10.10. Retsirkulyatsion donkuritgichlar.
RD-2x25-70 turidagi retsirkulyatsion donkuritgichlar. Kuritgichni ikkita
parallal ishlaydigan RD-25 quritish apparati tashkil qiladi. Ularni bir vaktning uzida
turli sifatlarga ega bo`lgan 2ta don partiyasi uchun yoki bir xil tarkibli don massasini
parallel quritishda ishlatish mumkin.
Kuritgich binodan tashqarida LS-6x100 elevatori korpusiga yopishtirib yoki
LS-4x175 va LSV-4x175 elevatorlarida silosli korpus va ishchi bino ichiga
joylashtirilishi mumkin. Kuritgich bilan bir komplektda suyuk yokilgida ishlaydigan
yokilgixona har montaj qilinadi. Kuritgichning barcha qismlari zavodda yasalib,
kurilish maydonchasiga balandligi 1412 mm bo`lgan bulimlar sifatida etkazib
beriladi.
Har kaysi RD-25 quritish apparati qabul bunkeri, kizdirish kamerasi, chuktirish
kamerasi, issiklik-namlik almashtirgich, xavo taksimlovchi kutichalari bo`lgan 2ta
shaxta va harakatlantirgichi bulmagan chiqarish moslamasi, retsirkulyatsion noriya I-
175, ventilyatorlar va xavoutkazgichlardan iborat.
Sigimi 16,4 m2 bo`lgan qabul bunkeri xul va retsirkulyatsiya qilingan donlarni
aralashtirish uchun muljallangan. Don bu bunkerga I-175 noriyasi bilan etkazib
beriladi. Bunkerdan don aralashmasi kizdirish kamerasiga tushadi. Bunker ikki
sektsiyali bo`lib pulat tunukadan tuzilgan. Agar bunker tulib kolsa, ortikcha don uzi
okizuvchi kuvur orkali kizdirish kamerasiga tushadi. Bunkerning pastki qismida
elektrharakatlantirgichsiz kiritish moslamasi joylashgan, u chiqarish teshiklarining
ulchami 190x190 mm bo`lgan turtta voronkadan tuzilgan. Bu moslamadan don uzi
okizuvchi kuvurlar orkali kizdirish kamerasiga tushadi. Kuritgichga tushadigan
donning miqdori chiqarish moslamasi yordamida sozlanadi.
Kizdirish kamerasining ichiga 19 kator diametri 27 mm bo`lgan metall
sterjenlar urnatilgan. Har bir katorda 6 - 7 tadan sterjen mavjud. Sterjenlar bir-
biridan gorizontga nisbatan 400 mm va vertikal bo`yicha 200 mm uzoklikda shaxmat
tartibida joylashgan.
Bu sterjenlar donni tormozlash uchun muljallangan bo`lib, donni kizdirish
kamerasi kesimi buylab tekis tarkalishini ta`minlaydi. Kamera devori kalinligi 50 mm
bo`lgan shisha paxta va tashqaridan 1 mm kalinlikdagi pulat tunuka bilan koplangan.
Quritish agenti kizdirish kamerasining pastki tomonidan diffuzor yordamida
kiritiladi. Ishlatilgan quritish agenti esa atmosfera chuktirish kamerasi orkali
chikariladi. CHuktirish kamerasi ishlatilgan quritish agentidan yengil aralashmalarni
ajratib olishga muljallangan.
"TSelinnaya-30" donkuritgichi. Bu donkuritgich aloxida turgan agregatdan
iborat. "TSelinnaya-30" donkuritgichi mexanizatsiyalashtirilgan omborning kanotiga
urnatiladi.
Mazkur donkuritgich kuritgich usti bunkeridan, kizdirish kamerasidan,
issikliknamlikalmashtirgichdan, xavotaksimlash kutichalari bo`lgan ikkita shaxtadan,
harakatlantirgichsiz chiqarish moslamasidan, operativ bunkerlardan, retsirkulyatsion
76
noriya I-175, juftlangan noriya I-2x100, ventilyator va xavoutkazgichlardan tuzilgan.
CHikindilarni va aspiratsiya tarmogidan sunggi changni yigish uchun muljallangan
ikkita TSOL-18 tsiklonli bunker urnatilgan.
Kuritgichusti bunkeri xul va retsirkulyatsiya qilingan don aralashmasini yigish
hamda uni kizdirish kamerasiga bir makomda uzatish uchun muljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |