O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MAShINASOZLIK INSTITUTI
Qo‘l yozma xuquqida
UDK 62.621
JALOLOVA ZILOLA XAMIDULLO QIZI
«DIZEL VA KARBYuRATORLI DVIGATELLARNI ASOSIY ISh KO‘RSATKIChLARINI TAXLIL ETISh»
5A3110601-“YER USTI TRANSPORT VOSITALARI VA TIZIMLARI” MUTAXASSISLIGI BO‘YIChA MAGISTR AKADEMIK DARAJASINI OLISh UChUN YoZILGAN
DISSERTATSIYA
ILMIY RAHBAR, DOTSENT M.X.MAMADALIYEV
ANDIJON-2022y.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON MAShINASOZLIK INSTITUTI
MAGISTRATURA BO‘LIMI
5A3110601-“YEr usti transport vositalari va tizimlari” mutaxassisligi magistranti Jalolova Zilola Xamidullo qizi “Dizel va karbyuratorli dvigatellarni asosiy ish ko‘rsatkichlarini taxlil etish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasining
ANNOTATSIYASI
Ilmiy rahbar, dotsent M.X.Mamadaliyev
Magistratura talabasi Z.X.Jalolova
Mavzuning dolzarbligi. Ma’lumki, transport vositalarining kuch agregati sifatida ichki yonuv dvigatellari keng tarqalgan. Bu dvigatelarning yuqori tejamkorligi, chidamli va uzoq muddat ishlashi, ishga tushishga doimo tayyorligi, yetarli darajada ixchamligi, bu dvigatellarni traktor va avtomobillarda keng miqyosda qo‘llanilishiga olib kelgan. Benzinli dvigatellar yengil avtomobillar uchun asosiy energiya manbai xisoblanadi. Bunday dvigatellarni ishlab chiqarish ko‘payib borishi bilan birga ularning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ham takomillashtirib borilmoqda.
Dvigatelsozlarning ilmiy izlanishlaridan biri dvigatel ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va uning ayrim uzel hamda agregatlarida uchrab turadigan kamchiliklarini, ishlatish sharoitini hisobga olgan xolda, takomollashtirishga qaratilganligidir. Bu sohada yengil avtomobillarda benzin yoki dizel yonilg‘isidan foydalanilganda dvigatellarning asosiy ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi va taxliliy xulosalar chiqarish uchun ta’minlash tizimini ishiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Avtotraktor dvigatellarida ishlatilayotgan yonilg‘ilar bir qancha talablarni qanoatlantirishi kerak. Bu talablarning ba’zilari barcha dvigatellar uchun umumiy bo‘ladi, boshqalari esa u yoki bu turdagi dvigatellarda amalga oshirilayotgan ish siklining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib aniqlanadi. Yonilg‘ilar arzon, zaxirasi ko‘p va foydalanishga yaraydigan, zaxarsiz, tashishga qulay, saqlash paytida turg‘un, yonganida yetarlicha issiqlik chiqaradigan, dvigatel detallarini yemirmaydigan bo‘lishi kerak.
Keltirib o‘tilgan taxlil va ma’lumotlar asosida bugungi kunda ichki yonuv dvigatellarida gaz yonilg‘isidan foydalanish maqsadida transport vositalariga turli usullarda gazdan foydalanish jihozlarini o‘rnatilib kelinmoqda. Bunda transport vositalaridan foydalanishda ekspluatatsion sarf-xarajatlar va uning iqtisodi mutanosibligini ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri xisoblanadi. Tabiiy gaz-keng tarqalgan, tez topiluvchi va ekologik toza energiya manbai xisoblanadi. Biroq bu o‘z navbatida portlash darajasi yuqori, inson salomatligiga xavfli bo‘lgan yonilg‘i hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha halq xo‘jaligining turli tarmoqlarida keng qo‘llanib kelinayotgan dizel yoqilg‘isi kelajakda karbyuratorli transport vositalarining asosiy yonilg‘ilaridan biriga aylanishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi. Avtomobil dizellari ishlatish sohasining bunchalik kengayib borishiga asosiy sabab shuki, ular karbyuratorli dvigatellarga qaraganda taxminan 25...30 foiz kam yonilg‘i sarflaydi. Shu sababli yengil avtomobillarni ham dizel ish rejimiga o‘tkazish tejamkorlikni tubdan yaxshilanishiga va bajariladigan ish tannarxining keskin kamayishiga olib keladi.
Karbyuratorli dvigatellarda ish jarayonida dizel yonilg‘isidan foydalanishning samaradorligi, dvigateldan chiqayotgan gazlarning zaharlilik miqdorini kamaytirishni ta’minlash, transport vositasining barcha ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini saqlagan xolda ish rejimini oshirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |