Bangiyalar sinfi - Bangiodaceae
Ushbu sinfga tallomi nisbatan sodda tuzilgan, jinssiz, ko`payishi
monosporalar hosil qilish bilan, jinsiy ko`payishi esa yuksak tuzilgan vakillarida
trixoginasiz karpogonlar yordamida amalga oshuvchi qizil suvo`tlari kiradi.
Sinfning keng tarqalgan vakillaridan biri Porfira (Porphyra) bo„lib, u 20-30 sm
keladigan plastinkasimon suvo„ti. Substratga rizoid yordamida birikib, plastinkasi
1-2 qavat hujayralardan tashkil topgan bo„ladi. Ba‟zi turlarida karpogon kalta
trixogina hosil qiladi. Porfira oziq-ovqat sifatida iste‟mol qilinadi. Ayniqsa,
Yaponiyada porfirani qizil salat deb yuritilib, maxsus suv havzalarida
ko„paytiriladi va oziq-ovqatga ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |