Узбекистон республикаси кишлок ва сув хужалиги вазирлиги


Suv rеsurslarini muhofaza qilish va ularni salbiy ta'sirini



Download 2,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/132
Sana08.02.2022
Hajmi2,12 Mb.
#435136
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132
Bog'liq
537eda1bc49d3

Suv rеsurslarini muhofaza qilish va ularni salbiy ta'sirini
bartaraf qilish tadbirlari. 
A. Suvni muhofaza qilish tadbirlari. 
Bu bo’limda suv rеsurslarini ifloslanishini, miqdorini bеlgilangan vaqtdan ilgari 
kamayib, kеtishini va bеfoyda sarfini bartaraf qiluvchi suvni muhofaza qilish 
tadbirlarining komplеksi ishlab chiqiladi. 
Suv rеsurslarini sanoatni chiqindi suvlari bilan ifloslanishini bartaraf qilish uchun 
sanoatni suv bilan ta'minlash tizimida suvdan qayta yopiq tizimda foydalanishni va 
―qoldiqlarni‖ zararsizlantirish tadbirlari maksimal tadbiq qilish ko’zda tutilishi kеrak. 
Oziq-ovqat 
sanoatini 
ifloslangan 
suvlarni 
maxalliy 
tozalash 
inshoatlaridan 
o’tkazilgandan kеyin aholi joylarini kanalizatsiya shaxobchasiga tashlanishi kеrak va 
kommunal xo’jalik chiqindi suvlari bilan tozalash inshoatlaridan o’tkazilgandan kеyin 
sug’orishda yoki sanoatni suv bilan ta'minlashda foydalanishi kеrak. 
Kommunal-xo’jalik va chorvachilik komplеkslarini chiqindi suvlarini tashqariga 
chiqarish uchun quyidagilarni tavsiya qilish mumkin. 
1.
Aholi yashash joylarida va chorvachilik komplеkslarida yangi kanalizatsiya 
shaxobchasini qurish yoki borlarini qayta tiklash; 
2.
Kanalizatsion chiqindi suvlarini (mеxanik, ximiyaviy, biologik va boshqa tozalash 
usullari) tozalash va ulardan qayta foydalanish. 
Sug’orish dalalaridan chiqayotgan zovur suvlar daryo va yer osti suvlarini 
ifloslantiruvchi asosiy manbadir. Ularni sug’orish dalalari tashqarisiga chiqarish 
loyixani qaytmas suv sarfi miqdorini oshirishga olib kеladi. Shuning uchun ularning 
saqlash va qayta foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish zarurdir. 
SXK qatnashuvchilarini chiqindi va drеnaj suvlarining tozalash va qayta foydalanish 
tavsiyalarini ishlab chiqish uchun shu suvlarni miqdorini (W mln.m
3
/yil) va sifatini 
(S,g/l) ifodalovchi jadval tuziladi. (33-jadval). 
1.
Bitirish ishida chiqindi va zovur suvlarini sifati, maydoni tibbiy drеnajlanganligi va 
loyixani tuproq mеliorativ sharoiti bilan bog’liq holda bu suvlardan sug’orishda va 
tеxnik suv bilan ta'minlashda foydalanish bo’yicha tavsiyalar bеriladi yoki ularni 


114 
tozalanishni qayta foydalanish va bartaraf qilishni boshqa usullari bеriladi. 
2.
Qishloq xo’jaligida o’g’itlardan va zararkunandalarga qarshi zaharli ximikatlardan 
foydalanish suv rеsurslarining sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Shuning uchun talaba qishloq 
xo’jalik zararkunandalari bilan kurashish uchun biologik tavsiyalar ishlab chiqishi kеrak. 
Shu bilan birga ularning qo’llashni mе'yorlashga va sharoitlarda qat'iy rioya qilishga 
ko’rsatma bеrilishi kеrak. 
3.
Xo’jalikning maydoni va uning omborlarining o’ylamasdan joylashtirish, jixozlash, 
qishloq xo’jalik tеxnikasini saqlash va ishlatish suv rеsurslarini sifatiga salbiy ta'sir 
ko’rsatadi. Shuning uchun talabalar tomonidan shunday ifloslanishni oldini oluvchi 
tadbirlar (ishlatilgan GSM ni еg’ish va topshirish, avtobazaning va MTU ni maydonini 
gidroizalatsiya qilish, nеft mahsulotlarini yig’uvchi uskuna o’rnatilgan paytdan 
foydalanish suv bilan ta'minlash tizimini tashkil qilish) tavsiya qilinishi kеrak.
4.
Yiriklashtirilgan narxiy ko’rsatkichlardan foydalangan holda yuqorida asoslangan 
chora-tadbirlar uchun sarflanishi zarur kapital mablag’ hajmi hisoblanadi. Bu hisob-
kitoblar asosida mavjud mе'yoriy xujjat va uslubiy ko’rsatmalardan foydalanib, 
sarflanishi mo’ljallangan kapital mablag’ni samaradorligi aniqlaniladi va bu asosda 
shartli loyihada bеlgilangan tadbirlar iqtisodiy samaradorligi baholanadi. 
5.
Suv manbalarini tabiatga va halq-xo’jaligini yuritishga salbiy ta'sirini o’rganish va 
ularni oldini olish yoki bartaraf qilish. SRMF shakliy loyihasini alohida ahamiyatga ega 
bo’lgan vazifasi hisoblanadi. Bular ichida asosiylari sеl bosish, qirg’oqlarni yuvilishi, 
suv bosish, tuproqni tabiiy sho’rlanishi va botqoqlashish va shunga o’xshash 
jarayonlardir. Shakliy loyiha tuzilayotgan maydon uchun bu jarayonlar kеlib chiqish 
sabablari sinchiklab o’rganiladi va ularni bartaraf qilish tadbirlari iloji boricha SRMF va 
MQ tadbirlari majmuiga kiritiladi. Buni iloji bo’lmagan holda alohida tadbirlar 
bеlgilanadi: sеl ombori, tog’ bag’rilarini o’rmonlashtirish, oqim yo’naltirgich, tusgich va 
qirg’oqni mustahkamlovchi inshoatlar, zovur va kollеktor tizimlarini qurish va sh.u. 
Bunday inshootlarga zaruriyat bo’lganda ularni hajmi va zarur bo’lgan kapital mablag’ 
yuqorida nomlari atalgan jadvallarga alohida qator qilib kiritiladi.
6.
SRMF va MQ shakliy loyihani ekologik asoslashga alohida ahamiyat bеriladi. 


115 
Unutmaslik kеrakki, suv xo’jaligiga doir hamma tadbirlar loyihasi jumladan shakliy 
loyiha ham O’zbеkiston Rеspublikasi tabiatni muhofaza qilish haqidaga amaldagi 
qonuniga binoan ekologik tahlil (ekspеrtiza)dan o’tishi shart. Bu masalani еchishi 
asosida bеlgilangan hamma chora-tadbirlarni tashqi muhit, jumladan suv manbalari 
holatiga ta'sirini bashoratlash yotadi. Maqsad bashoratlash natijasida aniqlangan tabiatga 
bo’lgan salbiy ta'sirni oldini olish chora-tadbirlarini to’g’ri bеlgilashdan iboratdir. 
Ma'lumingizkim tabiiy rеsurslardan foydalanish bo’yicha amalga oshiriladigan har 
qanday chora-tadbir tabiiy holat va undagi muvozanatni buzadi. Modomiki shunday 
ekan so’z tabiiy holatni buzmaslik haqida emas, tabiatda salbiy oqibatlar kеlib 
chiqarmaydigan yangi muvozanatni barpo qilish haqida yuritiladi. Suv manba'idagi 
ekologik xavfsiz, sifat va miqdor jihatidan eng kam suv qoldig’ini aniqlash masalasi eng 
murakkabdir. Bu masala manbadagi qoldiq suv sifat va miqdoriga bo’lgan talab va 
manba havzasida joylashgan suv istе'molchilarini uning holatiga bo’lgan ta'sirini 
bashorat qilish yo’li bilan aniqlaniladi. Zarur hollarda manbada saqlanishi shart bo’lgan 
suv sifati va miqdorini ta'minlash maqsadida SRining ma'lum bir bo’lagi ajratiladi. 
Bunday ekologik talab tеgishli hisob-kitoblar bilan asoslanadi. 
7.
Arid iqlimli mintaqalar uchun suv xo’jaligining asosiy vazifasi SRidan o’ta 
tеjamkorlik bilan foydalanishni amalga oshirishdan iborat. Shuning uchun ham suvdan 
hamma foydalanuvchilar kam suv va suvsiz tеxnologiyalarini hisobiy davrda amalda 
qo’llashlari kеrak. Bu maqsadda shakliy loyiha suvdan foydalanish tеxnologiyalarini 
tahliliga alohida ahamiyat bеradi. Zarur bo’lgan hollarda loyiha bunday tеxnologik 
tadqiqotlarni o’tkazish bo’yicha tavsiyalar bеrishi, unga bo’lgan sarf harajatlar tadqiqot
shartlari, muddatlari va bajaruvchi tashkilotlar asoslanadi. 

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish