11.3. Qabul qilingan donni saqlash korxonalarida joylashtirish.
Donni joylashtirishda har bir don partiyasining sifat ko`rsatkichlari hisobga
olinadi va uni kaysi maqsadlarda foydalanilishi, shuningdek har bir don partiyasining
har xil saqlash sharoitlarida chidamliligi hisobga olinadi.
Botanik xususiyatlari. Donning unboplik, non yopish va yorma olish
xususiyatlarini belgilovchi tipi, kichik tipi, navi hisobga olinadi. SHuning uchun kelib
tushgan don partiyalari navi , tipi, kichik tipiga karab aloxida-aloxida saqlanadi.
Don massasining namligi. Namligiga karab: kuruk va O`RTA kuruk don
massalari nam va namligi 22 % dan yuqori bo`lgan don massasi esa har 6 % dan
keyin aloxida partiya qilib joylashtiriladi. SHoli uchun esa bu oralik 3 % ni tashkil
qiladi. Kurukligi bo`yicha qabul qilingan don tarkibidagi namligiga karab
kuyidagicha farklanadi:
- kuruk don - namligi W < 14 %;
- O`RTA kuruk don - namligi W = 14,0...15,5 %;
- nam don - namligi W = 15,5...17 %;
- xul don - namligi W > 17 %.
Don
massasidagi
aralashmalar
soni
va
tarkibi.
Don
massasidagi
aralashmalarning miqdori va tarkibiga karab har don massasi aloxida partiyalar bilan
joylashtiriladi. Tarkibida ko`p begona aralashmalarni saqlagan don massasi siloslarda
saqlanilishi kerak. Toza va O`RTA toza donlar bitta partiya qilib joylashtiriladi.
Ifloslik holati bo`yicha qabul qilingan don kuyidagicha farklanadi:
- toza don - If < 1 %;
- O`RTA toza don - If = 1...3 %;
- iflos don - If > 3 % .
Don massasining xashoratlar va kanalar bilan zararlanishi. Zararkunandalar
bilan zararlangan don kelib tushgandan keyin ularning tarkalishiga yul kuymaslik
uchun uni boshqa don saqlagichlardan izolyatsiya qilingan don saqlagichlarga aloxida
79
joylashtiriladi. Bu don saqlagichlar zararsizlantirish choralarini kurish uchun kulay
bulishi kerak.
Donni foydalanish maqsadi. Bu har joylashtirishda hisobga olinadi. Urug`lik
maqsadidagi donlar ozuka maqsadida qabul qilingan donlardan aloxida saqlanadi.
Boshqa belgilariga karab joylashtirish. Don defektlariga karab joylashtirilishi
mumkin. Usgan donlar aloxida joylashtiradi. Toshbakasimon-bit bilan zararlangan
don partiyasi har boshqa donlardan aloxida qilib jshylashtiriladi. SHuningdek
donlarni don saqlagichlarga joylashtirish balandligi har hisobga olinadi. Bu uning
foydalanish maqsadiga, holatiga, saqlash muddatiga, tipiga va texnologik holatiga, yil
fasli va korxonaning geografik zonasidan boglik. Ozuka va em uchun foydalanishga
muljallangan, aralashmalardan tozalangan kuruk don (kritik namlikdan past bo`lgan)
balandligi cheklanmasdan saqlanishi mumkin. Namligi 17 % dan yuqori bo`lgan
donni uning harorati va yil faslidan boglik holda 1,0-2,5 m balandlikda joylashtirish
mumkin. Sovutilgan va aktiv shamollatish kurilmasi bilan uskunalangan omborlarda
saqlanayotgan donni yuqori balanlikda joylashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |