«Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти


Nizomiyning «Xamsa» asariga Behzod ishlagan miniatyura



Download 3,2 Mb.
bet35/38
Sana12.06.2022
Hajmi3,2 Mb.
#660523
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
Bog'liq
Буюк аждодларимиз

Nizomiyning «Xamsa» asariga Behzod ishlagan miniatyura.




ing “Zafarnoma” asarining xattot Sulton Muhammad Nur ko'chirgan nusxasi (1528, Hirot, Tehrondagi Saltanat kutubxonasida) ga Behzod rasmlar chizgan. Nizomiyning “Xamsa” asari nusxasi (1442, Londondagi Britaniya muzeyida)ga 1493—1535 yillar davomida ishlangan 19 miniatyuradan 3 tasi (“Layli va Majnun qabilalari jangi”, “Suvoriylar jangi” va “Bahrom Go‘ming ajdar bilan olishu- vi”) Behzod ijodi mahsuli. Bularda “Savarrahu al-abd Behzod” degan yozuv bor. Nizomiyning “Xamsa” asari nusxasida (1494, Londondagi Britaniya muzeyida) gi 22 rasmdan 7 tasida Behzod nomi qayd etilgan. Amir Xusrav Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostoni qo‘lyozmasi (1495, Sankt-Peterburgdagi Saltikov-Shched­rin nomidagi xalq kutubxonasida) ga Behzod “Layli va Majnun maktabda”, “Do‘stlari va otasi Majnunga nasihat qilmoqdalar” nomli rasmlarni chizgan. Amir Xusrav Dehlaviyning “Layli va Majnun” dostonining Sulton Muhammad Hiraviy ko‘chirgan qo‘lyozmasi (Sankt-Peterburg)da Behzodga nisbat berilgan “Mad- rasadagi bahs”, “Layli va Majnun maktabda”, “Layli va Majnun sahroda”, “Majnun Laylining iti bilan” va “Majnunning elchisi Layli huzurida” nomli miniatyuralar bor. Sa’diyning “Guliston” asari qo‘lyozmasi (1486, Garvarddagi Fogg san’at muzeyida, so- biq Rotshild majmuasidan)ning xattot Sultonali Mashhadiy ko‘chirgan nusxasiga Behzod 2 rasm ishlagan. Amir Xusrav Deh­laviyning “Xamsa” asari qo‘lyozmasi (1495, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida)dagi 13 rasmning 4 tasida Behzod asarlariga xos xususiyatlar mavjud. “Sulton Husayn bog‘da” qo‘shaloq rasm (1485—90, Tehrondagi Guliston muzeyi, muraqqada), “Choi va yigit” rasmi (Nyu-Yorkdagi Kevorkyan majmuasida), “Tuyalar olishuvi” rasmi (Tehrondagi Guliston muzeyida), Sulton Husayn portreti (Shvetsiyadagi F. Martin majmuasida), Muhammad Shay­boniyxon portreti (Timken Bumet majmuasida), Abdurahmon Jomiy


191




portreti (Erondagi Rizo kutubxonasida), “Sulton Husayn va Ali­sher Navoiy” qo'shaloq rasm (Sankt-Peterburgda) ham Behzod qalamiga mansub. 0‘zbekiston FA Sharqshunoslik instituti xazi- nasida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalar, jumladan Alisher Navoiyning “Navodir un-nihoya” devoni (xattoti Sultonali Mash- hadiy, XV asr oxiri), “Anvori Suhayliy” (XV asr oxiri), Koshi- fiyning “Axloqi muhsiniy” (xattoti Mir Ali Hiraviy, 1501), Ali­sher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devonining terma nusxasi (XVI asr boshi, xattoti Darvesh Muhammad Toqiy), Qosimi Anvor “Devoni” (XV asr oxiri, xattot Mir Ali Hiraviy) va boshqa ba’ zi noyob qo‘lyozmalar rasmlari Hirotda Behzod yashagan davr­da yaratilgan. Olimlarning fikricha, bunday rasmlarni yaratishda Behzodning ishtiroki shubhasizdir. Bulardan tashqari, Behzod asarlari jahon kutubxonalari, qo‘lyozma fondlari, muzeylari va shaxsiy maj- mualarda ham mavjud bo‘lib, ular yaxshi o‘rganilgan emas. Ustod san’atkor sifatida Behzod Hirot va Tabrizda qator shogirdlarni tarbiyalab yetkazdi. Uning shogirdlari Behzod an’analarini butun 0‘rta Sharqqa yoydilar. Behzod an’analari keyingi davr rassomlari ijodiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Behzod ijodi va merosi san’atshunoslar, rassomlar tomonidan keng o‘rganiladi. 0‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi­ning 1997-yil 23-dekabrdagi qaroriga binoan, Toshkent, Samar­qand shaharlarida va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO homiyligi- da Behzod tavalludining 545-yilligi keng nishonlandi (2000-yil noyabr). Toshkent shahrida Behzod nomidagi memorial bog* barpo etildi. 2000-yil 23-noyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyida Behzodga bag‘ishlab xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi, “Kamoliddin Behzod” hujjatli filmi yaratildi (2 qismli, 2000). Toshkentdagi 0‘zbekiston milliy rassomlik va dizayn institutiga Kamoliddin Behzod nomi berilgan.


192




Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf bo‘lish bilan birga atoqli davlat arbobi, iste’dodli sarkarda hamdir. U Hindistonda uch yuz yildan ortiqroq vaqt davomida hukm surgan boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Andijonda tug‘ilgan.
Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg'ona viloyati hoki­mi, onasi — Qutlug* Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan. Boburning katta onasi Eson Davlatbegim o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umar­shayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashagan. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm- fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan “Bobur” (“Sher”) laqabini oladi.


BOBUR
(taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo)
(1483.14.2—1530.26.12)







Bobur otasi yo‘lidan borib,
mashhur tasawuf namoyandasi —
Xoja Ubaydulla Ahrorga ixlos
qo‘yadi va uning tariqati ruhida
voyaga yetadi, umrining oxiriga qa-
dar shu e’tiqodga sodiq qoladi.
Keyinchalik, Bobur “Boburnoma”
(“Vaqoyi”’) asarida Xoja Ahror
ruhi bir necha bor uni muqarrar
halokatdan, xastalik va chorasiz-
likdan xalos etganini, eng og‘ir
sharoitlarda rahnamolik qilganligini

ta’kidlaydi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok bolgach,
oilaning katta farzandi, 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga
o‘tiradi (1494-yil iyun).

Movarounnahr 15-asr oxirida o‘zaro nizolashayotgan temuriy shahzodalar yoki mulkdor zodagonlar boshchilik qilib turgan, deyarli mustaqil bo‘lib olgan ko‘pdan-ko‘p viloyatlarga parchalanib ket- gan edi. Movarounnahr taxti uchun kurash avjga chiqqan, turli siyosiy fitnalar uyushtirilmoqda edi. Buning ustiga Umarshayx Mirzoga tobe bir necha bek va hokimlar yosh hukmdor (Bobur)ga buysunishdan bosh tortadilar. Ularning ayrimlari Boburning ukalari- ni yoqlasa, ba’zilari mustaqillik da’vosini qiladi, yana boshqa birlari Boburga raqib, boshqalari amaki, tog‘alariga qo‘shilib, uni jismonan yo‘qotish payiga tushadi. 0‘z amakisi va tog‘asi bo'lmish Sulton Ahmad Mirzo bilan Sulton Mahmudxon xurujlarini daf qilgan Bobur hukmronligining dastlabki 2—3 yilida mavqeini mustahkamlash, bek va amaldorlar bilan o‘zaro munosabatni yax- shilash, qo‘shinni tartibga keltirish, davlat ishlarida intizom o‘rnatish kabi muhim chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Boburning dast-




labki siyosiy maqsadi Amir Temur davlatining poytaxti, strategik va geografik jihatdan muhim bo'lgan Samarqand shahrini egal- lash va Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlatni saqlash, mustahkamlash hamda Amir Temur saltanatini qayta tiklashdan iborat edi. Bu paytda, qisqa muddat ichida Samarqand taxtiga uchinchi hukmdor kelgan edi. Sulton Ahmad Mirzo vafoti (1494- yil iyul) dan keyin taxtga o‘tirgan Sulton Mahmud Mirzo Sa­marqandda davlatni 5—6 oydan ortiq idora etmadi — qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 43 yoshida vafot etdi. Uning o‘rniga Buxoroda hokim bo‘lgan o‘g‘li Boysung‘ur o'tiradi. 1495—96- yillarda Bobur Samarqandga ikki marta muvaffaqiyatsiz yurish qiladi. 1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joy- larni va 7 oylik qamaldan so‘ng Samarqand shahrini egallaydi, Boysung‘ur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto ekkulik don ham topish mushkul edi. Bobur qo‘shinni ta’minlashda katta qiyinchi- liklarga duch keldi. Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz o'girib, uning ukasi Jahongir Mirzo tarafiga o'tadilar. Andijondan ko‘ngli notinch bo‘lgan va iqtisodiy qiyin- chiliklarga uchragan, ayni zamonda og‘ir xastalikni boshidan kechir- gan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan so‘ng, uni tark etishga qaror qiladi. Ammo Xo‘jandga yetganda Andijon ham qo‘ldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga o‘tganini eshitadi. Boburning Toshkent hokimi, tog'asi Mahmudxon ko‘magida Andijonni qayta egallashga urinishi natija bermaydi. Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qo‘shiniga salbiy ta’sir etib, ko‘pchilik bek, navkarlar (700— 800 kishi) Boburni tark etadi. 0‘ziga sodiq kishilar (200— 300) bilan qolgan Bobur ma’lum muddat Xo‘jandda turgach, Toshkentga — Mahmudxon huzuriga kelib, Andijonni qaytarib


195





olish rejasini tuza
bos hlaydi. Ma’l um
muddat o‘tgach, Bobur
Xo‘jandga qaytadi,
ko‘p o‘tmay, Mar-
g‘ilonni qo‘lga kiritadi
hamda Andijonni egal-
lash tadbirlarini ko‘radi.
Nihoyat, 2 yildan so‘ng
(1498-yil iyun) uni
qayta qo'lga kiritadi.
Bobur ukasi Jahongir
Mirzo bilan sulh tuzib,
uning ixtiyorida “Xo‘-
jand suvining Axsi tarafi
viloyatlarini...” qoldira-
di, Andijon tarafi
viloyatlarini o‘z tasarru-
figa oladi.

Temuriylarning
o‘zaro urushlari
kuchaygan kezlarda
Buxoro xonligini

boshqargan sulola asoschisi Muhammad Shayboniyxon Movaroun-
nahrni istilo qilishga kirishadi. U 1499-yili Jizzax va Samarqand
orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bo‘lgan hududni bosib oladi
va katta o‘lja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan ko‘p
o‘tmay, katta kuch bilan Movarounnahrga qaytgan Shayboniy-
xon Buxoro va Qorako‘lni egallaydi (1499), Sulton Mahmud
Mirzoning o‘g‘li, Movarounnahr hukmdori Sulton Ali Mirzo kal-




Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish