AVTOMATIK TAHRIR QILISH UCHUN
YARATILADIGAN DASTURLAR HAQIDA
Tayanch iboralar: avtomatik tahrir, avtomatik tahrirning lingvistik ta’minoti, o’zbekcha matnlarni system-statistik tahrir qilish usullari, o’zbekcha matnlarning kvantitativ modellari, leksik-semantik guruh (LSM), harakat fe’llari, ob’ektsiz harakat fe’llari, ob’ektli harakat fe’llari.
Tahrir jarao’nini avtomatlashtirish uchun birinchi navbatda uning lingvistik ta’minotini amalga oshirish kerak. Bu ta’minotni muhandis-tilchunoslar amalga oshiradilar. Bunday ta’minot bo’yicha o’zbek tilshunosligida o’tgan asrning 80-yillaridan boshlab ma’lum ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, S.Muhammedov o’z ustozi R.Piotrovskiy bilan hamkorlikda 1989-yilda “Injenerlik tilshunosligi va o’zbekcha matnlarni sistem statistik tahlir qilish tajribasi” nomli ishni rus tilida e’lon qilgan edi. Shu ishning 3-4-bobida o’zbekcha matnlarning kvantitativ modellari keltirilgan1.
Avtomatik tahrir qiluvchi dasturning lingvistik ta’minotini yaratish uchun birinchi navbatda o’zbek tilidagi fe’llarning LSGlarini semantik maydon sifatida ajratish, ularning ma’no tuzilishini va grammatik xususiyatlarini modellashtirish zarur bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi birgina harakat fe’llarini S.Muhamedova quyidagicha 9 gurihga ajratib tasbif qilmoqda2:
1.Ob’ektsiz harakat fe’llari:
1. Gorizontal harakat fe’llari: yurmoq, intilmoq, yo’rg’alamoq,gandiraklamoq kabi.
2. Vertikal harakat fe’llari: tomchilamoq, pastlamoq, yuqorilamoq, balandlamoq, sakramoq, sapchimoq kabi.
3. Aylanma harakat fe’llari: aylanmoq, pildiramoq, dumalamoq, ag’anamoq kabi.
4. Tebranma harakat fe’llari: liqillamoq, tebranmoq, chayqalmoq, silkinmoq kabi.
5. Nafas va tovush chiqarish harakatini ifodalovchi fe’llar: puflamoq, yo’talmoq, chiyillamoq, uvlamoq, pishqirmoq kabi.
6. Predmetning tik holatdan boshqa holatga o’tishini ifodalovchi fe’llar: yiqilmoq, munkimoq, qulamoq kabi.
2. Ob’ektli harakat fe’llari:
1.Natijali ijroni bildiruvchi fe’llar: ishlamoq, qurmoq, ulamoq, tugmoq, qantarmoq, artmoq, qayirmoq kabi.
2. Natijasi mavhum bo’lgan ijroni ifodalovchi fe’llar: titkilamoq, kovlamoq, qidirmoq, axtarmoq, izlamoq kabi.
3. Og’iz bo’shlig’idagi harakatlarni ifodalovchi fe’llar: yalamoq, totmoq, kemirmoq, cho’qimoq kabi.
O’zbek tilidagi harakat semali asosidagi bu ma’lumotlar kompyuter dasturlari (tarjima, tahrir kabilar) uchun lingvistik ta’min yaratishga xizmat qiladi. Demak, fe’l semantikasi va valentligini o’rganish asosida kompyuter dasturlari uchun lingvistik ta’min yaratish mumkin. Shunisi muhimki, o’zbek tilidagi harakat fe’llarini tahlil qilish orqali yaratilgan bu lingvistik ta’min asosida kompyuter dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, u sanoqli daqiqalarda quyidagi ishlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega: 1) o’zbek tilidagi fe’llarning imlosini tekshiradi; 2) harakat fe’llarining barcha tuslanishli shakllarini o’zbek tilidan ingliz tilidaga tarjima qiladi; 3) harakat fe’llarini grammatik va semantik jihatdan tahlil qiladi; 4) harakat fe’llarining valentligini va sintaktik qurshovini ko’rsatib beradi.
Kelajakda o’zbek kompyuter lingvistikasi fani oldida barcha so’z turkumlariga oid ana shunday kompyuter dasturlari ishlab chiqishdek murakkab vazifa turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |