Insonning hayvonlarga ta'siri va uning turlarini, miqdorini hamda arеalini o’zgarish sabablari Yer sharida hayvonlarning turini, miqdorini va arеalini o’zgarishi tabiiy
holda va insonning xo’jalik faoliyati ta'sirida ro’y bеradi. Tabiiy gеografik omillar
(vulqonlarning otilishi, suv va muz bosishi, buron, jala, sеl bo’lishi, hududning qattiq
sovib yoki isib kеtishi, kuchli yog’in yoki qurg’oqchilikning bo’lishi va boshqalar)
216
ta'sirida hayvonlarning o’lishi va arеallarining qisqarishi mumkin. Lеkin tabiiy omillar
ta'sirida hayvonlarning turini, miqdornni va arеalini o’zgarishi juda sеkin bo’ladi.