Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

vujudga kelishi. 
Mamlakatiiniz hududida ilk feodalizm davrida tashkil topgan yirik davlatlardan biri — 
Eftaliylar davlatidir, Eftaliylarning etnik jihatdan qaysi qabila — xalqqa mansubligi va qaysi 
tilda so'zlashganliklari to'g'risida fan olamida har xil fikriar bor. Ammo aksariyat Ko’pchilik 
olimlar eftaliylarni milodimizdan avvalgi I asr bilan milodimizning IV asri o'rtalarida 
Yettisuvdan va yanada Sharqroqdagi rayonlardan Orol dengizi bo’ylariga kelib qolgan xunnlar 
bilan aralashib ketgan holda Xun qabilalaridan turkiy tilini qabul qilgan Orol bo’yi sak-massaget 
qabilalarining aviodlaridirlar, degan g'oyani ilgari suradilar. Eftaliylar tarixiga oid ma'lumotlar 
rumolik tarixchi Ammian Martsellin (IV asr), vizantiyalik tarixchi Prisk Paniyskiy (V asr), 
Prokopiy Kcsariyskiy (VI asr), Feofan Vizantiyskiy (VI asr), suriyalik yozuvchi Zenob Glak 
(VII— VIII asrlar), armanistonlik tarixchilar Lazar Parbskiy (V asr), Favsto Buzanda (IV asr), 
Yerishe (V asr) asarlarida berilgan. Birmuncha keyinroq yozilgan xitoy solnomalari «Vey-Shu» 
(VI asr) va «Man-Shu» (IX—X asr)da ham eftaliylar to'g'risida qimmatii manbalar bor. 
Eftaliylar tarixi bilan rus Sharqshunos olimlari P. I. Lerh N. I. Veselovskiy, V. V, Bartolbd, 
A. Yu. Yakubovskiy, S. P. Tolstov, A. H. Bernshtam, chet ellik tarixchilardan Shnext, Druen, 
Markvart Xermon, Mak Govern va boshqalar ham shug'ullanganlar va qimmatii asarlar 
yozganlar. Eftaliylar turii tillarda, turlicha nomlarda talqin qilinadi: xitoylarda Ye-da yoki I-da, 
armanlarda —Xettal va Tetal, arablarda — Xeylal, yunonlarda — Abdel. 


Tarixiy manbalaming guvohlik berishicha «eftaliylar» degan nomning o'zi V asming ikkinchi 
yarmidan e'tiboran paydo bo’lgan. Feofan Vizantiyskiyning ma'lumotlariga qaraganda eftaliylar 
shohi Vaxshunvor Eftalon deb nomlangan. Arman tarixchilaridan biri esa eftaliylar degan nom 
«haft» (etti), ya'ni massagetlaming yettinchi qabilasi nomidan olingan deb hisoblaydi. Amma IV 
asrning o'rtalarida kushon, eftaliy va yana bir massaget qabilalari boshqa bir qabila bilan 
birlashgan. Arman tarixchilari bu qabilani «Xonlar», vizantiyalik tarixchilar esa «Xioniylar» deb 
ataganlar. Arman va suriyalik tarixchilar «Xonlar»ni kushonlar bilan bir xil bilishgan, 
vizantiyaliklar zsa ularni «0q xunlar» deb atashgan. Bu yyerda xi'onitlar badaniniig oqligi, o'troq 
turmush sharoiti va boshqa ko'chmanchi xunlarga nisbatan ancha yuqori madaniyat darajasiga 
egaligi e'tiborga olingan. 
Birinchi marta xioniylar Ammian Martsellin asarida qalamga olingan. 356 yilda xioniylar 
begi Grumbat o'z o'rni bilan Eron sosoniylari podshosi Shopur II (309— 379 yillar) tomonida 
turib Amida (Suriya) shahrini qamal etgan paytda ittifoqchi sifatida qatnashadi. Sosoniylar 
podshosi Varaxran V (418—438 yillar) xioniylarga qarshi qattiq kurashlar olib borgan. Bu 
davrda xioniylar Amudaryo havzasini egallab olib o'z hududlarini yanada kengaytirishga harakat 
qilayotgan edilar. Marv atrofida olib borilgan jangda xioniylar ustidan g'alaba qozongan 
Varaxran V o'z davlati chegaralarini Talqon (Marv bilan Balx oraligi) gacha kengaytirdi va bu 
yyerda toshdan chegara minorasi qurdirdi. Undan keyingi sosoniylar podshosi Yazdigard II 
(438—457 yillar) xioniylarning to'xtovsiz bo’lib turadigan hujumlaridan himoyalanib, 
qarorgohini Shimolga tomon, Shahriston — Yazdigard shahriga ko'chkrdi. Bu davrda u 
xioniylarning juda ko’p qishloq va shaharlarini vayron qildi hamda Balxan tog'i yaqinidagi Chol 
shahrida (hozirgi Krasnovodsk shahri yaqinida) o'rnashib olgan xioniylar podshosini o'ldirdi. 
Ammo ikkinchi yurish paytida (453— 454) Yazdigard qo'shini xioniylar tomonidan tor-mor 
keltirildi va uning o'zi qati elildi. 
V asr boshlarida massaget qabilalari ittifoqidan yana bir qabilaviy guruh ajralib chiqdi. Ular 
kidariylar deb atalib, Tohariston hududlarida joylashgan edilar. Bu nom qabila boshlig'i va 
podshosi Kidar nomidan olingan. Kidariylar bir necha marta sosoniylar Eroniga hujumlar 
uyushtirganlar. Ammo 456 yildagi bo’lgan jangda sosoniylar kidariylami tor-mor qiladilar. 
Kidariylar halok bo’lgan o'z podsholari Kidarning o'gli Kungas ("Skunxa" deb ataluvchi sak 
nomi bilan taqqoslang) boshchiligida Hindiqush orqali Qandahor (Peshovar)ga ketadilar va 
Shimoliy Hindistondagi Ciupta podsholigini o'zlariga bo’ysundiradilar. 
Kidamylar bu yyerda 75 yil mobaynida hukmronlik qilganlar. V—VI asrlardagi tarixshunos 
olinilarning asarlarida (masalan, suriyalik leshu Stilit, vizantiyalik Prokopiy Kesariyskmy, 
armanistonlik Sebeos va boshqalar) xioniylar eftaliylar bilan, ba'zilarida kushonlar bilan aynan 
bir bo’lgan deb yoritiladi. Bu hoi bizga bu qabilalar o'rtasidaga farq etnik xaraktyerda 
bo’lmasdan sulolaviy jihatdan farqlanadn, deb xulosa chiqarishga asos bo’ladi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish