a) predikativ munosabat;
b) predikativ bo’lmagan munosabat.
b) Transformasion qoidalar deb odatdagi bevosita tuzuvchilar modeli asosida yaratiladigan yangi gaplarga o’tish qoidalariga aytiladi.
3. Tilni ehtimollik belgilariga ko’ra tahlil qilish metodlari
Bunday tahlil til elementlarini statistik tavsiflar asosida baholash demakdir. Til birligining gapda yoki matn tarkibida qo’llanish chastotasiga, darajasiga ehtimollik deyiladi. Bu nazariya umumiy tasodifiy qoidalar, hodisalar bo’ysunadigan qonuniyatlarni o’rganadi. Ehtimollik nazariyasiga ko’ra quyidagi 3 voqea bir-biridan farq qiladi:
a) Ishonchli voqea – ma’lum sharoitlar to’plamida albatta yuz beradigan voqea.
b) Mumkin bo’lmagan voqea – ma’lum bir matnda uchramaydigan birliklar
v) Tasodifiy voqea – ma’lum bir matnda ayrim hollarda uchraydigan til birliklari.
Statistik xususiyati o’rganilao’tgan konkret natijalar tanlanma deb yuritiladi. Tanlanmaning hajmi o’ki miqdorini ehtimollik nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega. Tanmalar soni har xil bo’lishi mumkin. Shu asosda ma’lum bir tilning muayyan uslubiga xos tipologig xususiyatlarni aniqlash mumkin. O’zbek tilida gap tuzish paytida so’z formalarining 65% foyizi sintaktik va aralash tildagi so’z o’zgartirish shakllari, qolgani 35% esa faqat analitik tildagi so’z o’zgartirish formalari tashkil qilishi aniqlangan. Shunga ko’ra hozirgi o’zbek adabiy tilida agglyutinativ ajratuvchi tilga xos xususiyatlar etakchi o’rin tutadi, degan xulosaga kelingan.
Ehtimollik nazariyasi asosida so’zlarning qo’llanish chastotasi, bo’g’inlar tarkibida harflarning kelish miqdori ham aniqlanadi. Masalan, tilshunos olim Z.Isomiddinov o’zbek tilida so’z boshida kelish jihatidan faol bo’lgan tovushlarni aniqlash maqsadida 67 ming leksemadan iborat “O’zbek tilining imlo lug’ati” (1976)ni tanlab, tilimizda so’z boshida keladigan tovush (harf) lar intensivligi quyidagicha ekanligini aniqlagan2:
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
Harf
|
Soni
|
T (1)
|
6326
|
Ch (10)
|
2342
|
O’ (19)
|
1246
|
Yo (28)
|
790
|
B (2)
|
5330
|
P (11)
|
2288
|
R (20)
|
1216
|
Ya (29)
|
782
|
K (3)
|
4392
|
I (12)
|
2240
|
U (21)
|
1174
|
Yu (30)
|
526
|
A (4)
|
4184
|
G (13)
|
1938
|
J (22)
|
1164
|
Ye (31)
|
462
|
S (5)
|
4156
|
Sh (14)
|
1926
|
V (23)
|
1028
|
Y (32)
|
448
|
H (6)
|
4092
|
H (15)
|
1644
|
F (24)
|
1024
|
Ts (33)
|
100
|
M (7)
|
3732
|
N (16)
|
1526
|
G’ (25)
|
1018
|
Ъ (-)
|
-
|
O (8)
|
2838
|
X (17)
|
1496
|
Z (26)
|
1003
|
Ь (-)
|
-
|
D (9)
|
2616
|
E (18)
|
1256
|
L (27)
|
890
|
|
|
Keltirilgan jadvaldan ma’lum bo’ladiki, “t” tovushli so’zlar barcha tahlil qilingan so’zlarning 10,0 foyizdan ko’prog’ini tashkil qiladi; undan keyingi o’rinlarni “b”, “k” va “a” tovushli so’zlar egallaydi. Ularning foyiz ko’rsatkichi quyidagicha: “b” – 12,5; “k” – 15,2; “a” – 16,0 kabilar. Bu jadvalning oxirgi o’rinlarini yo, ya, yu, ye va y harflari bilan boshlanuvchi so’zlar egallagan. Bunday tahlillarni yana davom ettirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |