Matn yuzasidan savollar
1. O‘zbekistondagi qanday qadimiy shaharlarni bilasiz?
2. Samarqand, Buxoro, Xivadagi qanday me’moriy obidalarni bilasiz?
3. O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishida me’moriy obidalarning o‘rni qanday?
4. Biz tarixiy obidalarni saqlash uchun nima qilishimiz kerak?
2. Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling.
1. O‘zbekistonning qadimiy yodgorliklarini ko‘rgani juda ko‘p sayyohlar kelishadi.
2. Samarqanddagi ko‘p me’moriy obidalarini Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan.
1. Многие туристы приезжают посмотреть на древние памятники Узбекистана.
2. Многие архитектурные памятники Самарканда были построены Мирзо Улугбеком.
3. Telefondan foydalanish qoidalari haqida gapiring.
Dars jarayoni va turli tadbirlar oldidan telefonni o‘chirib qo‘ying. Chunki nurlanish atrofingizdagilarga zarar yetkazishi bilan birga, axloqiy madaniyatga ham to‘g‘ri kelmaydi.
Suhbat davomida mobil telefonni boshdan 3 sm.dan yaqin bo‘lmagan masofada ushlang,
chunki bu oraliq masofada telefon o‘zidan maksimal darajada nur tarqatadi. Mashina yoki avtobusning ichida mobil telefondan foydalanmang, chunki elektromagnit to‘lqinlar metall korpusdan qaytib bir necha bor kuchayadi.
13- BILET
1. “Odobli bo‘ling” matnini o ‘qing va savollar tuzing.
Odobli bo‘ling
O‘zingizdan kattalarga yo‘l bering. Ularga avtobus va boshqa joylarda o‘rin bering. Yoningizdagi kishining biror narsasi yerga tushib ketsa, uni darhol olib bering.Uyda odamlar oldida taltayib yotmang, stul, divanda yastanib o‘tirmang, qo‘lni orqaga qilib yoki cho‘ntakka tiqib, kekkayib turmang.
Xushmuomala bo‘ling. Baqirib, jerkib, qo‘lni paxsa qilib yoki birovni qo‘l bilan ko‘rsatib so‘zlashmang, qo‘rslik qilmang. Har kuni ertalab ota-onangizga, aka, opalaringizga salom bering. O‘zingizdan kattalarni ko‘rga ningizda, albatta, salom bering. Kattalarning gapiga aralashmang, kattalar qo‘l uzatsalargina ular bilan qo‘l be rib ko‘rishing. “Marhamat”, “rahmat”, “ruxsat eting”, “iltimos qilaman”, “kechirasiz”, “uzr” kabi so‘zlarning qachon aytilishini bilib oling. Yomon, uyat gaplarni aytmang. Oqsoq, g‘ilay, soqov va boshqa kamchiligi bo‘lgan kishilarni masxara qilmang, boshqalarga laqab qo‘ymang.
(Donolar bisotidan)
Savollar
1. “Odobli bola” qanday sifatlarga ega bo‘lishi kerak?
2. Odobli bo‘lmoq uchun yana nimalar qilish kerakligini so‘zlab bering.
3. Jamoat joylarida yoshlarning o‘zlarini tutishlari haqida nima deya olasiz?
4. Barkamol inson qanday bo‘lishi kerak?
5. Boshqa insonlar bilan munosabatda qaysi so‘zlardan foydalanishingiz kerak?
2. Berilgan maqollardagi vositali va vositasiz to‘ldiruvchilarni toping. Oltin o‘tda bilinadi ,
odam mehnatda. Arslon izidan qaytmas, yigit so‘zidan. Birni kessang, o‘nni ek.
vositali: o'tda, mehnatda, izidan, so'zidan
vositasiz; birni, o'nni
Do'stlaringiz bilan baham: |