Узбекистон республикаси олий таълим вазирлиги т ошкент молия институти молиявий тахлил фанидан тайёрланган мустакил иш


Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko‘rsatkichlarining bir-biri bilan bog‘liqligi



Download 70,38 Kb.
bet2/2
Sana20.03.2022
Hajmi70,38 Kb.
#504351
1   2
Bog'liq
2 5289686703915667968

Umumiy moliyaviy natijalar, ularning tarkibi, tuzilishi va ko‘rsatkichlarining bir-biri bilan bog‘liqligi

Xo‘jalik subyektlarining hisobot davridagi sof daromadi yoki zarari quyidagi elementlar asosida aniqlanadi:


xo‘jalik umumiy faoliyatidan olingan daromad yoki ko‘rilgan zarar;
favqulodda daromad (zarar);
daromad solig‘i to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija (foyda yoki zarar);
sof foyda.
Yalpi daromad xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyatidan olingan daromadlarni o‘z ichiga oladi. Asosiy faoliyatdan daromad mahsulot, ishlar, xizmatlar, tovar-moddiy zaxiralar, boshqa aktivlarni sotishdan, shuningdek’ mukofotlar, foizlar va dividendlar, gonorarlar va xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan rentadan olinishi mumkin.4
Xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida oladigan daromadlari daromadni aniqlashga mos keladigan moddalarni o‘z ichiga oladi.
Birjada muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash va boshqalar asosiy bo‘lmagan faoliyat natijasida paydo bo‘ladigan daromadlarga kiradi. Bunday daromadlar iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda ular haqidagi axborot foydali bo‘lganligi sababli alohida qayd etiladi.
Soliqqa tortiladigan daromad (zarar) soliq qonunchiligiga muvofiq belgilangan hisobot davridagi daromad (zarar) summasini ifoda etadi.
Moliyaviy natijalar – xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda qarorlar qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish maqsadida faoliyat turlarini chegaralash yo‘li bilan ko‘rsatilishi mumkin.
Daromadlar va xarajatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ish natijalarini ko‘rsatish imkoniyatini beradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, omonat egalarining xususiy sarmoyaga ulushlari daromad hisoblanmaydi, xususiy sarmoyaning egalari o‘rtasida taqsimlanishi esa xarajat hisoblanmaydi.
Moliyaviy natijalarni moliyaviy hisobotda aks ettirish masalasi eng muhim masala hisoblanadi. Bunda quyidagi talablarga amal qilinadi:
- aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan ko‘payishi paydo bo‘lganda daromad moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Daromadlarni tan olish aktivlarning ko‘payishi va majburiyatlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim;
- xarajat aktivlarning kamayishi va majburiyatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foydaning o‘lchangan kamayishi paydo bo‘lganda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda aks etadi. Xarajatlarni tan olish majburiyatlardagi ko‘payish yoki aktivlarning kamayishini aks ettirish bilan bir vaqtda yuzaga kelishi lozim.
Xarajatlarni belgilash mulkni, ishlab chiqarishni boshqarish hamda mahsulot sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish va zararlar bilan bog‘liq. Ular odatda pul mablag‘lari, moddiy zaxiralar, inshootlar, uskunalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi yoki ulardan foydalanish, ishlatish shaklida bo‘lishi mumkin.
Zararlar ham iqtisodiy foydaning kamayganligini bildiradi va o‘z tabiatiga ko‘ra boshqa xarajatlardan farq qilmaydi. Zararlar boshqa aktivlarni sotishda yoki tabiiy ofatlar natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.



1

Sotishdan tushgan yalpi moliyaviy natija (Yamn)

=


Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan kelgan sof tushum (St)

-


Sotilgan mahsulot (ish, xizmat) tannarxi (Tn)




2

Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)

=

YaMN

-

Davr xarajatlari (Dx)

+

Boshqa operatsion daromadlar (Bd)




3

Moliyaviy faoliyat natijasi (Mfn)

=

Moliyaviy faoliyatdan kelgan daromadlar (Mfd)

-

Moliyaviy faoliyatga ketgan xarajatlar (Mfx)



















4

Tasodifiy (favqulodda) foyda yoki zarar (Tf) (Tz)

=

Tasodifiy (favqulodda) daromad (Td)

-

Tasodifiy (favqulodda) xarajat (Tx)




5

Soliq to‘langunga qadar bo‘lgan umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)

=


Asosiy ishlab chiqarish faoliyatining moliyaviy natijasi (Mfmn)

+


Mfn


+


Tf





6

Sof foyda (Sf)

=

Soliq to‘langunga qadar umumiy moliyaviy natija foyda (Yaf)

-

Soliqlar va ajratmalar (S)




7

Taqsimlanmagan foyda (Tmf)

=

Sof foyda (Sf)

-

Dividendlar (Dv)

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni tahlili o‘qish, vertikal, gorizontal, trendli tahlil, moliyaviy koeffitsiyentlar va qiyosiy tahlil, omilli tahlil usullaridan foydalangan holda olib boriladi.


Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘qishda uning satrlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar tarkiblanishiga, moliyaviy natijaviylikni xarakterlovchi umumiy qatorlarning qiymat ifodasiga, hisobot davri va o‘tgan yilning shu davri bo‘yicha ma’lumotlarga umumiy izoh beriladi.
Vertikal tahlilda moliyaviy natijalarning shakllanishini bir qatorli va ko‘p qatorli usullarida o‘zaro farqlanishlariga va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi. Bunda asosiy jihat yakuniy ya’ni jamlangan moliyaviy natijalar qatorida tarkib bo‘yicha foyda va zararlarning salmog‘iga baho beriladi.
Gorizontal tahlilda esa moliyaviy natijalarning shakllanish qatorlari, ko‘rsatkichlari bo‘yicha davriy o‘zgarishlariga mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
Asosli yoki trend tahlilida moliyaviy natijalar va ular tarkibining yillar bo‘yicha o‘zgarishlariga va dinamik o‘zgarishlariga baho beriladi. Eng muhim jihat asos yiliga nisbatan o‘zgarishlariga baho berishga qaratiladi.
Moliyaviy natijalar tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan olib boriladi. Ichki subyektlar tomonidan olib boriladigan tahlil ichki moliyaviy tahlil qatoriga kiritilib, faqat shu korxonaning xodimlari tomonidan olib boriladi.
Moliyaviy tahlilda o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi

1.

Daromadlar

Mahsulot sotishdan sof tushum

1.1.




Boshqa operatsion daromadlar

1.2.




Moliyaviy faoliyatdan daromadlar

1.3.




Favqulodda daromadlar

2.

Xarajatlar

Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxi

2.1.




Davr xarajatlari

2.2.




Moliyaviy xarajatlar

2.3.




Favqulodda xarajatlar

3.

Foyda va zararlar

Yalpi foyda (zarar)

3.1.




Asosiy faoliyat foydasi (zarari)

3.2.




Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)

3.3.




Moliyaviy faoliyat foyda (zarar)

3.4.




Umumxo‘jalik faoliyatining foydasi (zarari)

3.5.




Favqulodda foyda (zarar)

3.6.




Soliq to‘loviga qadar foyda (zarar)

4.

Rentabellik ko‘rsatkichlari

Sotuv rentabelligi

4.1.




Xarajat rentabelligi

4.2.




Kapital rentabelligi

4.3.




Aktivlar rentabelligi

4.4.




Asosiy vositalar rentabelligi

Tahlilda moliyaviy natijalar (daromad va xarajatlar), foyda va zararlar, rentabellik ko‘rsatkichlarini joriy va o‘tgan yil ko‘rsatkichlari tahlil usullarida retrospektiv tarzda o‘rganiladi, o‘zgarish sabablari va omillari baholanadi.


Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarida ko‘pgina tadbirkorlik subyektlari moliyaviy natijalar tahlili yuzasidan quyidagi jihatlarni ochib berishlari lozim5:
(a) moliyaviy natijalarni shakllantirgan asosiy omillar va ta’sirlar;
(b) xo‘jalik yurituvchi subyektining faoliyatini moliyalashtirish manbalari va u tomonidan ko‘zlangan majburiyatlarning kapitalga nisbati koeffitsiyenti;
(d) xo‘jalik yurituvchi subyektining (MHXSlarga muvofiq) moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda tan olinmagan resurslari.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo‘llaniladigan va ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Amaldagi me’yoriy huquqiy hujjatlar talabiga muvofiq asosiy faoliyat turini belgilash tartiblariga quyidagicha amal qilinadi:
- Agar asosiy faoliyat turini belgilashda olingan tushumning yoki qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining salmog‘iga bosh omil sifatida qaraladi. Eng yuqori tushum olib kelgan, yoki eng yuqori qo‘shilgan qiymat solig‘ini aniqlangan faoliyat turi deb belgilanadi.
- Statistika organlari korxonalarning asosiy faoliyat turini belgilashda ular tomonidan topshiriladigan statistik hisobot manbalariga tayanadilar. Bunda ham asosiy faoliyat turi statistika organi tomonidan korxona ishtirokisiz, mustaqil, sotishdan olingan sof tushum hajmiga qarab belgilanadi.
Ba’zi hollarda bir yilda bir marta, boshqalarida esa uni har chorakda belgilash talab etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida asosiy va birgalikdagi faoliyat turlariga quyidagicha ta’rif beriladi:
Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.
Birgalikda ishlab chiqarilgan mahsulot — birgalikdagi faoliyat natijasi bo‘lgan tovar (ish va xizmat)lardir.
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va xarajatlarning tahlili amaldagi “Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi tarkibdan bir muncha farq qiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‘lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyat natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 030-satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-satr)dan iborat bo‘ladi.
Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, asosiy faoliyat korxona faoliyatining (ishlab chiqarish, savdo, umumiy ovqatlanish, ijara va h.k.) xususiyatlaridan kelib chiqqan holda faoliyatlar, soliqqa tortish, imtiyoz va periferensiyalardan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
Tushumni tan olishda realizatsiya qilishning mazmunini ham aniq tushunib olish lozim.
Realizatsiya qilish deganda — sotish, ayirboshlash, beg‘araz berish maqsadida tovarlarni jo‘natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, garovga qo‘yilgan tovarlarga bo‘lgan mulk huquqini garovga qo‘yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish nazarda tutiladi. Hisobvaraq-fakturalar, ishlar bajarilganligi yoki xizmatlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risidagi dalolatnomalar, tovarlar jo‘natilganligini (topshirilganligini), ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiyalar, cheklar va boshqa hujjatlar realizatsiya qilganlikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi.
Корхонанинг даромад ва харажатларини таҳлил этишдан асосий мақсад, хўжалик юритувчи субъектнинг молиявий ҳолати, унинг даромад, харажат таркибидаги структуравий ўзгаришлар тўғрисида аниқ ва ишончли маълумотларга эга бўлишдан иборат.

  • Таҳлил этувчини асосан корхонанинг жорий йилдаги молия-вий ҳолати, яқин йилларга мўлжалланган режаси ҳамда узоқ муд-датларга мўлжалланган корхонанинг молиявий ҳолатини ифода-ловчи параметрлари кўпроқ қизиқтиради.

  • Даромад ва харажатлар таҳлили учун маълумотлар 2-шакл “Молиявий натижалар тўғрисидаги ҳисобот”да акс этади. Ўтган йил ва ҳисобот йилларига тегишли барча даромад ва харажатлар бу молиявий ҳисобот шаклида ифодаланган.

  • 2-шакл маълумотлари асосида динамика тарзида даромад ва харажатлар таркиби, структураси, уларнинг ўтган йилларга нисба-тан ўзгариши ҳамда даромадлардан самарали фойдаланиш, хара-жатларнинг мақсадга мувофиқ йўналиши таҳлил этилади




1


2


3


4


5


Download 70,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish