2.O`rta Osiyo qadimgi aholisining asosiy mashg`ulotlari, xo`jaligi.
Uy-qo'rg'onlar va ayrim qishloqlarda yashovchilarning asosiy mashg'ulotlari qishloq xo'jaligi
mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlashdan iborat bo'lgan. Yer haydab dehqonchilik qilish,
anhor qazib daryolardan suv chiqarish, kanal va ariqlarni doimo tozalab turish, sun'iy sug'orish
ishlarini yo'lga qo'yish, don ekish, chorva uchun xashak bo'ladigan o'simliklarni o'stirish, hayot
manbai bo'lib qoladi.
Ayrim uylarning ichida maxsus ustaxonalar qoldiqlari topib tekshirilgan. Bu ustaxonalarga oila
a'zolari toshdan yog'ochdan, loydan qamishdan, charmdan va teridan xo'jalikka, ro'zg'orga
kerakli buyumlarni ishlab chiqarganlar. Masalan, toshdan ishlangan dehqonchilik qurollari
(o'roqlar, yoruchoqlar, hovonchalar), sopol idishlar, chiroqlar, urchuq boshlari, bo'yra va teri
to'shamlari kabilar uy hunarmandchiligi mahsuloti hisoblangan. Uy hunarmandchiligi buyumlari
va qurollari bilan bir qatorda shahar markazlarining hunarmandchilik ustaxonalarida sopol idishlar, metall
qurollar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqarilgan.
Qishloq jamoalari o'rtasida mahsulot ayirboshlashda "pul" vazifasini kulolchilik va temirchilik
buyumlari, oziq-ovqat va chorva mahsulotlari bajargan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan
mahsulotlarning asosiy qismi shu joyning o'zida, ya'ni ayrim jamoalar o'rtasida iste'mol qilingan.
Yetishtirilgan mahsulotning ma'lum qismlarini bozorga olib borish xo'jalikda yoki ro'zg'orda maxsus
qurollar (buyumlar, kiyim-kechaklar) zaruriyatidan kehb chiqqan. Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning
turli hunar kasblariga bog'liq bo'lgani uchun mahsulotning ortiqcha qismini ayirboshlash an'anasi yanada
rivojlangan. Savdo asosida an'anaviy xo'jaliklar va hunar turlari taraqqiy etgan. Bu jarayon ishlab
chiqarishni jadallashtirgan.
Tashqi savdo (viloyatlâr mamlakatlar o'rtasida)da pul o'icho-vini xom ashyo, qimmatbaho
hunarmandchilik buyumlari (metall idishlar, yaroq-aslahalar, zeb-ziynatlar), qimmatbaho
tosh, oltin va kumushlar bajargan. O'rta Osiyodan bosh-lanadigan savdo yo'llari Qadimgi
Sharq mamlakatlariga olib borgan. Shu yo'llar orqali Baqtriya tog'larida qazib chiqarilgan lojuvard,
Xorazmda feruza, Sug'diyonada oltin va qalay, yilqi va tuyalar Eron, Mesopotamiya va Old Osiyo
bozorlariga olib borilgan. Ktesiy xabariga ko'ra, Baqtriya oltin va kumush konlariga boy bo'lgan.
Ossuriya podsholigining savdogarlari bronzadan ishlangan idishlarni, yaroq-aslahalarni
oltin va kumushga almàshtirganlar.
Shunday qilib, miloddan awalgi VII -VI asrlarda ilk ternir davriga o'tilishi bilan O'zbekistonda dastlabki
yirik davlatlar vujudga keldi, shaharlar barpo etilib, dehqonchiliq hunarmandchilik jadal sur'atlar
bilan rivojlandi.
Nazorat uchun savollar:
1.
O`rta Osiyo hududidagi qadimiy xalqlar haqida gapirib bering
2.
Qabilaviy uyushmalarning shakllanishi jarayoni haqida nimalar bilasiz?
3.
O`rta Osiyo qadimgi aholisining asosiy mashg`ulotlari dehqonchilik va chorvachilikning ahamiyati?
Do'stlaringiz bilan baham: |