Узбекистон Республикаси кишлок ва сув хужалик вазирлиги


XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI



Download 7,91 Mb.
bet19/21
Sana21.05.2022
Hajmi7,91 Mb.
#606265
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Jalolova

XAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
Avtomobil transporti bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligi.
Yangi yoki ta’mirdan chiqqan avtomobil ishlatish oldidan yurgizib chiniqtiriladi: bunda rul boshqarmasi, tormoz qurilmasi, yurish qismi, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, kardanli uzatma, yoritish va signalizatsiya tizimlarining to‘g‘ri ishlayotganligiga aloxida e’tiborni qaratiladi.
Agar rul chambaragidagi lyuft 25 gradusdan ortmasa, karter va rul kolonkasining maxkamlash, detallari benuqson xamda normal sozlangan, rul yuritmasi detallari shikastlanmagan, puxta maxkamlangan va shplintlangan bo‘lsa, sharnirli birikmalarda lyut, rul kolonkasida ezilgan joylar bo‘lmasa, rul boshqarmasi ishga yaroqli xisoblanadi. Rul boshqarmasi avtomobilning ikkala tomonga oson burilishini ta’minlashi lozim.
Oyoq tormozi qattiq qoplamasi quruq gorizontal yo‘lda soatiga 30 km, tezlik bilan yurib ketayotgan, yuk ko‘taruvchanligi 4,5 t.gacha bo‘lgan bo‘sh mashinani ko‘pi bilan 9,5 m uzunlikdagi uchastkada to‘xtatishi kerak. Gidravlik yuritmali oyoq tormozi pedalini bir marta bosganda mashina to‘la to‘xtashi zarur. Tormoz pedalning erkin yo‘li, tayyorlovchi zavod belgilagan norma chegarasida bo‘lishi kerak. Chap va o‘ng g‘ildiraklar tormozlari bir vaqtda ishlashi va tiqilib qolmasligi lozim. Gidravlik yuritmalardan suyuqlik sizmasligi, pnevmatik yuritmalardan esa xavo chiqib ketmasligi kerak, manometr normal ishlashini ko‘rsatib turishi kerak. Qo‘l tormozi yukli avtomobilni 16% qiyalikda ushlab turishi va yurib chiqayotganda tormozlanish masofasi 6 m.dan oshmasligi lozim. G‘ildiraklar disklari barcha gaykalari maxkamlangan, diskani qulflash xalkasi to‘g‘ri o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Shinalarning rasmlari aniq ko‘rinib turishi, titilib kemaganligi va ularni chuqurligi kamimda 1 mm. bo‘lishi lozim. Yurib ketayotganda shinalar osma mexanizmlarga yoki kuzov detallariga tegmasligi shart. Shinalardagi xavo bosimi normal bo‘lishi kerak. G‘ildiraklarga boshqa o‘lchamdagi yoki boshqa yukka mo‘ljallangan shinalarni o‘rnatish taqiqlanadi. Yengil avtomobillarning oldingi g‘ildiraklariga protektori ikkinchi ta’mir bo‘yicha tiklangan pokrishkalarini o‘rnatish mumkin emas. Oldingi g‘ildiraklar burchaklari to‘g‘ri o‘rnatilgan, podshipniklari sozlangan bo‘lishi kerak.
Tishlashish muftasi siltamasdan to‘la qo‘shishi va siltamasdan ajratishi zarur. Mufta pedalining erkin yo‘li belgilangan norma chegarasida bo‘lishi darkor. Barcha uzatmalar yengil ulanishi va uzilishi, o‘z-o‘zidan ajralib ketmasligi lozim. Kardanli uzatmaning detallari yaxshi maxkamlangan, va darzsiz bo‘lishi kerak. Avtomobil yurib ketayotganida kardan vali titramasligi xamda siltamasligi zarur. Uzoqni yorituvchi chiroqlar 100 m va yaqinni yorituvchilari esa 30 m masofani yoritishi kerak. Bundan tashqari belgi beruvchi va ogoxlantiruvchi chiroqlar yo‘lga chiqish oldidan soz bo‘lishligi tekshirib ko‘rilishi kerak.
Avtomobilni davlat belgisi ochiq xavoda kamida 20 metr masofadan ko‘rinib turishi zarur. Barcha to‘suvchi va ko‘rsatuvchi oynalar butun va soz bo‘lishligni ta’minlanishi kerak. Eshiklar kulflari, yuk plastformasini qulflari, tortish-tirkash moslamalari soz bo‘ishligiga aloxida axamiyat beriladi.
Avtomobil va qishloq xo‘jalik mashinalari ishlagan paytda ularni elektr simlari qisqa ulanib qolishligidan alanga paydo bo‘lishligini, gaz trubalaridan uchqun chiqishi natijasida, aylanuvchi qismlarni moylanmasdan yoki ba’zi xas-cho‘plar tushishi oqibatida issiqlikdan alanga olishini oldini olish lozim. Asosiy profilakutik talablardan biri yonilg‘i tizimlari va moylash joylaridan yonilg‘i va moylarni oqib qolishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Bundan tashqari yonilg‘i-moylash materiallari bilan to‘ldirishda yonginga qarshi kurash choralarini ko‘rib qo‘yilishi lozim.
Mashinalarni vaqtincha yoki uzoq muddatga saqlashga qo‘yilayotganda xar bir mashinani kerak bo‘lganda olib chiqib ketish uchun yo‘lakchalarni xisobga olish lozim. Ochiq maydonlarda saqlashdla imoratlar oralig‘i 20 m dan kam bo‘lmasligi, avtomobillarda oralig‘i esa 2m dan kam bo‘lmasligi kerak. Yong‘inga qarshi jixozlar norma bo‘yicha o‘rnatilishi va ularni sozligiga erishish raxbarlar zimmasiga yuklatiladi. Avtomobil va traktor dviagtellarini ochiq olov bilan qizdirishga, isinish uchun ular oldida ochiq olovdan foydalanishga rusat berilmaydi. Garajda va ustaxonada yong‘in sodir bo‘lganda ko‘riladigan chora-tadbirlar va transport vositalarini olib chiqib ketish sxemalari ko‘zga ko‘rinadigan joyga ilib qo‘yilishi darkor.



Download 7,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish