Dizyunksiya esa zidlanish xarakteridagi tasdiq va inkor tarzida voqealanuvchi, o’zaro muqobil hodisalarni bildiradi. O’zbek tilida yo, yoki, yoxud o’rdamchilari vositasida birikuviga asoslangan paradigmatik munosabat ro’yobga chiqadi.
Konyuksiya va dizyunksiya hodisalarini har qanday tilning fonetik, leksik, morfologik, sintaktik kabi sathlarida izohlash mumkin.
Masalan, fonema tushunchasining unli va undosh tarkibidagi muqobillari dizyunksiya amaliga daxldor bo’lsa, (a o’ki b, g o’ki u), unlilarning (i va e, u va o, o’ va a), undoshlarning (v, g, d, j, z, k,…) o’zaro munosabati konyuksiya amalining tildagi ifodasi sanaladi.
Konyuksiya va dizyunksiya amallari lug’aviy sath birliklarining ma’no tarkibida ham juda faol ishtirok qiladi. Buni lug’aviy sath tarkibiga kiruvchi har bir LSG (leksik-semantik guruh) misolida isbotlash mumkin.
Masalan, turkey tillarda, jumladan o’zbek tilida qavm-qarindoshlik munosabatini bildiruvchi farzand,ota, ona, amaki,ini, uka, aka, singil, opa, og’a, amma, tog’a, pochcha, o’g’il, qiz, nevara, xola, bobo, buvi kabi so’zlarning ma’no ko’rinishlari bir umumiy LSGni tashkil qiladi1. O’zbek tilidagi qavm-qarindoshlik terminlari o’zlarining kelib chiqishi va ma’nosiga ko’ra asosan uch katta LSGga bo’lib o’rganilmoqda:
1.Qon-qarindoshlik terminlari.
2. Nikohdan keyin paydo bo’lgan qarindoshlik terminlari.
3. Yaqinlik nomlari.
1.Qon-qarindoshlik terminlariga o’zbek tilida ona, ota, aka, uka, tog’a, xola, buva (bobo), buvi, amma, nevara (nabira) kabi ma’nolarni ifodalovchi terminlar kiradi.
2. Nikohdan keyin paydo bo’lgan qarindoshlik terminlarini er, xotin, kuyov, kelin, pochcha, boja, ovsin, qayin ona, qayin ota, quad, quad xola, quad buva, o’gay ota, o’gay ona, o’gay bola, o’gay o’g’il, o’gay qiz singari terminlar tashkil etadi.
3. Yaqinlik nomlari deb atalgan bu guruhga kiruvchi terminlar yuqoridagi ikki guruhga mansub terminlar oldidan “tutingan” so’zini va egalik qo’shimchalarini keltirish bilan hosil qilinadi: tutingan ota+m, tutingan ona+m, tutingan qiz+im, tutingan o’li+m, tutingan aka+m, tutingan uka+m, tutingan opa+m, tutingan singli+m, tutingan kuyov+im, tutingan kelin+im, tutingan tog’a+m, tutingan amma+m kabilar.
Qon-qarindoshlik terminlari o’z navbatida o’z guruhidagi terminlar bilan birga – ota-ona, ota-bobo, tog’a-jiyan, opa-singil, aka-uka,kelin-kuyov, nevara-chevara, amma-xola kabi shakllarda juftlashib, ko’plik va jamlash ma’nolarini ifodalashga xizmat qiladi.
Bu semantik birliklar orasida o’zaro dizyunksiya va konyunksiya munosabatlari ifodalanadi. Masalan, farzand so’zi giperonimi xarakteridagi atama bo’lib, uning semantik tarkibida dizyunktiv munosabatdagi ikki ma’noviy birlik mavjud bo’ladi. R=xy (farzand = qiz yoki o’g’il). Bu semantik birliklar o’zaro dizyunktiv munosabatda. Ko’p farzandli oilalarda bolalar yana ichki semantik dizyunktiv birliklariga ajraladi: Katta o’g’il yoki kichik o’g’il. Bunday munosabat sintaktik birliklarda so’z birikmalari yordamida nevara // nabira giperonimini ifodalash uchun qo’llaniladi: O’g’ilning farzandi yoki qizning farzandi = nevara; Katta o’g’ilning farzandi yoki kichik o’g’ilning farzandi = nevara; Katta qizning farzandi yoki kichik qizning farzandi = nevara; Katta o’g’ilning farzandi yoki kichik qizning farzandi = nevara kabilar.
Qavm-qarindoshlik atamalarining hammasida ham, ularning ma’no qamrovi konyuktiv va dizyunktiv munosabatdagi semantik birliklar ularni belgilovchi bosqichlarga ko’ra o’zaro farqlanishi mumkin:
Otaning akasi yoki ukasi= amaki (dizyun)
Katta amaki va kichik amaki=amaki (konyun)
Otaning opasi yoki singlisi=amma (dizyun)
Katta amma va kichik amma = amma (konyun)
Shunday qilib, farzand, nevara (nabira), amaki, tog’a, aka, uka, singil, amma, xola singari qavm-qarindoshlikni ifodalovchi leksemalarining ma’no qurilishi bilan bog’liq bunday talmindan shu narsa ma’lum bo’ladiki, dizyunksiya va konyunksiya munosabatlari doim yonma-yon turadi. Ularni biri bor joyda ikkinchisini aniqlash ham mumkin. Hatto ular ayrim tillarda o’zaro qorishib ketgan holda ifodalanadi. Masalan, rus tilida amma (tetya), xola (tetya), singil (sestra, mladshaya sestra), tog’a (dyadya) singari qavm-qarindoshlik atamalarini qo’llashda turkiy tillardagidek farqlanish unchalik ko’zga tashlanmaydi. Semantik birliklarning bunday bog’lanishi qarindoshlikni bildiruvchi boshqa atamalarga ham tegishlidir. Bularni o’rganish til hodisalarini sistema sifatida tushunishga oson yo’l ochadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |