Узбекстан тарийхы лекция


Payg`ambar noiblari- to`rt choriyorlar



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

Payg`ambar noiblari- to`rt choriyorlar 
Hazrat Abu Bakr Siddiq (632-634) 
Hazrati Umar (634-646) 
Hazrati Usmon (646-656) 
Hazrat Ali (656-661) 
Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida Xalifalik tarkibiga Shom, Iroq, Yaman va boshqa 
hududlar qo`shib olindi. Umaviylar davrida (661- 
750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G`arbda 
Misr, shimoliy Afrika erlari, Andaluziya (hozirgi Ispaniya), shimoli sharqda Kichik Osiyoning 
katta qismi, Eron va shimoliy-g`arbiy Hind sarhadlari kirar edi. 
VII asr o`rtalariga kelib xalifalik e`tibori O`rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. 651 yilda 
arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so`ngra Amudaryogacha bo`lgan hududlar istilo 
qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan 
tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar 
Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko`radilar. Bu erlarni 
arablar Movarounnahr, ya`ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida 
arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta`kidlab o`tmoq joizdir. Uning 
birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi. Bu davrda ayrim arab 
lashkarboshlari qo`shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu 
erlarning boyliklarini talab, ma`lum o`ljalarni qo`lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish 
mumkin. Bundan ko`zda tutilgan asosiy maqsad – bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga 
tayyorgarlik ko`rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu So`fiyonning 654 yilda 


Maymurg`ga, 667 yilda Chag`oniyonga, 673 yilda uning o`g`li Ubaydulla ibn Ziyodning 
Amudan o`tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so`ngra Buxoro hukmdorini engib, o`z 
foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo`lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said 
ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo`shin tortib kelishi va mahalliy 
hukmdorlarni engib, katta boylik va ko`p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular 
O`rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O`lkamizni bosib olishning 
ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to`g`ri keladi. Xususan, 704 yilda 
Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O`rta 
Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda Amudaryodan 
o`tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni 
qo`lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og`ir janglar bilan fath etiladi. 
710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o`zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, 
Sug`dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko`radi. Shu orada Xorazm 
shohi Chag`on o`z ukasi Nurzod boshchiligidako`tarilgan xalq qo`zg`olonidan qo`rqib, 711 yilda 
yordam so`rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga 
yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o`ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa 
yutmaydi. Aksincha, u o`z mustaqilligini yo`qotib, xalifalikka tobe bo`lib, uning bojdoriga 
aylanadi. Chag`onning qo`shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 
712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G`urak 
edi. G`urak arab qo`shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo`lmaganligi sababli 
engiladi. Qutayba bilan G`urak (709-738) o`rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir 
yo`la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to`lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul 
o`rnida berishi ko`zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - 
Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o`z 
joyidan mahrum etiladi. Arab qo`shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab 
O`rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch 
viloyati, Farg`ona vodiysini egallaydi, ko`p o`tmay o`lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin 
ishg`ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg`inborot janglar oqibatida arablar 
Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma 
viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. 
Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va 
zo`ravonlik o`tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma`naviy 
boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir 
kitoblar, qo`l yozmalar yondirildi. Zardushtiyliq buddizm dinining ko`plab ibodatxonalari, 
muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug` bobokalonimiz Beruniy o`zining «O`tmish 
xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta`kidlaganideq arablar mahalliy din, 
san`at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o`ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So`ngra 
ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo`q 
qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning 
nazarida g`ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo`q qilindi. Bularning o`rniga arablar aholidan 
olingan mo`may daromadlar, to`lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar 
xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da`vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo`lga olgan 
arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o`lponlarni joriy 
etdilar.

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish