4. Dovon davlatining ijtimoiy tuzumi, xo’jaligi.
Qadimgi Farg’onada qishloq xo’jaligi yuksak darajada rivoj-langan. Dalalarga arpa,
sholi, beda kabi turli ekinlar ekilgan. Uzumchilik va vino tayyorlash yaxshi yo’lga qo’yilgan.
Vino katta sopol xumlarga quyilib uzoq yillar saqlangan. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko’ra,
«Dovon mamlakatida hamma joyda uzumdan vino tayyor-laydilar. Badavlat oilalar vinoni juda
ko’p miqdorda g’amlaydilar va bu vino o’nlab yillar davomida buzilmasdan saqlanadi».
Farg’ona vodiysida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar chog’ida ko’plab yirik xumlarning
topilishi sayyohning ma’lumotlari to’g’riligini tasdiqlaydi.
Farg’ona vodiysida ilk davlatchilik izlari qadimgi dehqonchilik madaniyati (Chust
madaniyati) yodgorliklarida uchraydi. Hozirgacha Farg’ona vodiysida 80 dan ortiq Chust
madaniyati yodgorliklari qayd etilgan. Shahar madaniyati va davlatchilikni o’rganish ishida
Dalvarzin, Ashqoltepa (Andijon viloyati), Chust yodgorliklari muhim o’rin tutadi. Chust
madaniyatining so’nggi bosqichida (mil.avv. VIII-VII asrlar) mayda shahar – davlatlar asosida
davlat birlashmalari vujudga kelgan. Mil.avv. 136-128 yillarda Farg’onaga kelgan Xitoy elchisi
va sayyohi Chjan Syan “Dovon da 70 dan ortiq kichik va katta shaharlar bor” deb yozgan. Xitoy
manbalarida Farg’ona Dovon (Da-Van – Katta Van) deb atalgan.
Dovon davlati mil. avv. IV- mil III asrlarda mavjud bo’lgan. Dovon podisholigi sug’orma
dexqonchiliq chorvachilik va xunarmanchilik rivojlangan. Ipak yo’li ta’sirida shaharsozlik
madaniyati ancha takomillashgan. Bu davlat savdogarlar va sayyohlarni Sharqiy So’g’diyona
chegaralaridan to Tan (Xitoy) imperiyasigacha bo’lgan yo’lning xavfsizligi oziq-ovqat,
tarjimonlar va yo’l ko’rsatuvchilar bilan ta’minlab turgan. Mil. avv. II asr Dovon davlatida 300
ming kishi yashagan. Vodiyda shaharlar ko’p bo’lib, poytaxti Ershi shahri (hozirgi Marhamat)
bo’lgan. Xitoy tarixchilarining guvohlik berishicha, Dovon davlati hududlari Xo’jandgacha
borgan. Farg’onaning “Samoviy” deb nom olgan nasldor otlar ko’pchilikni qiziqtirgan. Mil.avv.
104-101 yillarda Xitoyning 60 ming kishilik qo’shni Dovon ga bostirib kirganda dovonliklar
qangliklar yordamida xitoyliklarni haydab yuborib, o’z mustaqilligini saqlab qolgan. II asrda
Dovon davlati barham topdi. Uning yerlari Kushon podsholigiga qo’shib olindi.
Dovon nomi bilan mashhur bo'lgan davlat Vatanimiz hududidagi qadimgi davlatlardan
sanalsa-da, biroq uning haqqoniy tarixi xususida hozirgacha to'la ma'lumotlar topilmagan.
Xitoylik elchi Chjan Tsyan yozma manbalarida Farg'ona vodiysidagi davlatni Dovon (Da-yuan)
deb atagan. Vaholanki, Farg'ona vodiysi ham ajdodlarimizning madaniy, o'troq hayoti kechgan,
o'z davlatchiligiga ega mustaqil hudud sifatida Yunon-Baqtriya, Qang'a singari qadimgi davlatlar
bilan tenglasha olishiga hech bir shubha yo'q. Buni mil. av. II asr oxirlarida (128 yilda) bu
o'lkaga tashrif buyurgan Xitoy elchisi Chjan Tsyan yozib qoldirgan esdaliklar ham isbot etadi.
Manbalarda aytilishicha, bu davrda Farg'onada 300 ming nafar aholi yashagan. Uning 70dan
ziyod katta-kichik shaharlari bo'lib, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik yuksak darajada
rivojlangan. Mamlakat poytaxti Ershi (hozirgi Andijon viloyatning Marhamat tumanida
joylashgan) o'z davrining obod, ko'rkam va aholisi gavjum shaharlaridan sanalgan. Qadimgi
O'zgan, Koson ham Dovon ning eng mashhur shaharlari sirasiga kirgan. Dovon hududida 10 dan
ortiq yirik dehqonchilik manzilgohlari mavjud bo'lib, ularda erli mirishkor aholi sholi, bug'doy
va boshqa dehqonchilik ekinlari etishtirish bilan shug'ullangan. Bularga Aravonsay, Oqbo'ra,
Sultonobod, Qo'rg'ontepa, Andijonsoy, Moylisoy, Ulug'nor, Yilg'insoy, Shahrixonsoy kabi
dehqonchilik makonlarini nisbat berish mumkin. Xitoy sayyohi vodiyda uzumchilik nihoyatda
rivojlanganiga, shu bilan birga undan noyob sharbat va uzoq muddat saqlanadigan, quvvati o'tkir
musallaslar tayyorlash yuksak darajada yo'lga qo'yilganligiga alohida urg'u beradi. Dovondagi
ijtimoiy-siyosiy hayotning yana bir muhim jihati - bu ayollarning jamiyatda tutgan mavqeining
alohidaligidir. Chjan Szyanning e'tiroficha, bu yerning erkaklari ayollarga alohida hurmat
ko'rsatganlar. Boshqacha qilib aytganda, xotin-qizlarning har qanday topshirig'i erlar tomonidan
bajarilishi shart hisoblangan. Davlat hukmdori mamlakat hayotiga oid har qanday ichki va tashqi
masalalarni hal etishda Oqsoqollar kengashiga, uning maslahatlari va yo'l-yo'riqlariga suyangan.
Ayniqsa urush va tinchliq elchilik aloqalari masalasida Oqsoqollardan iborat Oliy kengash
alohida vakolatlarga ega bo'lgan. Hukmdor buni e'tirof etishga majbur bo'lgan.
Farg'ona hududi O'rta Osiyo ijtimoiy siyosiy hayotida sodir etilgan keyingi muhim
o'zgarishlar jarayonida ham o'zining nisbiy mustaqilligini birmuncha saqlab qolishga muvaffaq
bo'lgan.
Narorat uchun savollar:
1.
Qang’ davlatining tashkil topishi
2.
Qang’ davlatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy xayoti.
3.
Qang’ davlati taraqqiyotida "Buyuk ipak yo’li" ning tutgan o’rni
4.
Farg’ona- Dovon podsholigining tashkil topishi
5.
Farg’ona aholisining turmush tarzi, kasb - hunari, tili va madaniyati
6.
Farg’onaning mashhur otlari haqida gapirib bering
Do'stlaringiz bilan baham: |