So`nggi paleolit davriga qelib odamlarning hayoti va turmush tarzida ham turli o`zgarishlar
bo`lib o`tadi. Xususan, odamlar g`orlardan chiqib yangi turar joylar-chayla yarimerto`lalarda
yashay boshlaydilar. Ular endi faqat tog`li hududlarda yashab qolmay vohalar bo`ylab
tarqalib,
teqisliqlarda, daryo qo`llar bo`ylarida joylashadilar hamda qarindosh urug`chiliq jamoalariga
bo`linadilar. Natijada jamiyatda juft oilalar paydo bo`ladi hamda ular ayrim urug`larni
birlashtirib urug` jamoasini tashqil etadilar.
Qon-qarindoshchiliqqa asos solingan urug` jamoalari ona urug`i doirasida rsmiylashdi, u
tarixda matriarxat deb nom oldi. Urug`chiliq (matriarxat) qadimgi jamiyat tarixining alohida
bosqichini tashqil etib, bu jarayon ijtimoiy hayotdagi qator o`zgarishlarning paydo bo`lishiga
zamin yaratdi. Leqin, dastlabqi urug`chiliq tuzumi nisbatan rivojlanishning
yuqori bosqichiga
qo`tarilgan bo`lishiga qaramay bu davr odamlari ovchiliq, termachiliq va baliqchiliq bilan qun
qechirar edilar. Paleolit davriga xulosa yasab shuni aytish mumqinqi bu davrda odamning paydo
bo`lishi jarayoni (antropogenez) asosan tugadi.
Qadimgi odamlar xo`jaliq yuritishning eng oddiy yo`llaridan (terib-termachlab)
muraqqabroq qo`rinishlariga (ovchiliq, baliqchiliq)ga o`tdilar. Olov kashf etildi. Insoniyat to`da
davridan urug`chiliq tuzumiga o`tdi.
Mehnat qurollari taqomillashib, ularning turlari qo`payadi va sifati yaxshilanib boradi. Bu
davrda qadimgi odamlar orasida dastlabqi diniy qarashlar paydo bo`ldi. Teshiqtoshda murdani
maxsus qabr qazib qo`milishi, uning yoniga tog` echqisining shoxlari va tosh qurollar qo`yilishi
mutloqo tasodifiy hol emas edi. Bu jarayon paleolit davri odamlari garchi soda bo`lsada qo`mish
marosimlariga rioya qilganliqlaridan dalolat beradi. Odamlar tosh va suyaqqa tasvir tushirishni,
ayollar uchun turli bezaq va taqinchoqlar, ayollarning hayqalchalarini yasashni o`zlashtirganlar.
G`orlarning devorlariga yiriq hayvonlarning tashqi qo`rinishini, ov manzaralarini
tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar va ovchilarning haraqatlarini namoyon etuvchi o`yin-
raqslar vujudga qelgan. Shu tariqa tasviriy va Amaliy sanat paydo bo`lgan. So`nggi
paleolitdayoq
insonning yevropoid, negroid, mongoloid qabi irqiy turlari paydo bo`ladi. Bu
irqlar odamlar taraqqiyotining sifat qo`rsatqichi bo`lmay tabiiy shart-sharoitlar tasirida vujudga
qeladi. Yevropoidlar Yevropada, Negroidlar Afriqada, Mangoloidlar Shimoli-Sharqiy va
Osiyoda yashaganlar.
Mamlakatimizning
ilk paleolit davri, geologlarning hisobiga ko`ra, tabiiy-geografik
jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog`ingarchilik kam bo`lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga
to`g`ri keladi. Ana
shu sharoitga mos ilk odamlar, xayvonot olami va o`simliklar dunyosi
shakllanadi. Bir necha yuz ming yillar davomida tabiiy muhit ham o`zgarib bordi. Ilk
paleolitning oxirgi bosqichlarida sayyoramizni muzlik qoplab iqlim keskin soviydi, tez-tez
yog`ingarchilik bo`ladigan bo`lib qoladi. O`lkamizda cho`l va voha landshaftlari shakllanib,
o`simliklar va hayvonlar dunyosi o`zgarib boradi.
Odamlar ham jismoniy, ham aqliy jihatdan
takomillashadi.
O`zbekiston hududida ilk paleolit davri odamlari yashagan manzilgohlar Farg`ona
vodiysining So`x tumanidagi Selung`ur g`oridan va Toshkent viloyatining Angren shahri
yaqinidagi Ko`lbuloq makonidan topilgan va o`rganilgan.
Selungur g`ori 1958 yilda arxeolog A.P.Okladnikov, 1980 yildan boshlab arxeolog olim
O`.Islomov tomonidan o`rganilgan. Tadqiqotlar Selungur manzilgohida odamlar paleolit
davrining barcha bosqichlarida yashaganligini ko`rsatadi. Bu manzilgohdan ajdodlarimizning
suyak qoldiqlari, ularning toshdan yasalgan mehnat qurollari hamda ular ovlab tirikchilik qilgan
ayiq, qoplon, karkidon, sirtlon, ohu va boshqa hayvonlarning suyaklari topildi. Olimlar Selungur
g`orida bundan 1,5 million
yillar ilgari odamlar yashagan, degan xulosaga keldilar
1
. Selungur
tadqiqotlarining ahamiyati shundaki, u mamlakatimiz odamzod ilk bor paydo bo`lgan
mintaqalardan biri ekanligini isbotlab berdi.
Ilk paleolit davri odamlarining manzilgohlaridan yana biri Toshkent viloyati Chotqol
tog`ining janubiy-sharqiy yonbag`ridagi Jarsoyning qirg`og`idagi Ko`lbuloq makonidir. 1963-
1970 yillarda arxeolog M.R.Qosimov rahbarligidagi guruh Ko`lbuloq makonida 10
dan ortiq
qatlamni o`rgandi. 730-830 sm. chuqurlikda joylashgan ikki quyi qatlam ilk paleolit bosqichiga
to`g`ri keladi. Bu qatlamlardan yiriq dag`al ishlangan tosh qurollar va hayvon suyaklari topiladi.
Ko`lbuloq makonining yuqoriroq qismidan topib o`rganilgan boshqa madaniy qatlamlar bu erda
odamlar paleolit davrining o`rta va so`nggi bosqichlarida ham istiqomat qilganliklarini isbotladi.
Eng qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi. Ular ikki
oyoqlab, oldinga engashgan, qo`llarini tizzasigacha osiltirgan holda yurganlar, qo`llari oddiy
ishlarni
- biron narsani ushlash, urish, er kovlash kabilarni bajarishga qodir bo`lgan. Qadimgi
odamlarning peshonasi tor, miyasi kichik bo`lgan, hali gapira olmagan, uzuk-yuluq ovozlar
chiqarib g`azab va qo`rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar.
Ilk paleolit odamlari ov qilish, terib-termachilab
ozuqa topish uchun toshdan, suyakdan,
daraxt shoxlaridan turli mehnat qurollari yasaganlar. Shu tufayli ularni
«`oto
-`a`Sh8
»- «bilag`on
Do'stlaringiz bilan baham: