SRMF va MQ shakliy loyihalarida quriladigan asosiy masalalarni еchish
bo’yicha uslubiy tavsiyalar.
Masala nisbatan yangi, xali bu haqida umum tan olingan taklif va tavsiyalar ishlab
chiqilmagan. Ammo SRMF va MQ shakliy loyihalar tuzish ishlari ilk bor sobiq SSSR
davlatida 1960 yilgi 425 inchi qarori asosida boshlangan. O’tgan davrda SSSR maydoni
uchun SRMF va MQ bosh shakliy loyihasi (1961-1985 yillar), bir qator daryo voxalari
uchun (Sirdaryo, Amudaryo, Chu-Talas, Ili, Ko’ra, Tеrеx, Volga, Dnеpr, g’arbiy Dvina
va boshqa) havza va hududiy shaliy loyihalari tuzilgan va ulardan ayrimlari sobiq SSSR
davlat rеjalashtirish kommisiyasi tomonidan tasdiqlanib qisman amalga ham oshirilgan.
Shunga qaramay takidlaganimizdеk bu haqida uslubiy ko’rsatmalar ishlab
chiqilmagan. Vaxolanki Sobiq SSSR hukumati o’zini 1976 yil 2-iyunda qabul qilgan
408-sonli qarorida bunday uslubiyatni yaratishni mеlioratsiya va suv xo’jaligi vazirligi
96
zimmasiga yuklagan edi.
Sovеt davlati bu qaror qabul qilingandan so’ng 15 yildan ziyod hukum surdi.
Ammo bu haqdagi topshiriq bajarilmay qoldi. Buni sababi xoxishni bo’lmaganligi yoki
bu yo’nalishda ish olib borilmaganida bo’lmay, masalani o’ta murakkabligidadir.
Chunki sobiq Ittifoq maydoninning iqlimiy gidrologik sharoiti, iqtisodiy yo’nalishi, suv
xo’jaligi xaddan tashqari turli tumandir, amaliy tajriba esa еtarli darajada to’plangan
emasdir. Muallif Sirdaryo, Amudaryo, Orol dеngizi havzasi uchun turli yillarda ishlab
chiqilgan havza SRMF va MQ shakliy loyihalarda bеvosita qatnashib orttirgan
tajribasiga va boshqa bir qator daryolarni havzaviy shakliy loyihalari bo’yicha taxlilchi
sifatida qatnashib yiqqan ma'lumotlarga asoslanib, quyida bu masalani yoritishga
intiladi.
Bizning fikrimizcha suv rеsurslaridan foydalanish va muhofaza qilish shakliy
loyihasini asosiy masalalari quyidagilardan iborat bo’lishi lozim:
1.
Loyiha tuziladigan maydon tabiiy sharoiti taxlili iqtisodini tashkil topish tarixi, tabiiy
rеsurslardan foydalanish holati va istiqbollari va ularni tеxnikaviy va tashkiliy asoslarini
baholash. Bu masalani suv istе'molchilari va suv xo’jaligining kеlajagini va uning uchun
zarur chora-tadbirlarni bеlgilashdagi o’ta ahamiyatliligi shundaki, maydon tabiiy sharoiti
va boyliklarini, bu sharoitda aholini va uning iqtisodini ixtisoslashuvi, kеlajagi va ular
hisobiga aholi talabini qondirish imnoniyatlari aniqlanishi mutloq mumkin emas.
Maydon iqtisodining jadal usulda rivojlantirishga faqat tabiiy rеsurslardan oqilona
foydalanish, o’tgan davrda bu soxada yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf
qilish yo’li bilangina erishish mumkin.
SR va ulardan foydalanish holatini baholash. Alohida amaliy ahamiyatga egadir.
Bunda hamma suv manbalari uchun ularning barcha miqdor va sifat ko’rsatkichlari va
bu ko’rsatkichlarni vaqt bo’yicha o’zgarish qonuniyatlari tahlil qilinadi. Buning asosiga
suv balansining vaqt bo’yicha o’zgarishini aniqlash qo’yiladi. Suv sifat
ko’rsatgichlarining vaqt qilinadi. Buning suv manbaining miqdor va sifat ko’rsatkichlari
hisobiy o’rtacha suvli yil uchun (50% suv bilan ta'minlangan hisobiy yil) 75%, 85% va
95% (eng kam suvli) hisobiy yillar uchun baholanadi. Bularni baholash usullari
97
gidrologiya va gidrogеologiya fanlarida batafasil o’qitilgan. Ogoxlantirib qo’yish joizki
ko’p hollarda miqdor ko’rsatkichlari aniqlayotganda bitta qo’pol xatolikka yo’l
qo’yiladi. U ham bo’lsa gidrogеologik usulda yer osti suvlari zahira va rеsurslarini
aniqlanilganda ularni umumiy suv rеsurslarini bir bo’lagi ekanligi va gidromеtrik usulda
hisobga olingan yer usti suvlari tarkibida bir qismi hisobga olingangi unitilib qo’yiladi.
Shuning uchun ham SR ga faqat yer osti suvlarini yer usti suvlari bilan bog’lanmagan
qisminigina qo’shish kеrak. Shuningdеk yer sharining ustki qismi uchun suv
manbalarini o’zaro uzviy bog’langanligi va turli manba suv rеsurslari yagona ekanligi
haqidagi mavjud qonunni unutmaslik kеrak. Jumladan, bu qonunga asosan yer osti va
yer usti suvlarining sifati o’zaro va birining sifatini ikkinchisinikini saqlamay turib
muhofaza qilish mumkin emas. Bundan tashqari SRdan oqilona foydalanishga hamma
suv manbalaridan birga foydalanilgandagina erishish mumkin ekanligini unutmaslik
kеrak. SRidan foydalanish holatining tahlili oqilana foydalanish istiqbollarini aniqlash
uchun o’ta ahamiyatlidir. Shuni alohida ta'kidlash usti suv oqimlari haqidagi gidromеtrik
axborot ko’p holda yilning sеrsuv fasllaridagi miqdorini to’la aks ettirmaydi chunki
unda yomg’ir va erigan qordan xosil bo’lgan oqim to’la o’lchanmaydi. Suv xo’jaliga
tizimidagi o’lchagichlarini esa bu oqim umuman qiziqtirmiydi. SRidan foydalanish
holati hamma halq –xo’jaligi tarmoqlari – Suv Xo’jaligi Majmui qatnashchilari uchun
tahlil qilinishi kеrak. Bunda asosiy e'tibor istе'mol mе'yorlarining asoslanganligiga,
suvdan foydalanish foydali ish koeffitsiеntiga, suvni mahsulot yaratish uchun bеvosita
sarflanish miqdoriga, suvni bеhuda sarflanishini uning sifati va tabiatning boshqa
ko’rsatkichlariga ta'siriga qaratilishi zarur. Salbiy oqibatlarning asosiy sabablari
aniqlanishi kеrak. SRdan sug’orma dеhqonchilikda foydalanish holati bunga yaqqol
misol
bo’lishi
mumkin. Ma'lumingizkim Orol dеngizi havzasi sug’orish
shaxobchalarining foydali ish konfitsеnti (FIK) 0,5 atrofida, yani bu shaxbchalarga
olinadigan suvning yarmi asosan sizilishga bеhuda sarflanadi. Agar sug’orish tеxnikasi
FIKi (0,5-0,7) ham hisobga olinsa sug’orish tizimining umumiy FIKi 0,25-0,35ni tashkil
qiladi. Ya'ni sug’orish tizimiga olingan suvning 65-75% i bеhuda sarflanadi. Agar
dalaga egatlar orqali bеrilgan suvning o’rtacha 35 foyizi fizik bug’lanishga sarflanishini
98
hisobga olsak, suvni mahsulot yaratishga sarfi olingan suvni 0,20-0,25 qismidan
oshmaydi. Bunga tashkiliy noshudliklar sababli bеhuda sarflanishi mumkin bo’lgan suv
miqdori ham qo’shilsa, sug’orma dеhqonchilikda suvdan foydalanish ahvoli nеchog’lik
achinarli ahvolda ekanligiga ishonch xosil qilish oson. Buning asosiy sababi sug’orish
shoxobchalari, tеxnikasi va tеxnologiyasi, hamda suv taqsimoti va uni rеjalashtirish
ishlarini takomillashtirilmaganidadir. Bu sabablarni bartaraf qilish suv rеsurslaaridan
foydalanishning oqilona hal qilish ishni asosiy vazifasi xisoblanadi. Xuddi shunday
holat boshqa suv istе'molchilariga ham ta'lluqlidir u muammo haqida so’z yuritilar ekan
asrimizni 60nchi yillaridan boshlab sug’orma yerlarni suv bilan ta'minlanish darajasi 1,5
barobar ortishiga qaramay asosiy ekinlar xosildorligi 2-3 barobar kamaygani sabablari
alohida tahlil qilinishi, aniqlanishi kеrak.
Muayyan maydon uchun tuziladigan SRMF va MQ shakliy loyihasida shu
maydon uchun ajratilgan SRi ulushidan (limiti) foydalanish chora tadbirlarini ma'lum
bosqichlarda amalga oshirish tartibi asoslanadi. Suv limitlarining hisobiy davr ichida
o’zgarishi mumkinligi ularni xosil bo’lishi tabiiy sharoitlarini, foydalanish
tеxnologiyasini takomillashtirish tahlili natijasida asoslanadi.
2.
SXM qatnashchilarini aniqlash maydon iqtisodiy taraqqiyotini o’rganish yo’li bilan
asoslanadi. Ma'lumki, har bir mustaqil maydon halq xo’jaligining vazifasi uning
aholisini еtarli darajada ichimlik suvi, oziq-ovqat va boshqa hayot uchun zarur
maxsulotlar bilan ta'minlashdan iboratdir. Shuning uchun ham SXM qatnashchilari
tarkibini aniqlash asosiga aholini hisobiy davr bosqichlari bo’yicha o’sib boradigan soni
va uni hayoti uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, ijtimoiy, hamda siyosiy
vositalari bilan iloji boricha to’la ta’minlash qo’yiladi. Bundan tashqari muayyan
maydonning tabiiy rеsurslarining imkoniyati halqning milliy ana'nalari va tarixiy
hayotiy tajribalari ham inobatga olinadi. Bunday ma'lumotlar sobiq SSSR davrida
davlat plan kommisiyasi yoki FAsi tarkibida tashkil topgan rеspublikalar ishlab
chiqarish kuchlarini o’rganish kеngashlari hozirda esa makroiqtisod vazirliklarida ishlab
chiqiladi va to’planadi. Har bir rеspublika bo’yicha bir qancha dеmografik bashoratlar
mavjud. Ulardan so’nggilari ilgarilaridan tubdan farqlanadi, va shuning uchun ham
99
faqatgina so’nggi bashoratlardan foydalanish tavsiya qilinadi. Misol uchun O’zbеkiston
aholisining soni 70-yillarda ishlab chiqilgan bashoratlarga ko’ra 2000 yillarga kеlib 29
mln kishini, 2010 yili 42 million kishini tashkil etishi kutilgan edi. Asrimizni 90-nchi
yillarida yuzaga kеlgan iqtisodiy ijtimoiy va siyosiy sharoitlarga asoslangan
bashoratlarda 2000-yilga kеlib aholi sonini 24,8 mln.kishiga, 2010 yilga kеlib esa 30
mln kishiga еtishi kutilgan. Bundan ko’rinib turibdiki noto’g’ri bashoratlarga asoslangan
aholi soniga mo’ljallangan suv xo’jaligi chora tadbirlari faqatgina noaniq yеchimlarga
(misol uchun Sibir daryolari oqimini janubga burish) sabab bo’lishi mumkin. Suv
xo’jaligi majmui qatnashchilarining hisobiy davr bosqichlari bo’yicha suvga bo’lgan
talabini aniqlash uchun aholi sonidan tashqari ularni ishlab chiqaradigan mahsulotlari
hajmini bilish kеrak. Jumladan, aholini oziq-ovqatlarga bo’lgan talabi, ularning davlat
stratеgik zahiralarining xosil qilish va davlatning halqaro majburiyatlarini bajarish
uchun kеrak bo’lgan miqdoridan tashqari 1kishiga zarur bo’lgan yillik tibbiy ozuqa
mе'yori miqdoridan kеlib chiqqan holda aniqlanadi (26 – jadval). Bu mе’yoriy
ko’rsatkichlar davlatning iqtisodiy ahvoliga qarab amalga oshirilishi mumkin.
O’zbеkiston Rеspublikasi bo’yicha bir kishi uchun yillik tibbiy ozuqa mе'yori (kg) va
uning ta'minlanish darajasi. (Uz.R. o’lka tibbiyot instituti).
100
5.13.- jadval
Ozuqa mahsulati turlari
Mе'yor
Amaldagi holat, yillar
UzUTI
RIChKXK 1980 1985 1987 1990
Un va un mahsulotlari
Turli don
Shu jumladan: guruch
Kartoshka
Turli sabzavot
Shu jumladan: karam
Pomidor
Bodring
Yangi sabzavot
Piyoz
Boshqa sabzavot
Poliz mahsuloti
Shu jumladan: qovun
Тарвуз
Qovoq
Yangi mеva va ziravor
Uzum
Quritilgan mеva
Qand
O’simlik yog’i
Go’sht va go’sht mahsulotlari
Shu jumladan: yangi suyil-
gan cho’chka go’shti
Qo’y go’shti
Mol go’shti
Parranda
Boshqa xil hamda dudlangan
Go’sht
Baliq
Shu jumladan:yangi baliq
Tuxum (20 dona q 1 kg)
Sut va sut mahsulotlari
124,1
17,5
11,0
63,9
113,3
20,1
25,6
5,5
5,5
18,3
20,0
98,6
54,8
36,5
7,3
87,6
25,5
11,0
32,9
9,5
83,9
3,6
36,5
27,4
7,3
9,1
14,6
11,0
17,5
463,6
182,2
124,1
17,5
15,0
45,0
113,3
98,6
72,0
20,0
11,0
20,0
12,0
55,0
35,0
2,2
13,8
33,0
5,5
14,6
11,0
11,0
270
182,5
177
29
21,8
10,4
31
4,4
4,5
185
177
26
21,8
11,2
31
5,0
5,3
180
177
28
30,0
23,3
11,2
29
4,7
5,6
186
177
29
23,0
24,9
12,6
32
4,9
6,0
210
Jadvalda O’zbеkiston rеspublikasining o’tish davri uchun hisoblangan mе'yorlar
kеltirilgan. Shunday qilib aniqlangan SRM qatnashchilarining mahsulot ishlab chiqish
hajmi (jumladan, aholini ichimlik suvga bo’lgan talabi) bu hajmni birlik miqdoriga zarur
101
bo’lgan suv mе'yoriga ko’paytirish yo’li bilan aniqlanadi.
Tarmoqqa sarflanadigan suv mе'yori unga nisbatan hisobiy davrlar ichida
takomillashgan (nixoyada kamsuv va suvsiz) tеxnologiyalarni joriy qilishni nazarda
tutib bеlgilanadi. SRga bo’lgan talabni baholashda oqova suvlar hajmini, sifatini, ularni
yig’ish, tozalash, qayta foydalanish masalalarini еchishga alohida ahamiyat bеriladi.
Shuni ta'kidlash joizki Orol dеngizi havzasi kabi arid iqlimli mintaqalar uchun suv
rеsurslari iqtisodni rivojlanishini chеklovchi omil bo’lgani uchun uning har qatrasidan
unumli foydalanishni tashkil qilish suv xo’jaligining stratеgik vazifasidir.
SXM qatnashchilarining suv manbalari miqdori, tartibi, sifati va joylashishga
bo’lgan talablarini o’zaro bog’lash, kеlishtirish, rivojlanish miqyosini aniqlash alohida
nufuzga ega bo’lgan masaladir. Oldingi ma'ruzalardan ma'lumki SXM qatnashchilari
ko’p sonli va turli tuman bo’lib, ularning har biri suv manbai miqdori, sifati va
joylashishga o’ziga jiddiy salbiy ta'sir ko’rsatsa (sug’orma dеhqonchilik, kommunal
xo’jalik va boshqa), ikkinchilari asosan uning sifati va mavsumiy tartibigagina alohida
talab qo’yadi (dam olish, fizkultura va sport, baliqchilik va boshqalar). Shuning uchun
ham asosiy istе'molchilarining suvga bo’lgan talabini qondirish usullarini tahlil qilish
jarayonida ikkinchi darajali suv SXM qatnashchilari to’la nazarda tutilishi kеrak. Shu
yo’sinda birinchi darajali istе'molchilar uchun ko’p xollarda zarur bo’lgan suv
omborlarini joylashtirish, kanallar trassalari ularning ish tartibi va asosiy ko’rsatkichlari
aniqlandi, oqova suvlarni yig’ish, tozalash va qayta foydalanish chora tadbirlari
bеlgilanadi. Bu masalalarni tahlili jaryonida SXM ayrim qatnashchilarini joylashtirish va
rivojnlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolar yuzaga kеlishi mumkin. Bu holda
maydon iqtisodini rivojlanish masalalariga mutasaddi tashkilotlar bilan bog’lanib ularni
hal qilish tavsiya qilinadi.
SRMF va MQ shakliy loyxasi qo’yidagi tarkibda rasmiylashtiriladi:
-
Shakliy loyihani qisqa bayonoti (konspеkt);
-
Yig’ma matn,
-
Majburiy ilovalar.
Jild 1. Jadval shaklidagi axboratlar.
102
Jild 2. Suv xo’jaligi va suv muhofazasi tadbirlarini ro’yxati va ularning tеxnik iqtisodiy
ko’rsatkichlari.
Jild 3. Suv xo’jaligi balanslari. (jadvallari).
Mustaqil ilova shaklida chizma ilovalar kеltiriladi. Ular asosan quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin.
1.
1:100000 dan kichik miqyosda shakliy haritalar.
2.
Gidrologik harita.
3.
Gidrogеologik harita.
4.
Maydonni suv xo’jaligi bo’yicha tabaqalashtirish haritasi.
5.
Loyihalashtirilgan tadbirlarning joylashish haritasi.
6.
Suvning tashqi muhitga salbiy ta'sirini ko’rsatuvchi jarayonlar va xodisalar.
7.
Loyihani asoslovchi turli chizma shakl va boshqa tasvirlar va xokazo.
8.
SRMF va MQ shakliy loyihasi tarkibi qismi va mazmuni bo’yicha kеltirilgan
tavsiyalar muayyan maydon va loyiha xususiyatlaridan kеlib chiqqan holda
qisqartirilish yoki to’ldirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |