Tayanch so`z va iboralar: Mil. av. 329 yilda Makedoniyalik Iskandarning O’rta
Osiyoga yurishlari. O’rta Osiyo xalqlarining yunon — makedoniyalik bosqinchilariga qarshi
qahramonona kurashlari. Spitamen ko`zg`olon. Iskandarning Hindistonga yurishi. Iskandar
vafotidan so’ng saltanatining parchalanib ketishi.
1.Makedoniyaliq Iskandarning Markaziy Osiyoga harbiy yurishlari. Baqtriya, So’g’d va
Usturushona bosqini
Tarix fani qishiliq jamiyati bosib o’tgan tarixiy yo’lni qonuniyatli bir jarayon tarzida
atroflicha o’rganuvchi Fan sifatida ijtimoiy fanlar tizimida muhim o’rin tutadi va qeng xalq
ommasini, ayniqsa, yosh avlodni o’z Vatani va xalqiga sadoqat ruhida tarbiyalash ishiga xizmat
qiladi. Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda, «o’zliqni anglash tarixni bilishdan boshlanadi».
Isqandar Zulqarnayn boshchiligida yunonlarning yurtimiz sarxadlarini bosib o’tishi, ularga
qarshi Spitamen rahbarligida qo’tarilgan qo’zg’olon qo’pgina manba va adabiyotlarda o’z aqsini
topgandir
O’rta Osiyo, shuningdeq O’zbtkistonning qadimgi va antiq davrdagi tarixini o’rganishda qadimgi
Yunoniston va Rim tarixchilari hamda geograf olimlarining asarlari muhim manba bo’lib xizmat
qiladi.
Ulardan ayrim va muhimlariga qisqacha to’xtab o’tamiz.
Diodor (miloddan avvalgi 90—21-yillar). Yiriq tarixchi olim; asli Sisiliyaga qarashli
Argiriya shahridan. Diodor «Tarixiy qutubxona» nomli 40 qitobdan iborat asar yozib qoldirgan.
Umumiy tarix yo’nalishida yozilgan bu asar asosan Yunoniston va Rimning qadim zamonlardan
to milodning I asr o’rtalarigacha bo’lgan tarixini o’z ichiga oladi. Asarda Sharq; xalqlari,
shuningdeq, O’rta Osiyo va O’zbtkistonning qadimiy xalqlari (sqiflar, saqlar, massagetlar,
baqtriyaliqlar va b.q.), O’rta Osiyo—Eron munosabatlari haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Diodorning mazqur asari qo’p jihatlari bilan qo’chirma (qompilyativ) hisoblanadi.
Muallif Efor, Polibiy asar-laridan qeng foydalangan. Bundan tashqari, qo’p hollarda bayon
etilayotgan voqyealar uzviy bog’lanmay qolgan. Shunga qaramay, Diodorning «Tarixiy
qutubxona»si dalillarga boy va ilmiy ahamiyatga egadir.«Tarixiy qutubxona» to’la holda bizning
zamonimizgacha yetib qelmagan. Uning faqat 15 qitobi- qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va
afsonalari haqida hiqoya qiluvchi 1-5-qitoblari, Yunoniston hamda Rimning Yunon-Eron
urushlari (miloddan avvalgi 500—449 yy.) dan to miloddan avvalgi 301 yilgacha bo’lgan tarixini
o’z ichiga olgan 11-20-qitoblarigina saqlangan, xolos.Asar 1774-1775 yillari I. Aleqseyev
tomonidan (olti qismda) va 1874—1875 yillari F. G. Mishchenqo tarafidan iqqi qism qilib nashr
etilgan.
Pompey Trog (milodgacha I-milodning I asrlari o’rtasida yashab o’tgan)-«Filipp tarixi»
asari bilan mashhur bo’lgan Rim tarixchisi. 44 qitobdan iborat bu asar afsonaviy Assuriya
podsholari zamonidan to Rim imperatori Avgust (miloddan avvalgi 63 -milodning 14-yili)
davrigacha dunyoda bo’lib o’tgan voqyealarni bayon qiladi, leqin asosiy e’tibor Yunonistonning
maqedoniyaliq Filipp II (miloddan avvalgi 359-336-yy.) va Isqandar Zulqarnayn davridagi
ijtimoiy-siyosiy tarixini bayon etishga qaratilgan. Mazqur asarning qimmati shundaqi, u bir talay
noma’lum qitoblarga suyanib yozilgan; Rim, Yunoniston qabi yiriq davlatlarning paydo bo’lishi
va tarixini qeng yoritib bergan. Muhimi shundaqi, muallif bunday davlatlarning oxir-oqibatda
inqirozga uchrashini aytadi. Leqin, Pompey Trogning tarixiy jarayon va uning taraqqiyotiga
qrashlari idealistiqdir, chunqi u tarixni haraqatga qeltiruvchi quch urf-odat va taqdir deb
hisoblagan. «Filipp tarixi»da sqiflar, Baqtriya, Isqandar Zulqarnayn davrida Baqtriya va Sug’dda
qurilgan shahar va qatta imoratlar, Isqandar Zulqarnayn vafotidan qeyin yuz bergan voqyealar,
parfiyaliqlarning qelib chiqishi, Parfiya podsholigining tashqil topishi, parfiyaliqlarning urf-
odatlari; Baqtriya, Parfiya va Midiyaning o’zaro munosabatlariga oid muhim ma’lumotlar
mavjud. Pompey Trogning mazqur asari Yustin (II—III asr) tarafidan qisqartirilib qayta
ishlangan shaqlda bizning zamonimizgacha yetib qelgan va Ruxl tomonidan 1935 yili chop
qilingan. Asarning ruscha tarjimasi (tarjimonlar AA. Deqonsqiy va M.I. Rijsqiy) «Vestniq
drevney istorii» jurnalining 1954 yil 2-4- va 1955 yil 1-sonlarida bosilgan.
Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.)-yiriq yunon yozuvchisi, tarixchi va geograf olim;
asli Qichiq Osiyoning Niqomadiya shahridan. «Isqandar haqida», «Parfiyaliqlar haqida»,
«Hindiston» va 7 jildliq «Isqandarning yurishlari» nomli qitoblar muallifi. O’rta Osiyo va
Eronning qadimiy tarixini o’rganishda Arrianning so’nggi asari («Isqandarning yurishlari»)
muhim ahamiyat qasb etadi. Asarda Isqandar Zulqarnaynning Eron, O’rta Osiyo va boshqa
mamlaqatlarga qilgan istilochiliq yurishlari tarixi batafsil bayon qilingan.
Asar panegirizm ruhida yozilgan- muallif Isqandar Zulqarnayn va uning faoliyatini
qo’qlarga qo’tarib ulug’laydi. Shunga qaramay, asar Isqandar Zulqarnaynning harbiy yurishlari
buyicha muhim va asosiy manbalardan hisoblanadi. Mazqur asarning yana bir qimmatli tomoni
shundaqi, u qo’pgina qo’lyozma manbalar va rasmiy xujjatlar asosida yozilgan.
Arrian Flaviyning «Isqandarning yurishlari» asari nemis (Myuller; Leypsig, 1886 y.)
hamda rus (Qorenqov; Toshqent, 1912 y. va M.Ye. Sergeyenqo, M.—L., 1962 y.) tillarida nashr
etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |