Узбекстан тарийхы лекция



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/169
Sana27.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#414213
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169
Bog'liq
ozbekiston tarixi fani predmeti vazifalari va uning organish manbalari

Mustafa Kamal Ataturk
11. Temur Tuzuklari hazirgi kunda Rossiya, Buyuk Britanya, Fransiya, AQSH, 
Finlandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman davlatlari kutubxonalarida 
saqlonmoqda. 
12. Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Tarag`oy esa barlos 
urug`ining oqsoqollaridan ham da Chig`atoy ulusining etiborli beklaridan hisoblangan. Uning 
ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. 
13. Amir Temur o`zining ilk harbiy faoliyatini qo`l ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat 
amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning o`zaro kurashlarida qatnashib, jasorat 
ko`rsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. 
14. Amir Temurning Movarounnahrni birlashtirish yo`lidagi harakati XIV-asrning 60-
yillari boshlaridan boshlandi. 
15. Mo`g`ullarga qarshi turish uchun kuchlar nisbati teng emasligini hisobga olgan 24 
yoshli Amir Temur 1360 yilning boshida Tug`luq Temur tomonidan Keshga yuborilgan beklar 
bilan kelishadi. Sharoit taqozosi bilan xon xizmatiga o`tib, uning yorlig`i bilan o`z viloyatining 
dorug`asn etib tayin qilinadi. Shubhasiz, bu noilojliqdan qo`yilgan siyosiy hamda strategik 
qadam bo`lib, bu bilan Amir Temur mo`g`ullarning navbatdagi talontarojining oddini olgan, 
mamlakat va xalqni falokatdan qutqargan edi 
16. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yo`lga chiqadi. Qo`shin Termiz 
yaqinidagi Biyo qishlog`iga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur 
faoliyatini qo`llab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nog`ora — tabl bilan yalov — 
bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik 
ramzi edi 
17. El-yurtni boshqarishda harbiy kuchning ahamiyatini yaxshi tushungan Amir Temur 
qo`shinning tuzilishiga katta ahamiyat berdi. U "amir" va "amir ul-umaro" kabi yuqori darajali 
harbiy unvonlar joriy qildi. Qo`shinni harbiy jihatdan isloh qilar ekan, u ayniqsa 
lashkarboshilarni tanlash va ularni tarbiyalash, harbiy qismlar va ularning joylashish tartibi, 
navkar va sarbozlarning qurollanishi hamda intizom masalalariga nihoyatda e tibor beradi 
18. Amir Temurning Hindiston ustiga qilgan urushi (1398 y. may — 1399 y. mart) qariyb 
o`n bir oy davom etdi. Amir Temur Hindistondan katta o`lja, shu jumladan 120 jangovar fil bilan 
qaytdi. O`ljalarning bir qismi qo`shinga taqsimlab berildi, qolgani Samarqand va Kesh sh.larida 
olib borilayotgan qurilishlarga sarflandi. 
19. Bandi qilingan Boyazid o`rdugohga olib kelingach, Amir Temur unga hurmat va 
ehtirom ko`rsatdi. Uning vafotidan so`ng (1403 y. 9 mart) esa vorislariga himmat ko`zi bilan 
boqib, ularga beqiyos muruvvatlar qildi. Chunonchi Boyazidning to`ng`ich o`g`li Sulaymon 
Chalabiyni turklarning Yevropadagi viloyatlariga hokim etib tayinladi 
20. Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 y. 27 noyab.da 200 ming 
qo`shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning 
O`trorda vafoti (1405 y. 18 fev.) tufayli amalga oshmay kolli. Amir Temurning vafoti haqidagi 


xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo ko`p vaqt o`tmay bu noxush xabar mamlakat bo`ylab 
tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi 
21. Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga 
qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qo`ltig`iga qadar g`oyat katta hududni qamrab olgan 
markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. 
22. Tarix bu qo`hna dunyoda o`tgan ko`p jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat 
buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashg`ul 
bulgan. Uning "Qay bir joydan bir gisht olsam, o`rniga un g`isht qo`ydirdim, bir daraxt 
kestirsam, o`rniga unta kuchat ektirdim" degan so`zlari buning yorqin isbotidir. 
23. Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), 
"Amir Temur" ordeni tasis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamg`armasi tashkil qilindi 
(1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat 
Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan 
iborat badiiy film, spektakllar va sheriy hamda nasriy asarlar yaratildi. 
24. Samarqand saltanatini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan ispan elchisi Rui Gonsales de 
Klavixoning yozishicha, Amir Temur “Qaysi bir mamlakatni zabt etgan va bo‘ysuntirgan bo‘lsa, 
ularning hammasidan odamlar, Samarqand va uning atrofidagi yerlarga joylashtirdi. Shoh har xil 
hunarmadlarni yig‘ishga, ayniqsa, ko‘p harakat qildi”. 
25. O‘zbekistonda Amir Temurning uchta haykali mavjud. Toshkentdagi sohibqiron
haykali 1994 yil 31 avgust, mustaqillik kuni arafasida o‘rnatilgan bo‘lib, u taniqli haykaltarosh 
Ilhom Jabborov tomonidan yasalgan. Temur haykalidan unchalik uzoq bo‘lmagan hududda 
1996 yil, Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Temuriylar tarixi davlat muzeyi 
qad rostladi. Bugungi kunga kelib ushbu muzeyda Temuriylar tarixiga oid 3,5 mingdan ziyod 
eksponatlar saqlanadi 
26. Amir Temur Xitoyga yurish qilishga tayyorgarlikni 1398 yildayoq boshlagan. Turk 
sultoni Boyazid Yildirim bilan bo‘lgan urush Xitoy yurishini orqaga surgan edi

Nazorat uchun savollar: 
1.
Amir Temurning siyosat maydoniga kirib kelishi. 
2.
Amir Temur va Amir Xusayn o’rtasidagi munosabatlar. 
3.
Temur va sarbodorlar.
4.
Sohibqironning harbiy yurishlari, uning sabablari. 
5.
Eron, Hindiston va Kichik Osiyoga qilingan yurishlar. 
6.
Anqara jangi 
7.
Sohibqironning harbiy yurishlardagi zafarlarining manbalari. 
8.
Davlatning markaziy mapmuriyati.
9.
Suyurgpol tizimi. 
10.
Harbiy islohat va qo`shinning tuzilishi 
11.
Temur davlatining jahon siyosiy doiralariga tapsiri.
12.
Amir Temurning Turkiya sultoni Boyazid bilan o’zaro diplomatik yozishmalari.



Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish