Узбекстан тарийхы лекция


Temuriylar davrida xattotliq tasviriy san`at va musiqa madaniyati



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/125
Sana25.04.2023
Hajmi1,54 Mb.
#931449
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125
Bog'liq
Узбекстан тарийхы лекция

3.Temuriylar davrida xattotliq tasviriy san`at va musiqa madaniyati 
Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davrixattotligi va 
naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh 
Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. 
Masalan, nastalik xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ul-kuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi 
Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko`plab bebaho qo`lyozmalarini kitobot 
holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididin Attor, Xo`ja Xofiz, 
Sa`diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz 
daholarining ko`plab asarlari ham uning betinim sa`y-harakatlari bilan ko`chirilib, avlodlarga 
armug`on etilgan. 
 
Tasviriy san`atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, 
Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko`zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin 
tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o`zining tabiiyligi, tiniqligi va 
originalligi bilan kishini hayratga soladi. 
Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o`g`li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan 
o`ziga xos badiiy akademiya rolini o`ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko`plab 
mo`yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, 
miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», 
Sa`diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga 
ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o`z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
 
Musavvirlik san`atining tengi yo`q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455- 1537) ijodi ham 
Temuriylar davri san`atining yuqori cho`qqisi hisoblanadi. Uning mo`yqalamiga oid hadsiz-
hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», 
Sa`diyning «Bo`ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura 
namunalari yohud Hirotdagi «Bog`i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go`r», «Tuyalar jangi» 
tasvirlari va shunga o`xshash rassomchilik asarlari bu tug`ma ijodkor iste`dodining yuksak 
mahorati namunalaridir. 
Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san`ati ham alohida o`rin tutgan. Alisher Navoiy 
«Mezonul-avzon» asarida xalq qo`shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular - 
tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur 
davrida san`at va musiqa olamida mashhur bo`lgan siymolardan biri Abduqodir Go`yanda (1334-
1435) bo`lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa 
san`atida Hirot ijodiy muhitining o`rni benihoya katta bo`lgan. Hirot musiqashunoslari o`z 
ijodlarida Navoiyning she`r va g`azallaridan keng ijodiy foydalanganlar. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish