So`nggi > arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari
poleolit
> suyak va yog`ochdan yasalgan tishli qarmoq-
mehnat
garpunlar
qurollari > ignalar, nayza uchlari
3.Ona urug’i jamoasining shakllanishi va taraqqiyoti.
So`nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o`zgarish ibtidoiy to`da o`rnida urug`
jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo`ldi. Qon-qarindoshlikka asoslangan urug` jamoalari
ona urug`i doirasida rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Bir urug`dan tarqalgan
odamlar jamoasi katta bir g`orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan,
birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug` a`zolarining umumiy mulki
hisoblangan. Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni o`rgatish ishlariga
urug` oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug`ning eng tajribali va hurmatli a`zosi oqsoqol bo`lgan.
Odamlar tosh va suyakka tasvir tushirishni, ayollar uchun turli bezak va taqinchoqlar,
ayollarning
haykalchalarini
yasashni
o`zlashtirganlar.
G`orlarning
devorlariga
yirik
hayvonlarning tashqi ko`rinishini, ov manzaralarini tasvirlovchi rasmlar chizganlar. Hayvonlar
va ovchilarning harakatlarini namoyon etuvchi o`yin-raqslar vujudga kelgan. Shu tariqa, tasviriy
va amaliy san`at paydo bo`ladi.
So`nggi paleolit davridayoq insonning evropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy turlari paydo
bo`ladi.Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko`rsatkichi bo`lmay, tabiiy shart-sharoitlar
ta`sirida vujudga keladi. evropoidlar evropada, Negroidlar Afrikada, Mongoloidlar Shimoliy,
Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.
Odamlarning kashfiyotlari
Toshdan uchi o`tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt shoxlaridan tayoq va so`yil kabi qurollar
yasaldi. Termachiliq ovchilik.
Olovdan foydalanishning o`zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan qo`l chopqichi, pichoq, teshuvchi
bigizlar yasaldi.
Urug` jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va erto`lalar qurildi. Arralovchi, shiluvchi,
teshuvchi tosh qurollari, igna, nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o`zlashtirildi.
Haykaltaroshliq tasviriy san`at, suyak taqinchoqlar yasash vujudga keldi.
O`q-yoy (kamon), irg`ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka ovchiliq daydi hayot yuzaga keldi.
Mollarni qo`lga o`rgatila boshlandi, boshoqli o`simliklarni o`stirish o`rganildi. Qoyatosh
suratlari paydo bo`ldi.
Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh moslamali suyak o`roq, don yanchgich,
sopol idishlar yasaldi. Dehqonchiliq chorvachiliq hunarmandchilik vujudga keldi. Suvda suzish
moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va o`troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, to`quv
dastgohlari vujudga keldi. Jun va o`simlik tolasidan kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish xo`jaligi
shakllandi.
Mis kashf etildi, misdan bolta, o`roq, nayza uchlari, xanjar qurollari, taqinchoq va bezak
buyumlari yasaldi. Patriarxatga o`tildi.
Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o`roq, ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar,
zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g`ildiraq arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo`ldi.
Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o`zlashtirildi. Yorg`uchoq, o`g`ur, charx-urchuq
yasaldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O`troq dehqonchiliq sug`orma
dehqonchiliq savdo aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo`ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar,
mulkiy tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi
Nazorat uchun savollar:
1.
Qadimgi odamlarning mashg’ulotlari haqida gapirib bering.
2.
Ona(matriarxat) urug’i jamoasining shakllanishi va taraqqiyoti
3.
Samarqand makoni, Ko’lbo’loq Uchtut ustaxonalari haqida aytib bering.
4.
Dehqonchilik va chorvachilik qachon vujudga keldi?
5.
Joytun, Xisor, Kaltaminor madaniyatlari haqida nimalar bilasiz?
6.
Ibtidoiy odamlarining diniy qarashlari?
7.
Sarazm va Zamonbobo madaniyatlari haqida nimalar bilasiz?
8.
Temir kashf qilinishining O’rta Osiyo madaniyati rivojlanishidagi axamiyati?
Do'stlaringiz bilan baham: |