0‘zbekiston milliy bog‘idagi Alisher Navoiy haykali.
KAMOLIDD1N
BEHZOD
(1455—1536)
Buyuk miniatyurachi musawir Kamoliddin Behzod Sharq uyg‘onish davrining yetuk san’atkoridir. U 15-asrda Hirot shah- rida shakllangan Hirot miniatyura maktabi asoschisi; muzahhib(kitobat san’atida zarhallovchi usta)lar yetakchisi, ustozi. Behzod Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida tavallud topgan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Do‘st Muhammad va Qozi Ahmadning ma’lumotlariga ko‘ra, Behzodni Sulton Husaynning kitobdori, musawir, hattot hamda naqqosh Mirak Naqqosh o‘z tarbiyasiga olgan. Behzod musawirlikni Pir Said Ahmad Tabriziydan o‘rgangan. 0‘z ijodida musawir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, uni rivojlantirgan va kamolga yetkazgan yosh musawir iste’dodi juda tez shakllangan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Shoirning shaxsiy kutubxonasida o‘sha davrning yetuk san’atkorlari — Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musawirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad Nur kabi xattotlar ijod bilan band bo‘lganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali
Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkodikda bo‘lgan. Rassom ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda—Navoiy va boshqa san’atkorlar ijodi ta’sirida kamol topgan.
Behzod musawir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487-yili Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy o‘z davrining badiiy akademiyasiga aylangan. Uni mutaxassislar “Nigorxonayi Behzod” yoki “Behzod akademiyasi” deb ataganlar. Behzod “Ikkinchi Moniy” degan faxriy unvonga sazovor bo‘lgan. Musawir Hirot shahrida Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizg‘in ijod bilan band bo‘ldi, ko‘plab mo‘’tabar qo'lyozmalarni yaratishga rahnamolik qildi, ma’lum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining—Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrakushoy (portret)larini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini o‘rgatdi.
1507—1510-yillarda Behzod Hirotni egallagan Muhammad Shayboniyxon xizmatida bo'ldi. Bu davrdan bizgacha rassom yaratgan Shayboniyxon portreti yetib kelgan. 1510-yil Hirot shahri safaviylar qo‘liga o'tadi. 1520-yilda Shoh Ismoil yosh shahzoda Tahmosibga rasm chizishni o‘rgatish uchun Behzodni o‘z sal- tanati poytaxti — Tabriz shahriga taklif etadi, 1522-yili esa max- sus farmon bilan rassomni o‘z kutubxonasidagi kitobat ahli (kotib, naqqosh, muzahhib, jadvalkash, halkor, zarko‘b, lojuvardsho'y va boshqalar)ga mutasaddi etib tayinlaydi. 1524-yili Shoh Ismoil vafotidan keyin Shoh Tahmosib davrida ham Behzod katta obro‘ va e tiborga ega bo‘lgan. Tabrizda Behzod Sulton Muhammad, Og‘a Mirak va Mir Mansur kabi musawirlar bilan hamkorlikda ijod qildi. Qozi Ahmadning ma’lumotiga ko‘ra, Behzod hayoti- ning oxirida ona shahri Hirotga qaytgan va shu yerda vafot
etgan. Musavvirning
qabri Ko‘hi Muxtor
(Murod tog ‘ i;
Afg‘oniston xudu-
dida)ning xushman-
zara joyida.
0‘rta Sharqda 17-
asrgacha rassomlikda
asosiy taraqqiyot
yo‘nalishini belgilab
bergan Behzod ijodi
uning zamondoshlari
tomonidan yuqori ba-
holangan. Behzod
o‘zidan oldingi ras-
somlar an’analarini
davom ettirdi va bo-
yitdi. Asarlarining tar-
hi murakkab, erkin
harakatlarga boy, yor-
qin, jozibador ranglardan tuzilgan bo‘lib, ular o‘zaro uyg‘un.
Tabiat jonli, hayot manzaralari aniq va haqqoniy, ishonarli va
ta’sirchan tasvirlangan. Chiziqlar nihoyatda nozik, ranglar nafis
ishlangan. Portretlarida inson ma’naviy qiyofasi, ruhi, his-tuyg‘ulari,
xulq-atvorini aks ettirishga ahamiyat bergan.
Sa’diy Sheroziyning “Bo'ston” asari qo‘lyozmasi (1478, Dublin- dagi Chester Bitti kutubxonasida) rasmlari, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” asari qo‘lyozmasi (1483, Nyu-Yorkdagi Met- ropoliten muzeyida)ga 1487-yili chizilgan rasmlar, Navoiyning “Xamsa” qo‘lyozmasi (1485, Oksforddagi Bodliyeyan kutubxo-
Do'stlaringiz bilan baham: |