Birinchi tenglik dissimlyatsiyaning aerob jarayonini harakterlab-aerob nafas
Ikkinchi tenglik spirtli bijgish-anaerob jarayonni aks ettiradi. Bunda kam
26
Nafas olish jarayonining u yoki bu turi ekanligini nafas olish koeffitsenti
2
2
O
CO
K
yordamida talkin qilish mumkin.
Moyli o`simliklarda bu koeffitsent 1 dan kichik bo`ladi. Sababi bunda kislorod
nafakat nafas olishga, balki moyning oksidlanishiga har sarf bo`ladi.
4.4. Saqlashda donning nafas olishidan kolgan asoratlar.
Yuqorida ko`rsatilgan tengliklar shuni ko`rsatadiki, nafas olish jarayoni
kuyidagi holatlar:
-dondagi kuruk moddalarning isrofiga;
-gigroskopik namlikning oshishi don oraligi fazosida xavo nisbiy namligining
kutarilishiga;
-don oraligi fazosidagi xavo tarkibining o`zgarishiga;
-don massasidagi issiklikning yuzaga kelishiga olib keladi.
O`simlikdan ajratib olingan don va urug`lar saqlashda nafas olish jarayoni
tufayli yukotgan moddalarni qayta tiklash xususiyatiga ega emaslar.
Binobarin, saqlashda nafas olish jarayoni organik moddalarning yukolishi bilan
baravar kechadi. Bu esa kuruk moddalarning yukolishiga olib keladi. Kuruk
moddalar yukolish miqdori nafas olish jadalligiga boglik: u kancha jadal borsa, kuruk
moddalar shuncha ko`p yukoladi. Nafas olish jarayonida glyukozaning oksidlanishi
natijasida ajralib chikkan suv donga singadi va uning namligini oshiradi. Agar shu
holatda don uyumi kuzgalmay saqlansa va shamollatilmasa, u holda don orasi
bushligidagi xavoning har nisbiy namligi oshadi. SHunday qilib, jadal nafas olish
natijasida don uyumining namligi oshib ketadi.
Don massasi namligining oshishi uz navbatida nafas olish jadalligining
kuchayishiga va mikroorganizmlar rivojlanishiga olib keladi.
Nafas olish natijasida dondan karbonat angidrid ajralib chikadi. Agar don
massasining joyi almashtirilmasa, karbonat angidrid xavo tarkibidagi boshqa
gazlardan ogirrok bo`lganligi sababli don orasi bushliklarida utirib koladi. Bu holat
ayniksa, elevatorning etarli darajada germetik bo`lgan ichki siloslarida yakkol
kuzatiladi. SHunday qilib, don massasida anaerob nafas olish jarayonini yuzaga
keltiruvchi sharoit yaratiladi.
Anaerob nafas olish don xujayralari hayot funktsiyasini bugib kuyadigan etil
spirtli hosil bo`ladi.
Aerob va anaerob nafas olish jarayonida dondan energiya ajralib chikadi.
Aerob nafas olishda glyukozaning to`liq oksidlanishi yuzaga keladi va shuning uchun
bir gramm-molekula glyukoza uchun 2702 j issiklik ajralib chikadi. Anaerob nafas
olishda esa glyukoza to`liq parchalanmasdan spirt va karbonat angidrid hosil
bo`lganligi uchun 118 j issiklik ajraladi.
Nafas olish jarayonida ajralib chikkan issiklik don massasining uz-uzidan
kizish holatiga olib keluvchi asosiy sabablardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: