Узбекистон Халк таълим Вазирлиги Жиззах Халк таълим бошкармаси Зомин тумани хтб га карашли мактабларга Тарбия фанидан 5-11 синфлар учун



Download 83,4 Kb.
bet2/13
Sana18.02.2022
Hajmi83,4 Kb.
#450425
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Узбекистон Халк таълим Вазирлиги Жиззах Халк таълим бошкармаси З

7-sinf TARBIYA

1.’’Men ko’rgan Rim paxsa devorli edi,men qoldirayotgan Rim go’zal imoratlardir’’ fikri muallifi kim?


J:Yuliy Sezar
2.’’Qudratimizga shak-shubha qilsangiz ,biz qurgan imoratlarga boqing’’ fikri muallifi kim?
J:Amir Temur
3.Fuqarolarning tarixiy, ma’naviy va madaniy merosni asrab-avaylash to’g’risidagi burchi Konstitutsiyamizning nechanchi moddasida berilgan?
J:49-modda
4.Nyu-Jersi shahrida o’zbek millatiga mansub millatdoshi bilan uning otasi haqida suhbatlashgan yozuvchi kim?
J:Nosir Zohid
5.”Biz turkistonliklar o’z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi ,arablar arabistonini ,qumlik ,issiq cho’llarini ,eskimular shimol tomonlarini ,eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar .Agar suymasalar edi ,havosi yaxshi ,tiriklik oson yerlarda o’z vatanlarin tashlab ketar edi.Bobolarimiz:”KIshi yurtida sulton bo’lguncha,o’z yurtingda cho’pom’n bo’l ‘’ demishlar” so’zlari muallifi kim?
J:Abdulla Avloniy
6.”Yaxshi odam yurt tuzar,yomon odam yurt buzar” so’zlari kimniki?
J:Amir Temur
Intellektual salohiyat qaysi tuyg’u bilan uyg’un bo’lgandagina yuksak natijalar beradi?
J:Vatanga muhabbat tuyg’usi
7.Donishmandlarning fikricha,insoniyat maqsadi- ….
J:odamlarni insoniylikka o’rgatishdir.
8.J.Kenfildning “Orzular izdoshi” hikoyasidagi ”Atlanta” qaysi hayvonning laqabi edi?
J:Chopqir saman
9.Jek,Monti qaysi hikoya qahramonlari?
J:“Orzular izdoshi”
10.Britaniyalik Jeyms Dayson 15 yil davomida changyutkichning necha xilini yaratgan edi?
J:5126 ta
11.Jeyms Dayson qayerlik sarmoyadorlar yordami bilan o’zi istagan changyutkich yaratishga erishgan?
J:yaponiyalik
12.”Muvaffaqiyatni o’rganib bo’lmaydi,biroq muvaffaqiyatsizlik –katta bilim va qunt “ fikri muallifi kim?
J:Jeyms Dayson
13.”Aniq reja va maqsad bilan yashaydigan insonlar doimo ….umr kechiradilar.
J:munosib va muvaffaqiyatli
14.Eng go’zal umr bu-…..
J:to’g’riso’zlik va halollik ustiga ustiga qurilgan umr
15.”Agar ishing yurishmasa,harakat qil .Shunda ham ishing yurishmasa ,yanada ko’proq harakat qil Bordi-yu ,baribir ishing yurishmasa ,sen uchun birgina yo’l qoladi-u ham bo’lsa ,faqat harakat qilishdir” fikri kimniki?
J:Murodilla Rayimov,matematik olim
16.”Dunyodagi hech yengib bo’lmaydigan kuch –bir daqiqadir…Demak ,vaqt ham quradi,ham yemiradi.Faqat undan munosib foydalanganlargina nurli va muvaffaqiyatli umr yo’llaridan boradilar” fikri kimniki?
J:Murodilla Rayimov
17.”Modomiki to’xtamas ekansan ,sekin yoki tez yurayotganing ahamiyatsiz.Muhimi –to’xtab qolmaslik” fikri kimga tegishli?
J:Konfutsiy
18.Muvaffaqiyat nima?
J:Yaxshi natija ,erishilgan yutuq,omad.Biror ishda qozonilgan g’alaba.
19.Qat’iyat nima?
J:Qat’iylik ,uzil-kesillik ,dadillik,matonat,sabot.O’z fikrida ,so’zida azmu-qarorida qattiq turish.
20.Qunt nima?
J:Itoatkorlik,hafsala .Biror ishni astoydil berilib ,sabr-toqat bilan bajarish ishtiyoqi.
21.Matonat nima?
J:Mustahkam iroda,sabot,chidam ,bardoshli bo’lish.
22.”Dorboz” she’ri muallifi kim?
J:A.Oripov
23.”Uddalay olmayman “degan tushuncha miyani qulflaydi.Shu tobda :”Buni qanday amalga oshirsam bo’ladi ?” deb aytish ,aksincha ishlashga majbur etadi.”Fikr muallifi kim?
J:Robert Kyosaki
25.”Mo’jiza emasdir falakda kitob ,
Mo’jiza aslida beminnat kitob” bayti kimga tegishli?
J:Jaloliddin Rumiy
26.Aziz farzandim !Unutmang,umringiz- sizning……Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:siringizdir
27.Dunyoda nima bergan bilimi evaziga haq talab qilmaydi?
J:Ustoz va kitob
28.Chung Ju Yung qachon Koreyada kundalik topgan pullaridan chegirib kichik avtomobil ustaxonasi ochdi?
J:1939-yil
29.Koreyada eng birinchi ishlab chiqarilgan avtomobil qaysi?
J:”Poni”
30.”Hunday Motors “ avtomobili asoschisi kim?
J: Chung Ju Yung
31. Chung Ju Yung qachon va qayerda tug’ilgan?
J:1915-yil Koreyaning chekka qishlog’ida
32.”Po’lat iroda sohibi” nomi bilan tanilgan mashhur inson kim?
J: Chung Ju Yung
33.”Hyundai Group” asoschisi kim?
J: Chung Ju Yung
34. Chung Ju Yungning ikkinchi nomi nima?
J:Asan
35. Chung Ju Yungning ustaxonasi qachon “Hyundai” nomi bilan ishlay boshladi?
J:1946-yil
36.”Ishbilarmon,mardlik va shijoat sohibi,azmi qat’iy tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz,loqayd kishilardan yaxshidir” so’zlari kimga tegishli?
J:Amir Temur
37.”O’tgan hayotingni o’z mualliming deb bil” fikri kimga tegishli?
J:Abu Mansur Moturidiy
38.Yer yuzida yiliga qancha ko’mir yoqiladi?
J:20 milliard tonnadan ziyod
38.Yer yuzida yiliga qancha neftni yonilg’I sifatida ishlatamiz?
J:2.5 mlrd tonna
39.Bitta transatlantik havo laynerining parvozi qancha kislorodni yo’q qiladi?
J:50 tonna
40.Atmosferani zaharlaydigan moddalarning necha %i transportdan,necha %i yoqilg’ilardan ,necha %i ishlab chiqarish jarayoni na necha %i boshqa manbalardan chiqadi?
J:40%,20%,15%,25%
41.1960-yillarda Orolbo’yi havzasida yiliga qancha baliq ovlangan?
J:35 ming tonna
42.1960-yillarda dunyoda eng katta dengizlar qaysilar edi?
J:1.Kaspiy dengizi. 2.Viktoriya dengizi.3.Yuqori ko’l 4.Orol dengizi.
43.Orol dengizining qurib bitgan qismidagi Orolqum sahrosining maydoni qancha?
J:5.5 million gektar
44.Hozirgi kunda Orol dengizining sho’rlanish darajasi qanchaga yetdi?
J:25 daraja
45.Amudaryo va Sirdaryo suvining quyiladigan umumiy hajmi keying 50 yil ichida … barobar,Orol dengizining suvi esa… barobardan ko’proq kamaydi.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:5 barobar,14 barobar
46.Preventiv diplomatiya nima?
J:Tomonlar o’rtasida kelishmovchiliklar paydo bo’lishining oldini olish,mavjud kelishmovchiliklarning mojaroga aylanishiga yo’l qo’ymaslik,shuningdek mojaroning tarqalishini cheklashga qaratilgan diplomatik harakatlar.
47.”Suv,tinchlik va xavfsizlik muammolari o’zaro chambarchas bog’liq “ degan pozitsiya muallifi kim?
J:BMT bosh kotibi
48.”…Biz BMT tomonidan Orol fojeasidan jabr ko’rgan aholiga amaliy yordam ko’rsatish bo’yicha qabul qilingan maxsus dastur to’liq amalga oshishi tarafdorimiz” usbu so’zlarni SH.M.Mirziyoyev qayerda aytgan?
J:BMT Bosh assambleyasi 72-sessiyasida so’zlagan nutqidan
49. Bir donishmanddan qaysi fazilatlar eng yaxshi fazilatlar sanaladi deb so’ralganida qaysi fazilatlarni aytib o’tgan?
J:Tabassum qilmoqlik,shirin so’zlamoqlik,xushmuomala bo’lmoqlik.
50.Barcha gunoh va yomonlik …….Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:Dildagi g’ashlik va odamlar ko’ziga uyatli ishdadir.
51.”O’zining aybini bilganda inson,
Boshqalar aybini so’zlamasdi ham. Bayt muallifi kim? J:Abulqosim Firdavsiy
52….- odamning jamoat ,el-yurt orasida o’zini tutishi ,boshqalar bilan qay yo’sinda muomala qilishi ,bo’sh vaqtini qanday tashkil etishi,o’z turmushi,ya’ni shaxsning kundalikxulq-atvori,yurish-turishi,xatti-xarakatlarini ifodalovchi xususiyatdir.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:Odob
53.” Biror kimsaga yaxshilik qilsang,shuni bilki,sening saxovatingdan u behad shod bo’lgani kabi , senga ham shunchalik zavq nasib etadi”. Ushbu fikr muallifi kim? J:Kaykovus “Qobusnoma”
54.”Inson o’zining his-tuyg’ulariga hukmron ,ularni o’zgartirishga, boshqarishga qodir, o’z ruhi va tanini tarbiyalar ekan , salbiy jihatlarni maqtaydigan narsalarga aylantirishga, uni tibbiy usul bilan ma’naviy davolashga hamda asta-sekin axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodir bo’ladi. Ushbu fikr kimniki?
J: Abu Rayhon Beruniy
55. Obro’ga erishishning eng halol yo’li nima? J: Kamtarlik
56.Yaponlarda “kintsugi” san’ati bor. “Kintsugi” nima?
J: Oltin bilan yamalgan idish - “Kintsugi”
57.Abu Ali Ibn Sino ezgulikning asosi deb qaysi fazilat va hislatlarni nazarda tutgan?
J: To’g’ri so’zlash va to’g’ri ishlash, halollik, insofli va adolatli bo’lish, xushmuomala va shirinsuxanlikni odat qilish, nafsga berilmaslik, fozillar suhbatidan bahramand bo’lish, kattalarning hurmatini joyiga qo’yish, kichiklarga shafqatlilik, samimiy do’stlik, muhtojlarga yordam berish va in’om-ehson qilishni unutmaslik, nodonlarga nasihat, maslahat berish.
58. Kishi uchun eng foydali va dilni yorishtiruvchi narsa - …….. Nuqtalar o’rniga to’g’ri javobni qo’ying. J: Qanoat
59. “Insonning yashashdan maqsadi – baxtiyorlik” degan xulosaga kim kelgan?
J: Arastu (2300 yil avval)
60.Baxtiyor bo’lish uchun inson axloqli bo’lish lozim. “Baxtiyorlik ichimizdadir” deb kim qaysi asarida yozgan? J: Arastu (“Axloq” asaridan)
61.Inson vujudi o’rmonga o’xshaydi. Vujudimizda minglab bo’rilar, to’ng’izlar…., yaxshi-yomon, halol-harom sifatlar bor. Ularning qaysi biri ustun bo’lsa, inson shuning qulidir. Ushbu fikrni kim bildirgan?
J:Jaloliddin Rumiy
62. Tanga tarkibida oltin misdan ko’proq bo’lsa, bu tanga oltin hisoblanadi. Vujudingda ham shunday – qaysi tabiat ustun bo’lsa, sen shungs aylanasan. Inson ba’zan bo’ri bo’lsa ba’zi lahzalarda Yusufdek xushsurat va xushxulq bo’ladi. Ko’ngilda har lahza boshqa bir tuyg’u bosh ko’taradi… Ushbu fikrlar qaysi asardan olingan?
J: Jaloliddin Rumiy (Masnaviy Ma’naviy)
63. Qaysi xitoylik donishmand butun umr qo’llanma bo’la oladigan : “ O’zingga ravo ko’rmaganni boshqaga ham ravo ko’rma”, deb maslahat bergan?
J: Konfutsiy
64. Qayerda ommaviy bir qabriston bo’lib, u yerda 101 nafar o’zbek askarlari dafn qilingan?
J: Niderlandiyaning Amersfort shahridagi Lyozdin qabristonida
65. Qaysi dinda o’z joniga qasd qilish insonning hayotga nisbatan qilgan noshukurligi sifatida hisoblanadi?
J: Buddaviylik
66. ………… dinining pravoslav yo’nalishida o’z joniga qasd qilish og’ir gunohlardan sanaladi. Mazkur ishga qo’l urgan kishining dafn marosimida marsiyhayotdan ko’z yumada (otpevaniya) o’qilmaydi. Nuqtalar o’rnini to’ldirinig.
J: Xristianlik
67. Ayni paytda sayyoramizda qancha nafar kashanda bor?
J: 1,1 miliard
68. Har yili kashandalarni qanchasi kasalliklarga chalinib, hayotdan ko’z yumadi?
J:6 million
69. “Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga enf kerakli narsadur. Chunki o’qumoq , o’qutmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar barcha amallarinda kamchilik qilurlar”. Ushbu so’zlar kimniki?
J: Abdulla Avloniy
70. Til, lab, boshqa og’iz bo’shlig’i organlari , halqum, o’pka saratoni bilan kasallanishlarning 80% qaysi illat oqibatida yuzaga keladi?
J: chekish
71. O’g’ridan qo’rqma, nari borsa molingni olar, qotildan qo’rqma, nari borsa joningni olar. Ammo befarq, loqayddan qo’rq, chunki u ikkisiga yo’l qo’yib berar.
Ushbu fikr kimniki?
J:Jaloliddin Rumiy
72.”Hushyor va zakovatli odam uldurki, uning fikr doirasi keng , uzoqni yaqindek ko’ra oladigan, g’aflat uyqusidan yiroq, balki hamisha fikr-u zikri bilan uyg’oq, nozik ishoratdan ham o’ziga xulosa chiqara oladigan kishidur “deya kim ta’kidlagan?
J: Mahmud Zamaxshariy
73. Biz yashayotgan davr “Internet asri” deb atalmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, hozirda dunyo aholisining qanchasi internet tarmog’idan foydalanadi?
J: 4,1 milliard
74. O’zbekistoda internetdan foydalanuvchilar soni necha nafar?
J: 12,2 million
75. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yer yuzidagi o’smirlarning …. foizini axloqsizlik, …. foizini zo’ravonlik, ….. foizini millatchilik va ayirmachilik kabi tahdidlarni targ’ib qiluvchi veb –sahifalardan foydalanuvchilar tashkil qilmoqda. Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:42/38/26
76. Dunyo aholisining qancha foizini ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi?
J: 55-60 foizi
77. Stiv Jobs qachon videoo’yin va kompyuter ishlab chiqaruvchi kompaniyada ish boshlagan?
J: 1974-yilda
78. Stiv Jobs necha yoshida “Apple” korporatsiyasiga asos solgan?
J: 21 yoshida
79.”Al-Xorazmiy faqatgina o’z davrining buyuk matematigi emas, balki butun insoniyat tarixidagi buyuk matematikdik”deya qaysi tarixchi va kimyogar olim ta’kidlagan?
J: G. Sarton
80.Kommunikativlik nima?
J: Kommunikativlik – to’g’ri muomala qila bilish qobilyati; insonlar bilan yaqinlasha olish; samarali o’zaro munosabat o’rnatish.
81.Muzokara olib borishda eng muhimi nima?
J:Ravon nutq va fikrni aniq ifoda etishdir.
82. ‘’Suhbatdoshingizga samimiy munosabatda bo’ling,talaffuzni yaxshilang,ovozingizni sozlang ,, deb kim aytgan ?
J:Abdumo’min O’tbosarov
83. “ Xalq oldida gapiradigan so’zing go’zal bo’lsin,bu so’zni xalq qabul qilsin.Xaloyiq sening so’zing bilan baland darajaga erishganingni bilsin ,chunki har kishining ahvoli o’z so’zi ostida yashiringan bo’ladi.Ya’ni bir so’zni bir ibora bilan aytsa bo’ladi ,eshitgan kishining ko’ngli parishon bo’ladi ,shu so’zni bir ibora bilan aytsa ,eshitgan kishining ko’ngli bahra oladi……,, deb kim aytgan?
J: Kaykovus.
84. Xulq nima?
J: Oila ,jamoa,mahalla-ko’y miqyosida ahamiyatli bo’lgan,ammo jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydigan yoqimli insoniy xatti-harakatlarning majmui.
85.’’ Har bir kishi kasb –korni mukammal bilmog’I ,yaxshi tarbiya olmog’I va yaxshi xulq-odob ,fazilatlarga ega bo’lmog’I kerak” deb kim aytgan?
J:Abu Nasr Farobiy
86. “Odamlar bilan olovga muomala qilgandek munosabatda bo’l,foydalaridan olgin –u,kuydirishlaridan ehtiyot bo’l”.Ushbu fikr muallifi kim?
J:Alisher Navoiy
87’’.Bir odam jamoaning muhim tarkibiy qismiga aylanishi mumkin,ammo bir nafar kishi jamoa bo’la olmaydi”.Manbani aniqlang.
J:Ma’naviyat Xazinasidan
88 “Yaxshi do’st oynadir,unda kishining butun yaxshi va yomon tomonlari aks etadi “deb kim aytgan?
J: Abu Ali Ibn Sino
89. Xulqning eng chiroylisi …..
J: Keraksiz so’zlardan tiyilishdir.
90.Do’stlik- ……
J:Barcha boylikdan afzal.
91.Insoniylik fazilatlarini o’zida mujassam etgan inson kibr-havo ,manmanlik, razolat,johillik kabi illatlardan saqlanishni o’ziga odat qiladi.Ushbu fikr muallifi kim?
J:Abdurahmon Jomiy
92.Donishmand,”eng mukammal inson kim?” degan savolga qanday javob bergan?
J:Imoni mukammal inson

93.”Til suyaksiz, ammo …..Maqolni davom ettiring.


J:odamlarning suyaklarini maydalaydi.
94.”Pichoqdan emas,balki……Maqolni davom ettiring.
J: tildan qo’rqing.
95.Xitoylik oqsoqol podshohiga xotirjamlik va tinch yashash sirlarini bir qog’ozga yozdi. Bu 3 ta so’zni toping.
J:Sabrlilik,kechirimlilik,muhabbat
96.”Ilmli kishi xazina bo’lsa,…..uning kalitidir.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J: savol
97.Munosib hayotning kaliti-…..
J: harakat
98.Qoraqalpog’istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi II jahon urushi qatnashchisi Qurbonboy Rahmetov nima uchun ismini Nikolay deb o’zgartirgan?
J:Urushdagi do’sti bilan kim tirik qolsa,o’sha dostini ismini qo’yishga ont ichganliklari uchun
99. Agar do’sting bilan teng ko’rsang baham ,
Shodlik teng ko’payar ,teng bo’linar g’am. Fikr muallifi kim?
J:Erkin Vohidov
100.Qaysi buyuk ajdodimiz otasi sotish uchun bergan bir suruv qo’yni ming tangaga pullab ,Kamol Xo’jandiyning ruboiysiga almashtirgan edi?
J:Amir Temur
101.”Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi.Jamshid,Sulaymon,Iskandarlar o’tib ketdi.Navbat senga ham yetishi tayin .Dunyoga keldingmi ,yaxshilikbilan nom qoldir” mazmunidagi ruboiy muallifi kim?
J:Kamol Xo’jandiy
102.O’zbekiston Respublikasining “Volontyorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
J: 2019-yil 2- dekabr
103.Volontyor kim?
J: Ixtiyoriy ,beminnat ,beg’araz ,ijtimoiy ahamiyatga ega faoliyatini amalga oshiruvchi shaxs
104.Volontyor bu-….
J: ko’ngilli fuqaro
105.Bag’rikenglik bu…..
J: o’zgalarning fikr-g’oyalari,e’tiqodi ,his-tuyg’ulari ,turmush tarzi va xulq-atvoriga nisbatan sabr-toqatli bo’lish,ularni qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish fazilatidir.
106.Yuriy Stoyanov kim?
J:Teatr va kino aktyori
107.Stalingrad hozirgi qaysi shahar?
J:Volgograd
108.Kim o’z estaliklarida urush yillarida O’zbekistonlik 7 nafar farzandi bor o’qituvchi ayol onasiva uning oilasiga uyidan joy berganligi haqida eslaydi?
J:Rossiyalik teatr va kino aktyori Yuriy Stoyanov
108. Qachon fashistlar Polshaga bostirib kirdilar?
J:1939-yil sentabr
109.Irena Sendler kim? J:Varshavalik sanitar
110.Getto nima? J:Hudud
111.Irena Sendler qachon yahudiylar gettodan o’lim lagerlariga deportatsiya qilinishi haqidagi xabarni eshitib qoladi?
J:1942-yilda
112.Irena Sendler necha yoshgacha bo’lgan yahudiy bolalarni sumka,jomadonlarga joylab yer osti quvurlari orqali olib chiqqan?
J: 6 oylikdan 15 yoshgacha
113.Irena Sendler necha nafar bolani qutqargan? J:2500 nafar
114.Irena Sendler qachon qo’lga olindi?
J: 1943-yil oktabrda
115.Irena Sendler bolalarni adashib ketmasligi uchun qanday yo’l tutgan edi?
J:Har bir bolaning ismi va ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni yozib ,shisha idishda do’stining hovlisiga ko’mib qo’ygan.
116.”Men bu bolalarni qahramon bo’lish uchun qutqarmadim.Bu insoniylik burchim bo’lgani uchun ham ularga yordam qo’lini cho’zdim.Inson yordamga muhtoj boshqa insonga ,uning millati va dinidan qat’iy nazar yordam berishga doimo shay turishi kerak.Barchamiz bu hayotga yaxshilik qilish uchun kelganmiz” ushbu fikrlar muallifi kim?
J: Irena Sendler
117.”O’rgimchak odam” filmi qahramoni Piter 3 ming dollar ishlab topish maqsadida qanday laqabli Mak Grou bilan ringga chiqadi?
J:”Suyak sindiruvchi”
118……dushmandan ham xavfliroq.Chunki dushmanning kimligi ,asl qiyofasi siz uchun oldindan ma’lum bo’ladi.Nuqtalar o’rnini to’ldiring.
J:Beparvo odam
119.Mahalla oqsoqolining vakolat muddati necha yil? J: 3-yil
120.Tarbiya darslarining shiorini ko’rsating.
J:”Baxt va muvaffaqiyat sirlari”
121.7-sinf tarbiya darsligi qaysi nashriyotda nash etilgan?
J:”O’zbekiston” nashriyoti 2020-yil
122.Tarbiyaning boshi-…. J: odob
123.Tarbiyaning bekatlari-……..
J:to’g’riso’zlik,mehnatsevarlik,xushxulqlik,mardlik,mas’ullik.
124.Tarbiyaning yo’li-….. J: insoniylik
125.Tarbiyaning manzili-……. J: baxt saodat vodiysi
126.7-sinf tarbiya darsligi mualliflari kimlar?
J:D.Kenjayev,N.Ismatova,D.Ro’ziyeva,N.Xolmuxammedova,SH.Sattorov,Z.Zamonov,Z.Islomov,O.Mahmudov….
127.Qaysi qushlarda jamoa bo’lib harakatlanish kuchliroq va samaraliroq hisoblanadi?
J: Turnalar
128.”Kimnidir yaxshi tarafga o’zgartirmoqchi bo’lsang,avvalo…..Davom ettiring.
J: o’zing o’zgar.
129.Nima insonni bir qadam oldinga siljitadi? J: muvaffaqiyatsizlik
130.Munosib hayot kimlarga nasib etadi?
J: Maqsadlarni ro’yobga chiqarganlarga
131.”Yaxshi hayot harakat bilan hisoblashadi” fikri kimniki?
J:Qadimgi yunon faylasufi Sofokl
132.Tinglash qobiliyati ….J: ijtimoiy munosabatlar va suhbatni yaxshilaydi.
133.Qaysi kunni niderlandiyaliklar ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan o’zbek yigitlarini yod etish kunisifatida nishonlashadi?J: 9- aprel
134.Yosh hind yigit donishman yoniga kelib barcha ilohiy so’zlar yozilgan kitoblarni ma’nosini yozib berishini so’raganida ,donishmand qaysi ibora bilan javob bergan edi?
J:”Senga yomonlik qilishlarini istamasang ,sen ham birovga yomonlik istama”
135.Sigaretga o’rganib qolishning nechanchi bosqichida o’lim kuzatiladi?J: 7-bosqichda
136.Chekishning necha yoshida inson yurak qon-tomir kasalliklari,oshqozon va ichak kasalliklariga chalinadi?
J:20-30 yoshda
137.Chekish oqibatida inson 30-40 yoshida qaysi kasallikka chalinadi? J: Saraton
138.Insonning chekishi oqibatida o’lim holati necha yoshda kuzatiladi?
J:45-50 yoshda
139.”O’z qo’llaringiz bilan o’zlaringizni halokatga yetkazuvchi bo’lmang” qaysi manbadan olinganJ: Hadisdan
140.Bezovtalikdan avval ……g’animat biling.J : xotirjamlikni
141. Befarqlik,g’aflat har bir ….. ning boshidir. J: halokat
142.Ogohlik nima?
J:Atrofdagi narsalarga o’ta e’tiborli ,sinchkov munosabat;voqea-hodisalar,narsalar,odamlar,ularning so’zlari,xulqiga diqqat bilan qarash;atrofdagi har bir yangilikni tahlil qilish,internet,televideniye,radio,gazeta,kishilarning kundalik hayotidagi xatti-harakatlari ,gaplari,fikrlarini qayta tasavvurridan o’tkazib,taqqoslash va shu asosda o’z xatti-xarakatini belgilay olishidir.
143.Hozirgi kundagi eng katta xatar qaysi?
J:Insonlarning ongi va qalbini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir.
144.Maktab o’quvchilarining telefonga bog’lanib qolishi…….
J: agressiyaning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi va unga qaramlikni kuchaytiradi.
145.Sigaret tarkibida nimalar mavjud?
J:Kadmiy,geksamin,butan,metan,margimush,is gazi,methanol,bo’yoq,ammoniy,nikotin,yelim,qog’oz.



Download 83,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish