Узбекистон Халк таълим Вазирлиги Жиззах Халк таълим бошкармаси Зомин тумани хтб га карашли мактабларга Тарбия фанидан 5-11 синфлар учун


sinf Tarbiya fanidan savol javoblar



Download 83,4 Kb.
bet3/13
Sana18.02.2022
Hajmi83,4 Kb.
#450425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Узбекистон Халк таълим Вазирлиги Жиззах Халк таълим бошкармаси З

8 sinf Tarbiya fanidan savol javoblar

“Ilm “1.Tarbiya fanining 1- bobi nima?


J: Tinch va xotirjam yashash vaqti
2. Inson eng ko’p o’ylaydigan, so’zlaydigan, kuylaydigan mavzu nima?
J:Vatan
3.Donishmand “Haqiqiy vatanparvar kim? savolga qanday javob bergan?
J:Vatan qudrati, el-yurt ravnaqi, yosh avlod kamoloti yo’lida shaxsiy daxldorlikni his etgan va bu jarayonlarda faol bo’lgan insondir.
4.Vatanni nimaga qiyoslashadi?
J:Onaga
5. Donishmandning shogirdlariga vatan haqidagi so’zlari qanday edi?
J: “Vatanni sevmoq iymondandir” “Ezgu amal qiluvchi insonlarning Vatani jannat” “Jannat onalar oyog’i ostidadir”
6. “Tarbiya qancha mukammal bo’lsa , xalq shuncha baxtli yashaydi, deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo’lishi uchun esa bu masalada bo’shliq paydo bo’lishiga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.” Bu kimning so’zlari?
J: Sh. Mirziyoyev
7. Bir fozil insonning baxtli yashash sirlari....
J:1)Yurtda tinchlik va ravnaq 2) mustahkam e’tiqod va sog’liq 3)foydali kasb-hunar va bilim 4)totuv oila 5)zurriyotlar kamoli
8. Kimki yurtni sevmasa, u hech kim va hech nimani sevmaydi? Firning muallifi kim?
J:M. Zamahshariy
9.”Biz birlashib yengamiz” kimning fikri?
J: Koreys madaniyati markazi rahbari Viktor Pak
10. Vatanga mehr qo’yishning darajasi, bahosi bo’lmaydi, ya’ni biroz kam yoki biroz ortiq bo’lmaydi.Chunki Vatan yagona, Vatan bittadir.
J: Ma’naviyat hazinasidan
11.Yurtimizda nechta diniy konfessiya bor?
J: 16 ta
12. “Qaysi bir millatning orasida birlik ko’tarilub, nifoq va adovat hukm surgan bo’lsa, ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan ma’lumdir” bu fikr kimga tegishli?
J:A Avloniy
13.”Seni faqat boyliklaring chun, Sevgan farzand bo’lsa, kechirmam aslo” jumlasi qaysi shoirning she’ridan olingan?
J: Aoripov “Men nechun sevaman O’zbekistonni?”
14.”Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab bag’rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, jamiyatda fuqarolar totuvligini mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar , teng huquq va imkoniyatlar yaratish, yosh avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash O’zbekistonda davlat siyosatining muhim ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilangan.” Kimga tegishli?
J:Sh. Mirziyoyev
15. Yurtimizda qancha milliy madaniy markaz va do’stlik jamiyati faoliyat ko’rsatmoqda?
J: 138 va 36
16. “Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o’z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo’lsa, jonini ham ayamasligi kerak. Inson oliy axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg’arazlik, oliyjanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo’lishi lozim.” bu fikr kimga tegishli?
J: Berdaq
17. “ Dunyoda sharafli vazifalar juda ko’p, ammo ular ichida o’z vatanini himoya qilish sharaflilar ichra sharaflisidir. Negaki Vatan bu insonga ato etilgan eng qutlug’ ne’mat, halol nasibamiz, ajdodlarimiz uyg’oq ruhi kezib yurgan tabarruk go’sha, ularning nafasi ufurib turgan muqaddas tuproqdir!
Vatan unga bo’lgan muhabbatdan yuksaladi,ardoqlanadi. Jaloliddin Manguberdi shijoati, A Temur jasorati... Ularni haqiqiy vatanparvarlik deyish mumkin. Bular ko’ksida Vatan degan quyoshni ko’tarib yashagan insonlardir.Shu bois ular qalblarimiz to’rida.Vatan tarixini nima bezab turadi, deb so’rasalar, hech ikkilanmay shijoat-u jasorat, ma’rifat-u adolat, sadoqat-u himoya, degim keladi.....” bu fikr kimga tegishli?
J: Minhojiddin Mirzo
18. Yurtimizda qachon Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi?
J: 1999 yil
19 “Jaloliddin Manguberdi” ordeni qachon ta’sis e’tildi va Xorazm viloyati qachonmukofatlangan?
J: 2000-yil 30-sentabr va 2003 –yil
20. Insonning burchlari 4 ga bo’linadi: o’z oldidagi; oilasi oldidagi; davlat oldidagi; o’zga odamlar oldidagi burchdirShu 4 zarurat ado etilsa, vatanoarvarlik amalga oshadi.
J: Ma’naviyat xazinasida
21 2- bob nima?
J: Oz-o’zini anglash
22.Suyuma Ga’niyeva kimning ijodini o’rgangan?
J:A Navoiy
23. Suyuma Ga’niyeva qayerda tug’ilgan?
J: 1932-yil Toshkentda
24. Suyuma Ga’niyeva qancha kitob va ilmiy-nazariy maqolalar yozgan?
J: 20 va 350 dan ortiq
25. Suyuma Ga’niyevaning ijodiy salohiyatiga bag’ishlangan film nomi?
J:”Yo’l”
26.Akmal Saidovning bobosining nevarasiga o’giti nima bo’lgan?
J: “Har bir behuda o’tgan vaqtning uvoli bor, uvol bo’lgan umrni ortga qaytarib bo’lmaydi”
27. Akmal Saidov qachon Belgrad shahrida bo’lgan Parlamentlararo Ittifoqning 141- sesseyasida Tashkilot Ijroiya qo’mitasi a’zosi etib saylandi?
J: 2019 17 oktabr 2020-2023 yillar oralig’ida
Akmal Saidov qachon Parlamentlararo Ittifoq Raisi o’rinbosari bo’ldi?
J:2020 30- yanvar
28. Akmal Saidov qachon Kot-d’lvuarda Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston vakili va raisi etib saylangan?
J: 2017 10-11 iyul va 1 yildan so’ng
29. “Sen taqdiri azalni emas, avvalo o’zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma.Eng avval o’z istaklaringni boshqara bil.”
J: Rene Dekart
30. Maqsadni bosqichma bosqich belgilash yo’li:
J: 1) Maqsadni aniq bayon qilish 2) Maqsadga erishish uchun harakatlar rejasini tuzish 3)Rejaga muvofiq 1-qadamni qo’yish 4) O’ylangan maqsadni kelajak sari yo’naltirish 5) Maqsadga erishgandan so’ng, o’zida qanday o’zgarishlar bo’lishiga e’tibor berish
31.”Sozlagandan so’zlamagan yaxshiroq, so’zlagandim boshimga tegdi tayoq” bu jumla kimga tegishli?
J: A Navoiy
32. Minorai Kalonning uzunligi va uning asosi yer sathidan qancha metr chuqurlikda?
J: 47.5 va 11.5
33. “Kaloming belgilar kamoling” bu jumla kimga tegishli?
J: Sharq donishmandlari
34. Harvard universiteti tadqiqotlariga ko’ra, ishga kirish uchun fe’l-atvorning foizi qancha ekan?
J: Ge’l-atvor 85 % bilim va tajriba 15%
35.”Yahshi fe’l-atvor bilan yashagan inson o’zini yomon qiliqlardan saqlaydi.” bu jumla kimga tegishli?
J:A Yugnakiy
36.”Inson shu qadar buyukki, uning fazilatlarini o’lchash dunyodagi eng baland tog’ning eng baland cho’qqisidan emaklab tushish zahmati bilan teng.” bu jumla kimga tegishli?
J:O’ Hoshimov
37. Jahl otiga qamchi urganlari sayin odamlar qanday holatga tushadilar?
J: Bir-birini eshitishga qiynaladilar
38. “So’zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli bo’ling. Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq – cho’qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir.Ezgulik uchun yaralgan yoki ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko’rmadim.Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo’lur.” bu jumla kimga tegishli?
J: Konfutsiy
39. E Vohidov qaysi yili O’zbegim qasidasini yozgan?
J:1968-yil
40. Milliy faxr tuyg’usini aks etgan Ozbegim qasidasidan keyin necha yil ishsiz qoldi va shu yillarda qanday asarni tarjima qilgan?
J:5 yil Gyotening Faust asari
41. “1973-yil edi.Bir kuni E Vohidov “Inson “ qasidasini o’qib berdi.Tinglayapman-u sochimdan tovonimga qadar bir titroq o’rmalaydi. Shifokor sifatida odamni faqat biologik jihatdan bilishning o’zi kamlik qilishi, inson o’zini anglasa, quvvatni jamlasa koinotn o’zgartirishga qodirligini o’shanda yanada teranroq anglaganman.” bu jumla kimga tegishli?
J: Abdukarim Usmonxo’jayev, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent
42. “Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin.O’z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi” bu jumla kimga tegishli?
J: O’ Hoshimiv
43. Nima inson hayotiga va salomatligiga zarar yetkazadigan, baxtsizlikka olib keladigan eng xavfli hissiyotdir?
J: G’azab
44. Hissiyot nima?
J: Bu quvvat, ich-ichimizda yuzaga kelgan kuch.
45. Salbiy hissiyotlarni boshqarish yo’llari?
J: -Darhol munosabat bildirmang; - O’zingizni o’rganing; -Dono bo’ling; -Aqlni qo’lga oling; -Ijibiy munosabatlar bilan javob bering; Ijodiylikni yo’qotmang;
46. His tuyg’ular insonlarda qandayholatlarda namoyon bo’lishi mumkin?
J: 1)Ijobiy 2)Salbiy 3)Aralash
47.”Hayotda hamma narsa muvaffaqiyatli bo’lishi uchun siz hamma narsaga ijobiy va yahshi kayfiyat bilan munosabatda bo’lishingiz kerak.” bu jumla kimga tegishli?
48.Nima barcha yomonliklarning boshidir?
J: Giyohvandlik
49. Har yili necha mingdan ortiq odam giyohvandlikdan ko’z yumadi?
J:200 ming
50. “Hayot daftarining har sahifasi 2 betdan iborar. Unda haqiqat va razolat, ma’rifat va jaholat, jo’shqinlik va tushkunlik, do’stlik va dushmanlik, yorug’lik va qorong’ulik, samimiyat va munofiqlik, xolislik va riyokorlik singari kundalik turmushning tashvishu sinovlari, baxt-u quvonchlari bitilgan.Ularni munosib yengib o’tishda odamda o’ziga ishonch va qat’iyat bo’lishi lozim.”
J: Ma’naviyat xazinasidan
51. Riyoziyot nima?
J: Hayotda o’z o’rnini topish uchu harakat qilmoq.
52. “Kim mashaqqat chekdi – topdi g’azna ham,
Kim tirishqoq bo’ldi – ko’p topdi karam”. bu jumla kimga tegishli?
J:J Rumiy
53. 3- bob nima?
J: O’zgarish, mashaqqatlarni yengish
54. Har bir ishda hikmat bor.
J: Ma’naviyat xazinasidan
55.” ....Mol-dunyoga o’chlik, qimmatbaho uy qurish yoki biror nima xarid qilish orqali soxta obro’ orttirish isrofgarchilikka sabab bo’ladi.Ko’hna bir naql bor:”Qul ozodlikka erishishni emas, quldor bo’lishni orzu qiladi”.Pulning quliga aylanib qolish-o’zining hayotiga egalik qila olmaslikni anglatadi”. bu jumla kimga tegishli?
J: Pavel Durov Telegram asoschisi
56. Pavel Durov qachon tug’ilgan va necha yoshdan dasturlashga qiziqqan?
J: 1984-yil Sankt-Peterburgda, 11 yoshda
57. Pavel Durov qaysi yili 2 ta Internet loyihasini yaratadi va qanday loyiha edi?
J: 2006- yilda bo’lib Rossiya universitetlari o’rtasida referat va g’oya almashish edi.

58. Pavel Durov Vkontakte loyihasini qachon yaratdi?


J: 2006 yil 1 oktabr
59. Pavel Durov Digital Forest kompaniyasiga qachon asos soladi va Telegram mesenjerini ommaga taqdim etadi?
60.”Tabiiy boyliklarimiz cheklangan, biroq ijodkorligimizning chegarasi yo’q”.?
J: J Koreya Pasco kompaniyasining shiori.
61. Fransiyalik Ferdinand Sheval qachon “Palais Ideale” (Bekam-u ko’st saroy)ni qura boshladi?
43 yoshida 1879- yil
62. Fransiyalik Ferdinand Sheval qancha vaqtda saroyni qurib bitkazdi ?
J:Jami 26 metrlik saroyni 9 ming kun, 65 ming soat,
63. Fransiyalik Ferdinand Sheval saroyini qaysi yili qurib bitkazdi?
J: 33 yil davomida 1912-yil
64. Fransiyalik Ferdinand Sheval saroyi eshigiga nima deb yozilgan?
J:”Plus opinivtre que moi se mettre a l’ oeuvre (Endi ishni mendan ko’ra qat’iyroq kishi davom ettirsin)
65. “Ixtirochilikning 10 %i tasavvur bo’lsa, 90%i mashaqqatli mehnatdir”. Fikr muallifi?
J: Tomas Edison
66. Qaysi qush havoning qarshiligi bo’lmasa ham parvoz qila olmaydi?
J:Lochin
67. Oxirgi 50-60 yil ichida qaysi davlatlar katta bunyodkorlik kuchiga aylanishdi?
J: Yaponiya va J Koreya
68.Tanqidiy fikrlash nimalarda namoyon bo’ladi?
J: 1)Shaxsiy nuqtayi nazarga egalik va uni himoya qila olish
2)Yangi g’oyalarni ilgari surish
3)Ma’lumotlarni o’zlashtirish, dalillarni qabul qilish
4)O’zgalarning tanqidiy fikriga sog’lom munosabatda bo’lish
5) Ma’lumotlarni aniqligini o’rganish, tekshirish, baholay olish
6)Yolg’onchilik va firibgarlikka qarshi immunitet mavjudligi
7)Fikrlarni aniq tasavvur qilish,natijani ko’ra bilish
69. ...... esli odam pul almashmaydi, fikr almashadi? Bu jumla kimniki?
J:O’ Hoshimov
70. 4 - bob nima?
J:Taraqqiyot va biznes- ilm-fan va yaratuvchanlik mevasi
71.Kompyuterlarning ahamiyati qanday?
J: -Muloqot qilish usullarini o’zgartiradi; -Uzoqni yaqin qiladi; -Sog’liqqa zarar yetkazadi; -Diqqat bo’linadi; -Ta’limni o’zgartiradi; -Biznes o’zgaradi; -Tobelik kuchayadi; -Vaqtdan yutiladi.
72.Tadqiqotlarga ko’ra, yoshlar kuniga qancha vaqtini smarfonda o’tkazar ekanlar?
J: 3 soat-u 49 daqiqa
73”Odam uchun dunyoda bilimdan yaxshiroq do’st yo’q va bilim xazinadan ham afzaldir.Chunki sen xazinani ehtiyot qilishing kerak.Bilim esa seni qutqaradi va muhofaza qiladi” Bu jumla kimniki?
J:Luqmoni hakim
74. Abbosiylardan Horun ar-Rashid va uning o’g’li Ma’mun Bag’doddagi qaysi ilmiy markazga homiylik qilgan?
J:” Hikmatlar uyi”ga
75. Qachon Xorazmda “Dorul hikma va maorif”, keyinchalik “ Ma’mun akademiyasi” ochilgan?
J: 10-asr oxirida
76. “ Ma’mun akademiyasi”ning 1000 yilligi qachon keng nishonlandi?
J: 2005-yil
77.Hofizu Abrunung “Zubdat ut-tavorix” asarida A Temur haqida nima deyilgan?
J: “Amir Sohibqiron maktabda o’z tengqurlaridan saboqda o’zib ketardi.Balog’at yoshiga yetguncha ilm, adab, xat va suxanvorlik kasb etdi. Undagi teran bilim shijoatga payvand bo’ldi va shundan so’ng amirlik mansabini egalladi? “A Temur xazinasi”dan
78. Yoshi ulug’lar ilm haqida nima degan?
J: “Ilm – inson ziynati, saodat eshigining kaliti”.
79. Volvelle yoki ” g’ildirakli tasvir “ nima?
J: Bugungi kompyuterlar va elektron kitoblarning ajdodi.
80. Volvellelarning takomillashishi qaysi vatandoshimiz bilan bog’liq?
J:Abu Rayhon Beruniy
81. A Eynshteyn nima yaratgan?
J: Optik tola, telekommunatsiya tarmoqlarida, quyosh batareyalari rivojiga turtki bo’lgan fotodiod qurilmasini
82. . A Eynshteyn qachon Nobel mukofotini olgan?
J: 1921 – yil
83. Binom yoyilmasi ustida kimlar ishlagan?
J: Umar Xayyom 1077 – yil (a+b)n umumiy formulasi kashf qilingan.Najmiddinat-Tusiy 1265-yil Binom yoyilmasini koeffitsiyentlarni uchburchak shaklda jadval ko’rinishda keltirgan. Nyuton esa bu qonunni umumlastirgan.
84. “Jadidchilik harakati, ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o’rganishimiz kerak. Uni qancha ko’p o’rgansak, bugun bizni tashvishga solayotgan juda ko’p savollarga to’g’ri javob topamiz”. Kimning so’zlari?
J: Sh Mirziyoyev
85. “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur,zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo’lur”. Bu jumla kimga tegishli?
J: M Behbudiy
86. “Kishining ilm-u mehnatda kamolot cho’qqisiga erishishi – hosil , ushbular orqali el nazariga tushishi – hosil to’plangan xirmondir”. ???
J: Ma’naviyat xazinasi
87.” Insonning qadri ilm bilan yuksaladi.Ilmli kishi hodisalarga xolis baho beradi, talabchanlik va uddaburonlikni o’rganadi”. ???
J: Ma’naviyat xazinasi
88. Jahon hamjimiyati qaysi vatandoshimizni yaratgan asarlari bilan butun insoniyatga tegishli bo’lib, uning faoliyat aql – idrok talablariga asoslangan edi deyishgan?
J: Ibn Sino
89. “O’rgatib o’rganaman” bu jumla kimga tegishli?
J: Aflotun
90. Yosh tadbirkor Jahongir Po’latov qanday o’quv makaz ochgan?
J: “Cambridge”
91. Yosh tadbirkor Jahongir Po’latov mashaqqatlarni nima deb biladi?
J: Tajriba
92. Yosh tadbirkor Jahongir Po’latov necha yoshida o’z biznesiga asos soladi?
J: 22
93. “Ko’p til bilish – bitta qulfga tushadigan bir necha kalitga ega bo’lish degan gapdir” bu jumla kimga tegishli?
J: Fransua Volter
94. IELTS nima?
J: International English Language Testing System
95.M Zamahshariy qachon va qayerda “Mufassal” asarini yozgan?
J: 1121-yil Makkada
96. M Zamahshariyni qanday sharafli nomlar bilan atashgan?
J: “Ustoz ul-arab val-ajam “ va “Faxru Xorazm”
97. M Zamahshariy qanchadan ortiq asar yozgan va ular qaysi sohaga oiddir?
J: 50 dan ortiq bo’lib, arab grammatikasi, lug’atshunoslik, adabiyot, aruz vazni, jug’rofiya, tafsir, hadis va fiqh
98. O’zbekistonlik Raufxon Salaxo’jayev qaysi yili jahondagi eng kuchli yosh iqtisodchilar yuztaligiga kiritildi?
J: 2017 yil
99. O’zbekistonlik Raufxon Salaxo’jayevqachon tug’ilgan?
J: 1987-yil Namanganda
100. O’zbekistonlik Raufxon Salaxo’jayevning shiori:
J: “Nashr etish yoki halokat”
101. O’zbekistonlik Raufxon Salaxo’jayev ilk o’qigan “RobinzonKruzo” kitobida nimani anglab yetdi?
J: Qunt va harakat qilsa, inson har qanday sharoitda ham muommolarni hal qiladi,maqsadiga yetadi?
102.Qachon Namanganda Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat faoliyatini boshlagan?
J: 2017-yil
103. Namanganda Isxoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internatida qaysi tillar o’rgatiladi?
J: Ingliz,nemis,fransuz,rus,arab,xitoy,koreys tillari
104. “Ko’rdimki, vaqtni “essiz” , “qaniydi”, “ koshki”lar bilan o’tkazgan kishining umri eng qisqa ekan” fikr kimniki?
J: N Kubro
105. Umr nima?
J: Omonat, sinov, imkoniyat, ne’mat
106.Vaqt nima?
J: Buyuk tarozi, hayot demakdir
107. Taym menejment nima?
J: Bu o’z shaxsiy ish vaqtini boshqarish mahoratidir
108. Agar bir umrning qadrin bilmoqchi bo’lsang kapalakdan so’ra.Agar 10 yil, 1 yil, 1 kun, 1 sot, 5 daqiqa, 1 daqiqa, 1 daqiqaning 10 dan birichi?
J: Agar 10 yilnikini 20 yoshida nogiron bo’lib qolgan 30 yoshlidan, 1 yil imtihondan yiqilgan talabadan, 1 kun hosili kuz yomg’irida qolgan dehqondan, 1 sot uyiga kech kelgan tarbiyali farzanddan, 5 daqiqa poyezdan kech qolgan yo’lovchidan, 1 daqiqa mehmon kutayotgan yolg’izdan, 1 daqiqaning 10 dan birichi esa bemorni kasalxonaga olib ketayotgan haydovchidan so’ra.
109. Odamning quvvati necha yoshgacha har kuni ziyoda bo’lur?
J: 34
110 Odamning quvvati necha yoshgacha quvvat ko’paymaydi ham, kamaymaydi ham?
J: 34 dan 40 yoshgacha
111. Odamning quvvati necha yoshgacha o’zini quvvatida har yili kamchilik sezadi?
J: 40 dan 50
112. Odamning quvvati necha yoshgacha jismoniy kamchilik, quvvatsizlik sezadi?
J:50 dan 60
113. Odamning quvvati necha yoshdan o’tsa, har soatda quvvatsizlik sezadi?
J:60yosh
114. “Inson uchun eng zarur narsa – salomatlik, badavlatlik va omonlik. Yoshlikdan ilm o’rganish, qariganda shu ilmdan foydalanish kerak.Vaqtimiz chegaralangan, uni munosib sarf qiling.” ?
J: Ma’naviyat xazinasidan
115. “O’tgan kun haqidagi: “Men uni qanday o’tkazdim, nimalar qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?” – degan savollarga javob topmaguncha ko’zlaring uyquga ketmasi.
J:Pifagor
116. 5– bob Oila va salomatlik
117. M Qoshg’ariyning hikmatli so’zini toping?
J: “ O’g’il dono bo’lsa, ota rohatga yetadi”.
118. “Kishilarning fe’l-atvori, yurish-turishi,xatti-harakati, gap-so’zi ularning xulqiga bog’liq.Yaxshi xulq egasi bo’lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi”. Qaysi manbadan olingan?
J: Ma’naviyat xazinasi
119. Kim yaxshi xulqlar qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g’ayrat, riyozat, qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, iymon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, idrok va zako, fifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi?
J: A Avloniy
120. “Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona , muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur”. Bu jumla kimga tegishli?
J: A Avloniy
121. Nima shaxsga va jamiyatga manfaat keltiradigan, ijtimoiy taraqqiyotga mos keladigan fazilatdur?
J: Yaxshilik
122. “Ilm cho’qqilarini egallashning muhim yo’llaridan biri kishi o’zini hammaga do’st, yaxshilik qila olish darajasiga yetkazishdan boshlanadi. Ta’lim bilan tarbiya bir butunlikni ko’rsatadi,faqat shunga amal qilgan shogirdlar kamolat sari bora oladi”.Kim shunday ta’kidlagan?
J: A R Beruniy
123. “Farzana go’zal axloqli bolalar o’qiydigan maktabda tahsi oladigan olmog’i lozim. Chunki bola boladan o’rganadi”. Bu jumla kimniki?
J: Ibn Sino
134. “Amir Temur xazinasi “kitobida Muhammad Tarag’ay Samarqand bozorida 1000 tanga oltinga sotib olgan qog’oz she’rida nima yozilgan edi.
J: “Zulm bilan dunyoga nom qoldirib bo’lmaydi.Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir....”(forscha)
135. “Barcha muqaddas kitoblarda yaxshilik, halollik, to’g’riso’zlik, kechirimlilik kabi insoniy go’zal xulq-u odoblar haqida ko’plab fikrlar mavjud: Tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim.???
J: Zardusht, “Avesto” kitobidan
136. “O’ldirma va hech kimga zarar yetkazma, yolg’om gapirma, buzg’unchilik bilan shug’ullanma, aqldan ozdiradigan ichimliklarni iste’mol qilma.Bilimli bo’lmoq, degani doimo izlanishda, qalban yuksalishdadir. Bu jumla kimniki?
J:Sidxarta Gautama (Budda)
137. “Kimning nutsi zikr, sukuti fikr va nazari ibrat bo’lsa, albatta u menga o’xshabdi. Bu jumla kimniki?
J:Iso Masih
138 “Go’zal xulq musulmon kishiga xos sifatlardandir.Musulmon kishi so’kib haqorat qilinsa, u ham shunday javob qaytarilmaslikka, balki tilini tiyib, sabr qilishga buyurilgan. Agar sizni kishi so’ksa unga “Alloh seni kechirsin,”, deb ayting”. Bu jumla kimniki?
J:Muhammad payg’ambar (s.a.v)
139. Nima vatanparvarlik tarbiyasining asoslaridan biri bo’lib muhim axloqiy fazilat hisoblanadi?
J: Tabiatni sevish
140. Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” asarida o’simlik, dorivor o’tlar va hayvonlarning necha turini batafsil ta’riflab bergan?
J: 1118, 750 va 101
141. Abu Rayhon Beruniy o’z izlanish davomida nechta o’simlik, hayvon va minerallar haqida ma’lumot to’plagan?
J: 4500 ta
142.” Agar insonlar tabiatga nisbatan zo’ravonlik qilib, uning qonunlarini qo’pollik bilan buzsalar, bir kun kelib, tabiat ularning boshiga shunday kulfatlarni solishi mumkinki, buni hech qanday kuch qaytara olmas”. Bu jumla kimniki?
J:Beruniy

143. Tabiatga bir sahovat qilinsa, yuz saxovat bo’lib qaytadi


J: Ma’naviyat xazinasdan
144.Mark Tven bo’sh vaqtida, 1872- yildan nimadan va qancha daromad ko’rgan?
J: 57 turdagi albom va bloknotlarni patentlab, 50.000 $
145. Tadbirkor John Shnatterning nima ishqibozi edi?
J: Pitsa tayyorlash
146. Tadbirkor John Shnatter qachondan “Papa Johns” tamaddixonasini ochdi?
J: 1987-yildan
147. Tadbirkor John Shnatterning ayni kunda 37 mamlakatda qancha shohobchalari bor?
J: 4700 dan ziyod
148. Isrof – har bir ishda haddan oshishdir.Isrof ne’matning zavolidir. U go’zal hayotimizga tushgan qora dog’dir.Isrofdan qutulish insonga halovat bag’ishlaydi?
J: Ma’naviyat xazinasidan
149. Nima farovon turmush garovidir?
J: Tejamkorlik
150. Yer yuzida har kuni qancha chiqindi hosil bo’ladi?
J: 11 mln tonna
151. Biz xarid qilayotgan mahsulotlarning necha %i 6 oy to’lmay chqindi qutisidan joy oladi?
J: 99%
152. Har tonna qattiq chiqindi olish uchun qancha qazilma , ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi mahsulotlari xomashyosi sarf qilinadi?
J: 71 tonna
153. Yelim xaltalar o’rtacha necha minut ishlatiladi va necha yil davomida parchalanib ketadi?
J: 12 minut va 500
154. . Yelim xaltalar yiliga qancha dengiz hayvoni nobud bo’lishiga olib kelmoqda?
J:100 ming
155. “Bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, o’z hayotini aziz Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishi, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarning muqaddas xotirasini yod etib, ezgu ishlarni davom ettirish, safimizda yurgan keksalarni e’zozlash – odamiylikning eng oliy mezoni va bizga tinchlik , omonlik kerak, deb yashaydigan bag’rikeng va oliyjanob xalqimizga xos azaliy qadriyatdir”. Bu jumla kimga tegishli?
J: Sh.Mirziyoyev
156. 2- jahon urushida mamlakatimizdan qancha odam ishtirok etgan qanchasi nogiron bo’lib qaytdi?
1 mln 433 ming 230 nafar va 604ming 52 nafar
157. 2- jahon urushida mamlakatimizdan qancha odam halok bo’ldi?
J: 450 mingdan ortiq
158. Qaysi yili katta leytenant Azizxon Tursunov qurollangan shaxslarni to’htatib qolganda, terrorchilar qo’lbola portlash vositasidan mardlarcha halik bo’ldi?
J: 2004- yilda
159. Yahudiylarning ruhoniysi nima deyiladi?
J:Ravvin
160. Adolat nima?
J: (arabcha odillik, osoyishtalik) – insoniyatning azaliy orzusi, ezgu g’oyasi, ma’naviyat, axloq, va huquqning me’yoriy kategoriyalaridan biri.
161. Innovatsiya nima?
J: (inglizcha innovatsion) yangilik kiritish, degan ma’noni bildiradi, ya’ni tizim ichki tuzilishini o’zgartirish.
162. Imij nima?
J: ( ing. Image qiyofa va tasvir) muayyan shaxs, tashkilot yoki boshqa ijtimoiy obyektga nisbatan kishilar ongida shakllangan qiyofadir.U kishilar ongiga, hissiyotlariga, faoliyatiga hamda xatti-harakatlariga ta’sir ko’rsatadi.
163. Ma’naviyat nima?
J: (arabcha- ma’nolar majmuyi) kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlari va tushunchalari majmuyidir
164. Ma’rifat nima?
J: (arabcha bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish) – tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi bilimlar, ma’lumotlar, ta’lim-tarbiya va maorif tizimi uyg’unligini ifodalovchi tushuncha.
165. Mediasavodxonlik nima?
J: (lotincha media literacy) – mediani o’rganish layoqati va ko’nikmasiga ega bo’lish. Ommaviy kommunikatsiya xabarlaridan foydalanish, tahlil qilish, baholash va ularni turli variantlarda uzatish latoqatidir
166.Millat nima?
J: (arabcha xalq) bir hududda istiqomat qiladigan, umumiy til, madaniyat, urf-odat, qadriyatlar va ruhiy yaqinlik bilan farqlanuvchi ijtimoiy birlikdir.
167. Etiket nima?
(frans. Etiquette- ma’lum joyda o’rnatilgan tartib-qoida) inson va jamiyat tashqi madaniyatining asosiy qismi bo’lib, asrlar davomida go’zallik, intizom, aql, idrokning uyg’unligi asosida shakllangan estetik me’yorlar majmuyidir.
168. Strategiya nima?
J:Amalga oshirilishi ma’lum bo’lgan va uzoq davrga mo’ljallangan maqsadni amalga oshirish yo’llari.
169.Islohot nima?
(arabcha “islohot” yaxshilash tuzatish) isloh qilish, tubdan o’zgartirish, qaytadan qurish, yangidan tashkil qilish.
170. 8 – sinf Tarbiya darsligi qaysi nashriyotda chop ettirildi?
J: “Zamin nashr”.

Download 83,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish