1) don massasi yuqori kavatlarining ogirlik bosimi ostida pastki kavat donlari
4) don massasidagi ayrim fiziologik jarayonlarning rivojlanishi natijasida
Jipslashishning birinchi sababi fizikaviy sabab deb talkin qilinishi mumkin.
Jipslashish elevator siloslarida kuzatiladi. Zichlashuv siloslarni tuldirish paytida ruy
53
bera boshlaydi va uning shakli, kundalang kesim ulchamlari va balandligidan
(kundalang kesim yuzasi va balandligi kanchalik katta bulsa, zichlashuv har shuncha
katta bo`ladi) boglik holda juda yuqori darajaga etishi mumkin. Bundan tashqari
zichlashuv don turi va uni saqlash muddatidan har boglik: ogir don kamrok, pustlokli
don esa ko`prok zichlashadi.
Donning zichlashuvi harmadan ko`prok siloslarning pastki kavatlari va
burchaklarida ruy beradi va bu erda ko`pincha guvalalar har hosil bo`ladi.
Don massasi siloslarda ikki-uch yil kuzgatmasdan saqlansa, uni chikargandan
sung silos devorining ichkari tomonlarida yaxlit yoki ayrim uyali ko`pkavatli kattik
don katlamlari hosil bo`lib, ularni yukotish uchun mexanik ta`sirlar kullaniladi.
Jipslashuv ko`pincha kichik okuvchanlikka ega bo`lgan nam va xul donlarni
saqlashda yuz beradi. Bunaka don partiyalarini katta balandlikda saqlaganda pastki
kavatlarda presslanish holatlari kuzatiladi. Bunda xatto aloxida donlarning shakli
uzgaradi - ularda chukurchalar paydo bo`ladi.
Jipslashuvning ikkinchi sababi - donning muzlashi - bu har fizikaviy tabiatga
ega bo`lgan xususiyatidir. Kuzgalmas holatdagi (ombor yoki maxsus maydonchada)
xul don massasi muzlashda mustaxkam katta harsang parchalarga aylanadi.
Jipslashuvning uchinchi sababi - uz-uzidan kizish holatidir. Asosan don
massasi uz-uzidan kizish jarayonida ko`prok jipslashadi. Uz-uzidan kizishning
utishgan shakllarida donning okuvchanligi butunlay yukoladi va donlar uzaro
elimlanib, yuqorigi katlamlarning ogirligi ta`sirida kuchli iskanjalanadilar. SHunday
holatlar ma`lumki, xatto jipslashgan katta don harsanglari siloslardan lom yordamida
sindirib olingan.
Jipslashuvning turtinchi sababi - don massasidagi fiziologik jarayonlarning
rivojlanishi. Uz-uzidan kizish jarayonida don strukturasining buzilishi okuvchanlik,
jipslashuv va don massasining presslashishiga imkon beradi. Mikroorganizm,
xashorat va kanalarning ta`siri ostida don kobigining strukturasi buziladi, qisman
ichki tukimalar deformatsiyalanadi; donning hayot faoliyati har uning deformatsiyasi
va buzilishiga imkon beradi. Ayniksa, bu holat donning kukarish vaktida sezilarli
bo`ladi.
Kaysi sabablarga ko`ra don massasi jipslashmasin uni uz vaktida oldini olish
yoki yukotish zarur. Don massasi jipslashuvining dastlabki boskichidayok uni xech
kanday maxsus kuch va harajatsiz normal holatga keltirish mumkin, buning uchun
fakat uni boshqa joyga kuchirishgina kifoya. Bu narsa saqlashda don massasi kattik
jipslashuvining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: