarilganligini, yangi materialni o‘rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-
amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim.
Shuning bilan birga
yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo‘yish mumkin.
O‘quvchilarni baholashda geografik termin va nomlarning to‘g‘ri yozilishini
(geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va batartib bajarailganligini ham
nazarda tutish lozim.
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy
va salbiy tomonlarini o‘quvchilarga aniq ko‘rsatib berish shart.
O‘quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi.
•
Besh
- javob to‘liq, to‘g‘ri, o‘quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy
ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni
tushunadi va misollar
keltiradi; xarita va boshqa ma’lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan
ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi
obyektivlarni xatosiz ko‘rsatadi. O‘quvchilarning, xususan, o‘quv masallarini hal
etishda
ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi
rag‘batlantiriladi.
•
To‘rt
- javob to‘liq va to‘g‘ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni
aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o‘qituvchining
qo‘shimcha savollari asosida osongina to‘g‘rilash mumkin bo‘lgan noaniqliklarga
yo‘l qo‘yadi.
•
Uch
- javob to‘g‘ri, o‘quvchi
asosan materialni tushunadi, ammo
tushunchalarni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda
qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi.
•
Ikki
– javob noto‘g‘ri,
asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni
bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yadi; darslik va xarita
bilan ishlay olmaydi.
•
Bir
– og‘zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo‘q.
O‘quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi,
dasturlardan tashqari
geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik
jadval, xaritalardagi zarur ma’lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho
pasaytirilishi mumkin.