Узбекстан тарийхы лекция


Qang’ davlatining tashkil topishi



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

1.Qang’ davlatining tashkil topishi. 
Qang‘ davlati territoriyasiga mil.av. II asrda xozirgi Toshkent voxasi va Sirdaryo 
oralig‘idagi yerlvarning bir qismi kirgan. Mil.av. I asrda Qang‘ davlatiga Xorazm va boshqa bir 
qancha mulklar xam bo‘ysungan. Tarixiy manbalarda bu davlatning nomi mil.av. II asrdan 
boshlab zikr qilinadi. Axolisi asosan Sirdaryo (ilk o‘rta asrlarda “Qangxa daryosi “ deb atalgan) 
bo‘ylaridagi ko‘chmanchilardan iborat bo‘lgan. Qang‘ davlat qator o‘troq dexqonchilik 
viloyatlari hamda ko‘chmanchilak rayonlarini birlashtirgan yirik davlat bo‘lgan. Qang‘ davlati 
Farg‘ona va Sharqiy Turkiston xalqlarining Xitoyga qarshi qilgan kurashlarida faol ishtirok 
etgan.Taxminan I-III asrlarida Xorazm va Toshkent voxasi Kushon podsholigi tasarrufiga o‘tgan 
bo‘lsada , Orol dengizining Shimolidan hamda Ural daryosi janubidagi ba’zi qabilalarni 
bo‘ysundirishga ham muvaffaq bo‘lgan. IV asrdan keyingi tarixiy manbalarda Qang‘ davlati 
haqida ma’lumotlar uchramaydi. 
Qang‘ davlatini vujudga keltirilgan qang‘lilar-turkiy qabilalar uyushmasi bo‘lib, bularni 
Urxun- Yenisey yozuvlarida “kanxaras” deb atalgan. Ular yarim o‘troq holda yashab, 
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanishgan. 
O'rta Osiyoda yunon-makedon istilosi va Salavkiylar sulolasi hukmronligidan keyin mil. 
avv. III asr boshida hozirgi Toshkent vohasida va Sirdaryoning o'rta va shimoliy oqimi 
hududlarida Qang' davlati vujudga kelgan. Xitoy manbalarida u qangyuy deb atalgan. Bu 


davlatning etnik tarkibini turli qabila, elatlar tashkil etgan. Unda yetakchi qang'arlardan tashqari 
katarlar, kamarlar, toharlar, apasshaklar, asiylar va boshqa qabila, urug'lar ham yonma-yon 
istiqomat qilganlar. Sirdaryoning o’rta va quyi oqimlarida yashagan qang’lar sak va sarmat 
qabilalarining bir qismi sifatida qanguy davlat uyushmasining asosini tashkil etganlar. 
“Avesto”da tilga olingan qangxa-qang ekanligiga ham olimlar shubha qilishmaydi. Dastlab 
uncha katta bo’lmagan qabilalar yo’lboshchilar ittifoqidan tashkil topgan bu davlat 
uyushmasining shimoliy qismi mil.avv. II asrgacha xunlarga janubiy qismi yuyechjilar 
hokimiyatiga bo’ysungan. Mil.avv. II- mil. II asrlarda u qudratli davlatga aylandi. Unga Ural 
bo’yi sarmatlari ham bo’ysungan. 
Qang’ davlati tarkibiga (Surxondaryo va Farg’onadan tashqari) Qoraqalpog’iston bilan 
birgalikda butun O’zbtkiston hududi va janubi-g’arbiy Qozog’iston yerlari kirgan. «Qanxa» 
atamasi davlatning chegaralarini belgilovchi siyosiy atama bo’lib, etnik ma’noni anglat-magan. 
Shi-szi solnomasiga ko’ra, qanguy dastlabki kuchsizgina davlat bo’lgan paytda, hukmdor 
oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan qo’shinlariga tayangan. 
Ko’chmanchilarda har bir oila boshlig’i jangchi hisoblangan. Shuning uchun qanguy 
qo’shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo’lgan. qanguy qudratli davlatga aylangan 
vaqtda 120 ming qo’shinga (demak shuncha oilaga ham) ega bo’lgan. O’sha paytda aholisi 
taxminan 600000 kishidan iborat bo’lgan.
«Avesto» va «Maxabxorat»da ham sak (shak)lar, toxarlar va qangarlar yashagan Qang 
davlati 
haqida 
eslatib 
o’tiladi. 
Qang’arlar 
va 
Qang’ 
davlati 
tarixi 
ustida 
olimlardanY a.F.Gulomov,S.G. Klyashtorniy, B. A. Litvinskiy, Yu. F. Buryakov, K. Sh. 
Shoniyozov va boshqalar katta ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordilar va Qang davlati to’g’risida 
qimmatli asarlar yaratdilar. Qadimgi Xitoy manbalarida qang’arlarda davlat bo’lganligi 
to’grisidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga to’g’ri keladi. 
Tarixchi olim Karim Shoniyozovning fikricha: «Qang’ davlati solnomalarda aytilgan davrdan 
ancha oldinroq mavjud bo’lgan.
Xitoy elchilari o’z hukumdorlariga qang’uylar haqida “mag’rur qo’rs” - deb ma’lumot 
berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida uchraydi. 
Jumladan , Xitoy qo’mondoni Li Guanli qo’shinlari mil.avv. 101 yilda. Dovonga bostirib 
kirganida qang’uy dovonliklarni qo’llab- quvvatlagan.
Qang’uy poytaxtini juda qadim zamonlarda Qang’xa joylashgan Sirdaryo deltasi hududida, 
deb hisoblaydilar. Manbalarda ko’rsatilgan jo’g’rofiy o’rinlarga uncha to’g’ri kelmasada, 
mamlakat poytaxti bo’lgan Bityan shahri Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanidagi Qangha 
shahar xarobasi o’rnida bo’lgan, degan fikrlar mavjud. 
Qang’uy davlati bir-biriga teng bo’lgan o’troq - xo’jalik hududlaridan iborat beshta 
kichik hokimiyatni o’z ichiga olgan. Ular Qang’uy ittifoqi ishtirokchilariga qaram bo’lgan Suse, 
Fumu, Yuni, Gi, Yuyegyan hududlaridan iboratdir. A.N. Bernshtamning fikricha, Yuni-Toshkent 
vohasida, Suse – Sirdaryo va Arisning o’rta oqimida, Fumu – Yangiqo’rg’on atroflari, Gi-
Sirdaryo etaklarida, Yuyegyan esa – Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari 
Xorazm, Shosh, Sug’d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi 
hududlarni o’zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o’lkaning janubida joylangan boshqa 
davlatlar (jumladan Parfiya, Kushon va boshqa)dan farqli o’laroq Qanguy davlatida 
ko’chmachilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan. Mil. avv. II-I asrlarda Orol dengizining 
shimoliy sharqidagi Yantsay (Hozirgi Qizil O'rda) va Yan erlari ham qang'arlar tobeligida 
bo'lgan. Qang davlatini chegarasi manbalarda aniq ko’rsatilmagan. Lekin Karim Shoniyozovning 
ma’lumotlariga qaraganda Qang’lilar shaharada Farg’ona vodiysi, shimoliy-sharqida usunlar, 
shimoli-g’arbda Sarisu daryosi va g’arbda Sirdaryoning o’rta oqimi bilan chegaradosh bo’lgan. 
Bu chegarada qangarlarga qarashli bir necha viloyat va ularga tobe bo’lgan qabilalar joylashgan.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida, shu jumladan, o’zbek xalqining tarixida qang davlatining 
o’rni benihoya kattadir. Bu davlat xududida yashovchi qadimgi eroniy tillarga yaqin tilda 
so’zlashuvchi tub yerli xalqlar Janubiy Sibir, Oltoy, Sharkniy Turkiston va Yettisuv viloyatlarida 
yashovchi turkiy tilda suzlashuvchi xalqlar bilan o’zaro yaqinlashadi. Oqibatda miloddan avvalgi 


II-I asrlarda Sirdaryoiing o’rta oqimlari tumanlarida turkiy tilda so’zlashuvchi yangi etnos xalq 
birligi vujudga kela boshlaydi. Bu yangi xalq-etnos sekin-asta son jihatdan ko’payib, mazkur 
hududdagi viloyatlarda o’z ustun mavqeyiga ega bo’la bordi. Natijada ular alohida Qangar 
millati nomi bilan shakllanadi. Ana shu elat birligi asosida tashkil topgan Qang davlati yetti asr 
yashadi. Milodning v asri o’rtalariga kelib, Qang’ davlatining yemirilishi bilan uning tarkibidagi 
elat va qabilalar ham tarqalib ketdi, o’rnida yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar qaror 
topdi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish